Mаqolа yozish tаrtiblаri: Maqola sarlavhasi


Аdabiyotlar bilan tanishish


Download 84.01 Kb.
bet2/6
Sana19.04.2023
Hajmi84.01 Kb.
#1366002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola yozish

Аdabiyotlar bilan tanishish

Kurs ishini bajarishda talaba darslik, oʼquv qoʼllanma, ilmiy-amaliy jurnallar, ommaviy roʼznomalar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va internet saytlari bilan tanishish tavsiya qilinadi. Ular bilan tanishish uchun avvalambor Prezidentimizning shu mavzuga oid asarlarini, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarini, Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarini alohida oʼrganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maʼlumotlarni "NORMA" va "PRАVO" kabi maxsus saytlardan foydalangan holda tanishish mumkin. Bundan tashqari, Oʼzbekistan Respublikasi sugʼurta qonunlar va maxsus meʼyoriy hujjatlar toʼplamidan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, boshqa koʼpgina ilmiy, nazariy va amaliy adabiyotlar bilan Аlisher Navoiy nomli davlat kutubxonasi va Oʼzbekiston milliy universiteti va boshqa kutubxonalarda hamda internet saytlarida tanishish mumkin.


Talaba tanlagan mavzuga mos adabiyotlar bilan tanishib boʼlgandan soʼng, oʼrganishni boshlash kerak va ushbu mavzudagi adabiyotlarni yigʼib boʼlib, ulardan foydalanish tavsiya qilinadi. Kurs ishini yozishda adabiyotlardan foydalanish ikki bosqichga boʼlinadi. Birinchisi
-kurs ishi mavzusi tanlashda va rejasini tuzishda adabiyotlarni foydalanish boʼlsa, ikkinchisi-kurs ishini yozish davomida adabiyotlardan foydalanishdir. Umuman olganda, adabiyotlardan foydalanishning ikkala bosqichda ham bir-biri bilan oʼzaro bogʼlanib ketadi. Chunki, mavzuni tanlashda va rejani tuzishda foydalanilgan adabiyotlardan kurs ishini yozishda ham foydalaniladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu tanlangan mavzuni qanchalik dolzarbligi, muammoligini talaba albatta kerakli kitob, jurnal, inernet saytlari va boshqa manbalar orqali bilishi kerak boʼladi. Shuningdek, ushbu mavzu boʼyicha reja tuzishda, uning ahamiyatliligi, huquqiy asoslari yetarliligi, dolzarbligi, muammoligi va ularni bartaraf etish mumkinligini ilmiy, nazariy va amaliy adabiyotlardan foydalangan holda oʼrganib chiqadi. Kurs ishini yoziщda esa ushbu mavzuga oid mavjud adabiyotlarni chuqurroq oʼrganishga va ularni tahlil qilish hamda ulardagi mavzuga oid fikrlarni solishtirish jarayonida, maʼlum fikrlarni qoʼllashni va baʼzilarini inkor qilishni hamda mavzuga oid muammolarni bartaraf etishda qaysi adabiyotda keltirilgan fikrlar maqsadga muvofiq ekanligini aniq taʼkidlab oʼtish kerak boʼladi. Аdabiyotlarda keltirilgan fikrlarni kurs ishida aniq va ravon keltirish kerak boʼladi. Shuningdek, talaba kurs ishida materiallarni tahlil qilishda eʼlon qilingan statistik maʼlumotlardan keng foydalanish lozim. Talaba Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha maʼlumotlarni statistik toʼplam va internetning tegishli saytlaridan olib foydalanishi mumkin. Kurs ishi materiallarini keng tahlil qilishda va kurs ishini maʼzmunli boʼlishida statistik maʼlumotlar katta ahamiyatga egadir.



Download 84.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling