Aksessuardan foydalanish mahorat talab etadi


Download 29.83 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi29.83 Kb.
#230536
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kechagina urfga kirgani uchun xarid qilgan ko


Kechagina urfga kirgani uchun xarid qilgan ko‘ylagimizning ohori to‘kilmasdan turib, bugun undan-da yangi bichimdagi libos podiumlarda namoyish qilina boshlaydi. Shu sababli ayollarda kiyinish borasida ko‘pgina savollar tug‘iladi. Ulardan ayrimlariga dizayner Rayhona MUHSINOVA javob beradi.

Aksessuardan foydalanish mahorat talab etadi

Ayni kunlarda aksessuarlarga bo‘lgan e'tibor anchayin ortgan. Shu bois oyoq kiyim, kamar, sumka, sharf va taqinchoq kabilarga qo‘rqmay pul sarflashingiz mumkin. Eksklyuziv liboslar qimmat, shuning uchun aynan aksessuarlar joningizga oro kirishi tayin. Negaki ular yordamida turli obrazlar yaratish mumkin. Aksessuar sotib olishda shkafingizdagi liboslarning rangini hamda ularga usluban mutanosib keladiganlarini tanlang. Іozir kulrang libos bilan qora yoki jigarrang aksessuarlardan foydalanish aktual hisoblanali.

Pidjak hammada bo‘lishi shart!

Pidjakning qulayligi shundaki, uni ofis, tungi bazm, sayr va oilaviy kechalarga ko‘ylak ustidan kiyish mumkin. Ya'ni bir dona pidjakdan turli xil obrazlar yaratish imkoni bor. Gulli matodan tikilgan pidjak ostidan faqat sidirg‘a matoli liboslar kiyilishi lozim. Grafik suratlar tushirilgan pidjak bilan yo‘l-yo‘l yoki sidirg‘a yubka-ko‘ylaklar kiyiladi. Sidirg‘a matoli pidjaklar universal bo‘lib, ular bilan, hatto, bazm ko‘ylaklarini ham moslashtirish mumkin.

Kechqurun oq tufli kiya ko‘rmang!

Oyoq kiyim qaddimizni tik tutishga yordam berish bilan birga qadam bosishimizga ta'sir ko‘rsatadi. Іozir do‘konlardan ertalabdan kechgacha kiyish mumkin bo‘lgan tuflilarni topish mushkul emas. Kuz mavsumining eng ommabop poyabzali botilonlardir. Ayniqsa, zamsh teridan tikilganlari. Shim yoki kolgotka rangidagi poyafzal qomatni vizual uzunlashtirib ko‘rsatadi. Oq rangdagi tuflini esa uzog‘i bilan soat 17-00ga qadar kiyish mumkin, moda qoidalariga ko‘ra uni kechki payt kiyish tavsiya etilmaydi.

Jinsi hammabop kiyim

Zamonaviy uslubni jinsi yubka va shimsiz tasavvur qilish qiyin. Eng yaxshi jinsi shim – qomatga mos tushgan bichimlisidir. Futbolka yoki tunika bilan jinsi kundalik obraz, oq bluzka, jaket va qayiqcha shaklidagi tufli bilan kiyilgani esa ishbilarmon obrazni yaratishda qo‘l keladi. Tor jinsi shim tanlash xuddi tanani plastik operatsiya qilishga o‘xshaydi. Ular qomatni judayam sarvqomat qilib ko‘rsatishi yoki butunlay buzib qo‘yishi mumkin... Bu mavsumda jinsi shimlardan tashqari, ushbu matodan tikilgan yoqali ko‘ylak hamda sarafanlar ham urfda.

Moda yosh tanlaydi!?

Klassik uslubdagi liboslarni kiyish uchun yosh borasida cheklovlar yo‘q. Qalamcha shaklidagi qora yubka, qora kostyum, oq ko‘ylak, qora shim, yorqin rangli ro‘molcha, baland poshna tufli hamda kichik sumka-klatch — klassik uslub asosini tashkil etadi. Bunday kiyimlar ayolni jozibali va bashang ko‘rsatishi aniq. Kiyimlar mutanosibligi va egningizda qanday turishiga e'tiborli bo‘ling. Mumtoz uslubda yubka yoki ko‘ylak tanangizga yopishib turishi turishi shart emas. Agar harakatlanganingizda ularning etagi tepaga ko‘tarilib ketayotgan bo‘lsa, demak, sizga bitta katta o‘lchamdagi libos yoki umuman boshqa bichimdagisi kerak.

Imidj bo‘yicha maslahatchi Silvi di Justo bilan o‘zining tashqi ko‘rinishini muhokama qilganida ko‘pchilik “menda buning uchun pul yo‘q”, degan gapni aytadi. Silvi yaxshi ko‘rinish uchun millioner bo‘lish shart emas, deb hisoblaydi.

Qancha pul ishlab topishingiz muhim emas - agar birlamchi vazifalar to‘g‘ri belgilab olinsa, kuch va ishonch aurasini yaratish mumkin, ular esa odatda boylik belgilari, deya tasavvur etiladi. Mazkur firma o‘z tashqi ko‘rinishini yaxshilashni maqsad qilgan kompaniya direktorlari va karera pillapoyalaridan ilgarilashni ko‘zlagan professionallarga maslahat beradi. Uning mijozlari orasida yirik korporatsiyalar — McKinsey, BMW va Thomas Cook lar mavjud.

Di Justo bilan tayyorlangan intervyu hamda Viki Oliverning “Millionerning stolidagi kitob: millioner bo‘lmasangizda, qanday qilib unga o‘xshab ko‘rinish mumkin ” (The Millionaire's Handbook: How to Look and Act like a Millionaire, Even if You're Not) asari asosida tayyorlangan maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Uchdan bir qismi qoidasi” bo‘yicha kiyimingizga sarmoya kiriting.

Har bir erkak kishining garderobida kamida bitta yaxshi kostyum, ayol kishida esa hech bo‘lmaganda bitta yaxshi jaket va unga mos yubka yoki shim bo‘lishi kerak. Di Justoning fikriga ko‘ra, buyumlar yetarli darajada qimmat bo‘lishi kerak - bu sizning yaxshi ko‘rinish uchun ajratgan investitsiyangizdir. U shunday deydi: “Mijozlarim qanchalik ko‘p pul topgani sari kiyimlari ham qimmatlashib boradi ”.

Muhimi - buyum yaxshi sifatli bo‘lishi kerak. U mazkur kiyimlarni dizaynerlar kollektsiyalari va saytlardan izlash kerakligini maslahat beradi.

Oliver o‘zining “uchdan bir qoidasi” haqidagi kitobida shunday deydi: “Xarid qilinayotgan buyumlar miqdorini ⅓ gacha kamaytirish kerak, ularning har birining narxi uch barobar qimmat bo‘lishi lozim”. Shunday ekan, keyingi safar uch juft shim sotib olmang, bitta qimmatini harid qilib, kiyib yuring.


Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling