Sirdaryo viloyati Guliston tumani 25 -umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Abdumannobov Umirbek Abdushukur o’g’liga tavsifnoma
Download 31 Kb.
|
Umirbekga tavsifnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab direktori : N.Akbaraliyeva Maktab psixologi : K.Abduvoitova Sinf rahbari: K.Kayumova
Sirdaryo viloyati Guliston tumani 25 -umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Abdumannobov Umirbek Abdushukur o’g’liga TAVSIFNOMA Abdumannopov Umrbek Sirdaryo viloyati Guliston shaharda tug’ilgan.Hozirgi kunda Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Ishonch” MFY ,To’linoy ko’chasi 21-uyda istiqomat qiladi, 9-sinfda o’qiydi, jismoniy holati yaxshi, kayfiyati turg’un, tushkunlikdan tez chiqadi. Oilasi-to’liq. Ota-onasi bilan munosabati yaxshi, ota va ona o’rtasida o’zaro hurmat mavjud. O’zlashtirishi yaxshi. Qiziqishlari shaxslararo munosabatlarga yo’naltirilgan. Sinfda faol, topshiriqlarni o’z vaqtida bajaradi. Unda olingan psixologik test natijalariga ko’ra temperament tipi Flegmatikga asoslangan. Vaziyatlarga tez moslashadi. O’ylab ish tutadi. Boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. Bir ishdan ikkinchi ishga osonlik bilan o’tishi, diqqatini qarata olishi mumkin. Tashkilotchilik qobilyati yuqori, o’ziga bo’lgan ishonchi baland. Kasbiy qiziqishlari xarbiy sohaga yo’naltirilgan. Xotirasi mantiqiy, tez eslab, kech unutadi. Diqqati barqaror. Bir vaqtni o’zida bir nechta obyektga e’tiborini qaratishi mumkin. Iroda sifatlari yaxshi rivojlangan. Tafakkuri teran. Nutqi ravon. Nerv tizimi tez qo’zg’aluvchan. Sezgirlik hususiyatlari mavjud. Topshiriqlarga ma’suliyat bilan yondashadi. Mehnatga munosabati ijobiy. Tortishuvlarda murosali.Har qanday sohada birinchi bo’lishga intiladi, o’z harakatlari va gaplarini doim nazorat qiladi, emotsiyalarini doimo boshqaradi. Jamoat ishlarida juda faol, har qanday ishni bajonidil bajaradi, saramjonlikka befarq emas, atrofdagilarga yordam beradi, o’z foydasi uchun yolg’on gapirmaydi. Ota-onasi, o’qituvchi va do’stlariga nisbatan rostgo’y, adolatsizlik bilan faol kurashadi. Odamlar bilan tez kirishadi, muloqot qilish unga yoqadi. Doimo do’stlariga yordam beradi. Barcha sinfdoshlarini hurmat qiladi, mas’uliyatli ishlarni unga topshirishadi. Maktab jamoasi uni kelajakda vatanparvar va komil inson bo’lib yurt ravnaqi yo`lida fidoiylik ko`rsatishiga ishonch bildiradi. Tavsifnoma so’ralgan joyga taqdim etish uchun berildi. Maktab direktori : N.Akbaraliyeva Maktab psixologi : K.Abduvoitova Sinf rahbari: K.Kayumova Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling