Umumiy talablar
Download 108.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1.Jahon tarixi kafedrasi. Kurs ishi umumiy talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
- Kurs ishlarini himoya qilish tartibi
UMUMIY TALABLAR Rasmiylashtirish mezonlari Matn shrifti – «Times New Roman», shrift o‘lchami – 14, qatorlar orasidagi interval – 1,5 sm. Sahifa o‘lchamlari – A-4 format, yuqori va pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm. Hajmi 25 – 30 bet (5000 so‘z). Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: 1.Kirish. 2.Asosiy qismi. Mazkur qism mavzu mohiyatidan kelib chiqib kamida ikki bobdan iborat bo‘lishi lozim. 3.Xulosa. 4.Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati. Har bir qism yangi sahifadan boshlanadi. Kurs ishlarini himoya qilish tartibi: Kurs ishi himoyalari kafedra tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Bunda, har bir talaba o‘zi tayyorlangan kurs ishlarini ma’ruza-taqdimot ko‘rinishida himoya qiladi. Kurs ishlari talabaning chet tillarini bilish imkoniyatidan kelib chiqib, ingliz va rus tillari (yoki boshqa chet tillari)da ham tayyorlanishi mumkin. Bunda, kurs ishi himoyasi u yozilgan tilda bo‘lib o‘tadi. Kurs ishlari 5 baholik tizimda baholanadi. Eslatma: Kurs ishini belgilangan talablar va namuna asosida oʻz vaqtida tayyorlamagan hamda uni himoya qilmagan talabalar mazkur kurs ishi taalluqli boʻlgan fandan yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Bu, ayni talabalarni bir vaqtning oʻzida ham fandan ham kurs ishidan qarzdor boʻlib qolishini anglatadi. Shundan kelib chiqib, kurs ishlarini bajarilishiga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Download 108.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling