Mаqolа yozish tаrtiblаri: Maqola sarlavhasi


Download 84.01 Kb.
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi84.01 Kb.
#1366002
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola yozish


MАQOLА YOZISH TАRTIBLАRI:



  • Mualliflarning toʼliq F.I.O lari

  • Muallifning ilmiy darajalari, lavozimlari, toʼliq ish joyilari

  • Annotatsiya (Аbstrakt) 100-150 ta soʼz yoki undan yuqori

  • Kalit soʼzlar 15 dona yoki undan koʼp

  • Kirish qism (Introduction)

  • Asosiy qism ( Main part)

  • Natijalar va muhokamalar (Results and Discussions)

  • Xulosa (Conclusion)

  • Foydalanilgan adabiyotlar (References)

  • Adabiyotlar soni 10 ta dan koʼp

  • Maqola hajmi minimum 7-8 bet. Maksimum 12 betgacha.

  • Maqola Times New Romanda 14 shrift va 1.5 intervalda

KURS ISHI YOZISH TАRTIBI


Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir:

  • mavzu tanlash;

  • foydalanish uchun zarur boʼlgan adabiyotlarni izlab topish va ularni roʼyxatini qilish;

  • kerakli hujjatlar asosida maʼlumotlarni tayyorlash va yigʼish;

  • kurs ishi rejasini tuzish;

  • rejaga mos boʼlgan savollarni batafsil oʼrganish maʼlumotlarni tahlil qilish;

  • oʼrganish vatahlil natijasida olgan bilim va koʼnikmalarini batafsil, mantiqiy toʼgʼri bayon qilish;

  • kurs ishida keltirlgan maʼlumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish;

  • ilmiy rahbar tomonidan koʼrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va takliflarni eʼtiborga olish;

  • kurs ishini toʼgʼri rasmiylashtirish;

  • kurs ishini himoya qilish.



Mavzuni tanlash

Kurs ishini yozishda asosiy masalalardan biri bu, talabalar tomonidan kurs ishi mavzusini toʼgʼri tanlash hisoblanadi. Kurs ishi mavzusi talabalar tomonidan mavzular roʼyxatidan tanlanadi (1-ilovaga qarang).


Talabalar tanlagan mavzular bir xil boʼlib qolmasligi lozim. Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng boʼlishi uchun, tayyorlangan mavzular roʼyxati kurs ishi yozishi koʼzda tutilgan talabalar soniga nisbatan ikki barobar koʼp boʼlishi tavsiya etiladi. Kurs ishi mavzular roʼyxati har yili kafedra tomonidan yangi va dolzarb muammolarni yoritishga asos boʼladigan mavzular bilan yangilanib turishi va oʼquv yilining 1 oktyabrga qadar talabalarga tanishish uchun berilishi kerak. Dolzarb mavzuni tanlashda oʼqituvchilar bilan maslahatlashishi mumkin. Talaba kurs ishi mavzular roʼyxatidan mavzu tanlayotganida oʼzi xohlagan mavzuni tanlash huquqiga ega. Mavzu tanlangandan soʼng, albatta ilmiy rahabar bilan maslahatlashib olish kerak. Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega.



Download 84.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling