Mаqolа yozish tаrtiblаri: Maqola sarlavhasi
Kurs ishini yozish tartibi
Download 84.01 Kb.
|
Maqola yozish
Kurs ishini yozish tartibi
Kurs ishining umumiy hajmi 35-40 varaq qoʼl yozmadan kam boʼlmasligi kerak. Ilovalar koʼrsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varagʼi belgilangan shakl boʼyicha rasmiylashtiriladi (3-ilovaga qarang). Ishda meʼyoriy hujjatlar va orfografik qoidalar boʼyicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritish ruxsat beriladi. Masalan: y.-yil, yy.-yillar. Shuningdek, baʼzi bir soʼz birikmalari kurs ishida qayta-qayta kelishi koʼzda tutilsa, ushbu soʼz birikmalarini birinchi yozilishida toʼliq yozish kerak va soʼz birikmasi tugashi bilan qovus ochib ushbu soʼz birikmasini qisqartma koʼrinishini keltirish kerak. Soʼng, ushbu soʼz birikmasi qaytarilsa, qisqartma koʼrinishini yozish mumkin. Masalan, ochiq aktsiyadorlik jamiyati (OАJ), maʼsuliyati cheklangan jamiyat (MChJ), qoʼshma korxona (QK) va boshqalar. Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi qism boʼlib, kurs ishini boshlanish qismida keltiriladi va unda kurs ishi tarkibida boʼlishi kerak boʼlgan qismlar koʼrsatiladi. Yaʼni kirish, asosiy qism savollari, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati, xulosa va ilovalar koʼrsatiladi. Talaba ushbu mavzu boʼyicha reja tuzish uchun avvalom bor ushbu mavzuga mos adabiyotlarni oʼrganish kerak. Masalan, ushbu mavzu boʼyicha quyidagicha reja tuzilishi mumkin (4-ilovaga qarang). Ushbu tuzilgan reja boʼyicha kurs ishini yozish tartibi tushintirib beriladi. Kirish qism bu, kurs ishining boshlangʼich qismi boʼlib, ishning asosiy maʼnosni bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish obʼekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyati boʼyicha toʼxtaladi. Shu bilan birga kurs ishi yozish uchun asos boʼlgan amaliy maʼlumotlar manbalari aks ettiriladi. Mavzuning dozarbligi yoritish albatta barcha ilmiy ishlarda majburiy talab etiladi. Mavzuning dozarbligida muallif mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va professional tayyorgarligi albatta bu mavzuni maʼnosini tushinib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi kerak. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi kerak. Mavzuning dolzarbligining asosiy omillarini toʼliq bir betda koʼrsatish yetarli boʼladi. Mavzuning dolzarbligini asoslashda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlaridan, maʼruzalaridan va yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga tegishli boʼlgan fikrlarni keltirish mumkin. Dolzarbligi ochib berilgandan soʼng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) hal qilib olish kerak boʼladi. Bular odatda quyidacha ifodalanadi: •oʼrganish; •ochish; •tasvirlash; •belgilash; •aniqlash; •uslubiy ishlab chiqish; •tayyorlash. Ifodalangan bu vazifalarni chuqurroq tahlil qilib yozish kerak. Kurs ishining obʼekti va predmeti kirish qismning muhim elementi ekanligini ifodalaydi. Shuningdek, tadqiqotning uslubiy koʼrsatmasi kirish qismida muhim elementlardan biri boʼlib, qaysiki amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadni ochib berishda xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu boʼyicha olib borgan ishlarini koʼrsatish kerak. Kirish qismini koʼpi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. Kirish qismdan soʼng, asosiy qism keladi, yaʼni u bir nechta savollardan iborat boʼlib, bunda asosan ushbu mavzuni asosiy mohiyati toʼliq batafsil ochib beriladi. Download 84.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling