Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili
Jamiyat o'z firma nomiga ega bo'ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq)
aks ettirishi kerak.
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o'zida jamiyat xohishiga ko'ra boshqa tillarda o'zining to'liq va
qisqartma nomlariga ega bo'lishga haqlidir.
Jamiyatning manzili u davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joyga ko'ra belgilanadi.
Jamiyat u bilan aloqa o'rnatib turiladigan pochta manziliga ega bo'lishi lozim va o'z pochta manzili
o'zgarganligi to'g'risida yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Jamiyat o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo'ladi.
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydilar va uning faoliyati bilan bog'liq
ziyonlarni o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to'laydilar.
Aksiyadorlar haqining hammasini to'lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan o'zlariga
tegishli aksiyalar qiymatining to'lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo'ladilar.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
4/62
Jamiyat o'z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi.
Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko'rsatmalarni berish huquqiga ega
bo'lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo'lsa,
mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda uning majburiyatlari
bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy
ko'rsatma berish huquqiga ega bo'ladi.
Jamiyat uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan aksiyador jamiyatning muayyan
harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo'lib qolishini oldindan bilib, o'z huquqidan uning
ana shunday harakatni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi
(bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.
Davlat va uning organlari jamiyat o'z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo'lmaydilar,
xuddi shuningdek, jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar
bo'lmaydi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling