Guliston shahar bo’limi boshlig’i: N.Rahmonqulov
Guliston shahar bo’limi bosh muhandisi: X.Irisbayev
Guliston shahar bo’limi ish yurituvchisi: M.Isoqjonov
SUXBAT BAYONI
14 aprel 2023 yil Guliston shahar
Bizlarkim, kuyidagi dalolatnomani tuzib imzo chekuvchilar “Sirdaryo suv ta’minoti” MCHJ Guliston shahar bo’limi boshligi N.Rahmonqulov, Guliston shahar bo’limi bosh muhandisi H.Irisboyev, Guliston shahar bo’limi ish yurutuvchisi M.Isoqjonovlar Guliston shahar bo’limi sizga Shuni ma’lum qiladiki: Guliston shahar “Axillik” MFY “U.Hayem” ko’chasi 19-uyda isteqomat qiluvchi fuqaro Shermetov Burxon O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Xalq qabulxonasi orqali 07.04.2023 yilda qilgan murojaatiga asosan. Guliston Shahar mutahasislari bilan 10.04.2023 yil sanasida +998882190977 telefon bilan murojaat varaqasidagi keltirilgan telefon raqami bilan bog’langanimizda, murojaatchi “Axillik” mahallasi ichki yo’llarini ta’mirlashda hamda o’zining shahsiy mulkuga yetqazilgan zararni to’girlashda amaliy yordam so’raganligini aytib o’tdi
Guliston shahar bo’limi mutaxasislari bilan muammo o’rganilganda, murojaatchi “Axillik” mahallasi ichki yo'llarini tamirlanishida amaliy yordam so'raganligi aniqlandi. Xaqiqatdan xam O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi PQ-2798-sonli qarorlari bilan asosan Sirdaryo viloyatining Guliston, Yangier va Shirin shaharlarida “Islom Taraqiyot Banki” ning kredit mablag’lari hisobidan oqova suv tizimlari va tarmoqlarini takomillashtirish, qayta va yangi qurish ishlariga amalga oshirilmoqda. Shu jumladan Guliston shahrining “Axillik” mahallasi koʻchalarida ham markazlashgan yangi oqova suv tarmoqlari qurilishi boshlanib, quduqlar oʻrnatilmokda. Qurilish ishlarini amalga oshirish jarayonida ichimlik suv tizimlari, ya’ni, tarmoqlar hamda quduqlarga, xonadon devorlariga yetqazilgan zararlar Guliston shahrining “Axillik” mahallasida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan “AMUBUXORO” MCHJ tomonidan tiklab berilishi belgilangan. Okova suv tarmoqlarini va quduqlarini qurish ishlari tugallangandan keyin quduqlarga qopqoqlar o’rnatilib, ko’chalarni buzilgan qisimlari “AMUBUXORO” MCHJ tomonidan qayta tiklanib, tekislanib, ko’chalar oldingi holatiga keltirilishi murojaatchiga tushuntirilganini ma’lum qilamiz.
Guliston shahar bo’limi boshlig’i: N.Rahmonqulov
Guliston shahar bo’limi bosh muhandisi: X.Irisbayev
Guliston shahar bo’limi ish yurituvchisi: M.Isoqjonov
Do'stlaringiz bilan baham: |