Aksiyador aksiyaning egasi, undan naf ko'ruvchi yuridik va jismoniy shaxs. Asosiy kapital


Download 15.59 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi15.59 Kb.
#1792324
Bog'liq
1-MAVZU ATAMALARI


Aksiya - (frans. action - farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) - aksiyador jamiyat chiqargan qimmatli qog'oz. O'z aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok huquqini tasdiqlaydi.
Aksiyador - aksiyaning egasi, undan naf ko'ruvchi yuridik va jismoniy shaxs. Asosiy kapital - kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o'z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o'z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda o'tkazib boruvchi qismi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarishga uzoq muddat xizmat qiladigan, o'z natural buyum shaklini uzoq vaqt o'zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari.
Diversiftkatsiya - (lot. diversificatio - o'zgarish, xilma-xil taraqqiyot) korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Disversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Dotatslya davlat budjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag'lari, zararlarni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari.
Investitsiyalar - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellectual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
Investor-investitsiya faoliyati obyektlariga o’z mablag’larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti
Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obyekti huquqi majmuyiga kiruvchi fan, adabiyot, san'at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san'ati, jumladan, ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari, komputerlar uchun dasturlar, ma’lumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy obyektlar.
Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz. Davlat organlari tomonidan budjet defitsitini qoplash uchun va aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi.
Portfel investitsiyalar- kapitalni korxonalar qimmatli qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 % dan kam qismini) joylashtirish investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Reinvestitsiya - investitsiyalar bo'yicha daromadlar ko'rinishida olingan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo'naltirilgan mablag'lar; investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish (qayta investitsiyalash).
Download 15.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling