"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
6/62
Sho'ba xo'jalik jamiyati aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan sho'ba xo'jalik jamiyatiga
keltirilgan ziyonni to'lashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat sho'ba xo'jalik jamiyatining muayyan
harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon ko'rishini oldindan bilib, o'z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan
sho'ba xo'jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan holdagina ziyon
asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi.
Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aksiyalarning yigirma foizidan ziyodrog'i boshqa ishtirokchi
jamiyatga qarashli bo'lsa, bu jamiyat tobe xo'jalik jamiyati deb tan olinadi.
Ishtirok etuvchi va tobe xo'jalik jamiyatlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
II BO'LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TUZISH
10-modda. Jamiyatni tuzish usullari
11-modda. Jamiyatni ta'sis etish
12-modda. Jamiyatning muassislari
13-modda. Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi)
14-modda. Jamiyatning ta'sis hujjatlari
15-modda. Jamiyat ustavi
16-modda. Jamiyat ustaviga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi
tahrirda tasdiqlash
17-modda. Jamiyatni davlat ro'yxatidan o'tkazish
18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalarni yoki jamiyatning yangi
tahrirdagi ustavini davlat ro'yxatidan o'tkazish
10-modda. Jamiyatni tuzish usullari
Jamiyat yangidan ta'sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo'shib yuborish,
birlashtirish, bo'lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo'li bilan tuzilishi mumkin.
11-modda. Jamiyatni ta'sis etish
Jamiyatni ta'sis etish yo'li bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamiyatni ta'sis etish to'g'risidagi qaror ta'sis yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs
tomonidan ta'sis etilgan taqdirda jamiyatni ta'sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg'iz o'zi qabul
qiladi.
Jamiyat muassislari uni tuzish to'g'risida o'zaro ta'sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning
jamiyatni ta'sis etish borasida birgalikda faoliyat ko'rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori,
muassislar o'rtasida joylashtirilishi kerak bo'lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to'lanadigan haq miqdori
va bu haqni to'lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab
qo'yiladi.
Jamiyatni ta'sis etish to'g'risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta'sis etish,
jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |