Aksiya stock: aksiya egasining korporasiya mulkidagi ulishi
Download 20.72 Kb.
|
Izohli lug\'at
A Absolyut (mutloq)ustunlik Absolute advantage: bir mamlakat o’z mahsulotlarini boshqa mamlakatga nisbatan samaraliroq ishlab chiqara oladigan vaziyatda vujutga keladigan holat. Avtorlik Muallifllik) copyright: original(yangi yaratilgan) ilmiy va badiiy asarlar mualliflarining ularning sotishga va har qanday yul bn ko’paytirishga bo’lgan tanho huquqi. Mualliflik huquqi muallifni butun umri davomida va vafotidan sung 50 yil mobaynida amal qiladi. Ayirboshlash tenglamasi equation of exchange: ushbu tenglamaga binoan jami harajatlar mamlakat ho’jaligi ishlab chiqarilgan barcha tovarlar hizmatlar qiymatiga teng. MV=PG, bunda M-pul taklifi, V-aylanish tezligi, Ptovar va hizmatlarning o’rtacha bahosi G-mahsulot birligi miqdori. Aylanish tezligi velocyti: pul massasining yil davomida aylanish miqdori, aylanish tezligi. Aksiya stock: aksiya egasining korporasiya mulkidagi ulishi. Aksiyador stockholder: korporasiya aksiyalarini egasi. Aksiz yig’imi excise tax: ayrim tovarlar ishlab chiqarish yoki sotishga solinadigan soliq. B Bank bank: So’rab olinadigan omonatlarni qabul qiladigan va tijorat qarzlari borib tushadigan moliyaviy muassasa. Barter barter: Tovar va hizmatlarni pul ishtirokisiz to’g’ridan to’g’ri ayir boshlash. Birlamchi mahsulotlar gereric products: Savdo belgilariz va fabrika markalarisiz sotiladigan tovarlar. Bozor market: Sotuvchilar bn haridor bir birini topadigan joy Boylik wealth: Har kimning moddiy aktivlari umumiy qiymati. Brokerlik brokerage: qimmatli qog’ozlar bn o’tkaziladigan operasiyalar sohasida aksiya va obligasiyalari mijozlar hisobidan sotish va sotib olishni bildiradi. Byudjet budgeta: Moliyav reja unda muayyan davr mobaynidagi harajatlar va daromadlar yakunlanadi. V Valyuta kursi rate of exchange: bir mamlakatning milliy valyutasini boshqa mamlakat valyutasiga ayirboshlash narhi. Daromad solig’I income tax: hususiy shahslar lorparasiyalarning daromadiga solinadigan soliq. Demokratik sosializim democratic socialism: sosialistik iqtisodiy tizim, unda davlat sanoatning hammasi bo’lmasa ham ko’pgina asosiy tarmoqlariga ega bo’ladi va ularni boshqaradi. D Demping dumping: muayyan tovarni chet elda o’z mamlakati bozoriga nisbatan arzonroq narhda sotish. Deficit deficit: taqchillik harajatlarning qutilgan daromadlardan ortib ketishi. Deflasiya deflation: narh-navo umumiy darajasining pasayishi, milliy valyutani harid quvvati oshib boradigan davr. Divident dividend: korporasiya daromadlaridan aksiyadorlarga to’lov. Derektorlar kengashi board of directors: kompaniya aksiyadorlarining saylab qo’yiladigan vakillari. I Investisiya investment: Puldan tovar yoki hizmatlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan real capital. Inflasiya inflation: narh-navo oshib milliy milliy valyutaning harid quvvati pasayib boradigan davr Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling