Mаqolа yozish tаrtiblаri: Maqola sarlavhasi
Download 84.01 Kb.
|
Maqola yozish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa qismida
- Foydalanilgan adabiyotlar qismida
- Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari
Uchinchi savolda mavzuga oid muammolar yuzasidan zamonaviy asarlarda tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda, ularga nisbatan talabaning mustaqil fikrlarini bildirish va ilgʼor xorijiy tajribalarni bayon etish va ularni mamlakatimizda qoʼllash imkoniyatlari boʼyicha takliflar kiritish talab etiladi. Ushbu savolni koʼpi bilan 9-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Xulosa qismida mavzuni oʼrganish davomida talaba tomonidan amalga oshirilgan tahlil jarayonida shakllantirilgan xulosalar aks ettiriladi. Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib, shunga asosan talaba oʼz fikrini bayon etadi. Xulosa qismini koʼpi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, oʼquv qoʼllanma, uslubiy qoʼllanma, jurnal, ilmiy maqola va tezislar toʼplami, huquqiy meʼyoriy xujjatlar va internet saytlarining asosiy maʼlumot koʼrsatikichlari (chop qilingan joyi va yili, nashiriyot va boshqalar) roʼyxati bildiriladi. Barcha ilmiy ishlarda, shuningdek, kurs ishida ham foydalanilgan maʼlumotlar manbai va adabiyotlar roʼyxatini keltirish majubriy shartlardan biridir (2-ilovaga qarang). Foydalanilgan adabiyotlar qismini koʼpi bilan 2-3 varaq hajmda keltirish tavsiya etiladi. Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari Kurs ishi berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi. Talaba tanlangan qarorning toʼgʼriligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, kurs ishida koʼchirmachilik holatining yoʼqligiga javob beradi. Kurs ishi taʼlim standartlarida talab etilganidek, tartibli rasmiylashtirilgan va xatosiz, aniq va tushunarli tilda yozilgan boʼlishi kerak. Kurs ishi yozishda toʼzilgan matnda "men" soʼzi oʼrniga "biz" soʼzini yozish tavsiya etiladi. Kurs ishi qoʼl yozma tarzida rasmiylashtirilgan boʼlishi shart. Kurs ishi А4 oʼlchamdagi oq qogʼozda, koʼk rangli ruchkala yozilishi tavsiya qilinadi, boshqa rang ruchkalarni ishlatishga yoʼl qoʼyilmaydi. Boʼlimlar, jadvallar, rasmlar raqamini va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada yozishga yoʼl qoʼyilmaydi. Ishda keltiriluvchi jadvallar, diagrammalar, rasmlar kompьyuterda tayyorlalib, printerda chop etilgan (kogʼoz А4 (210*297mm) shaklda) holda kiritilishi mumkin. Kurs ishini faqat ayrim hollarda kompьyuterda tayyorlanishiga ruxsat beriladi. Kurs ishida tuzatilishlarga ruxsat berilmaydi. Kafedraning tavsiyasiga binoan kurs ishi chet (ingliz, nemis yoki frantsuz) tilida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima taʼminlanadi. Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm, ungda 1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi, (5-ilovaga qarang) bunda bir varaqda 28-30 qator boʼlishi zarur. Varaq tagiga yoʼl-yoʼl qogʼoz ("zebra") qoʼyib yoziladi, varaqning oʼziga matn yozish uchun toʼgʼri chiziqlar chizish yoki printerda chiziqlar chop etilgan varaqlarga yozishga yoʼl qoʼyilmaydi. Kurs ishining barcha betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varagʼi hisoblanib, unga raqam qoʼyilmaydi, keyingi betga "2" raqami qoʼyiladi va hokazo. Tartib raqami betning pastki tomonining oʼrtasiga qoʼyiladi. Qismlarning nomlanishi bosh harf bilan yoziladi. Qism ichidagi nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Аsosiy qism ichidagi savollarni sarlavhalarini yozishda boʼgʼin koʼchirishga ruxsat berilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta qoʼyilmaydi. Sarlavhani tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin arab raqami bilan raqamlar qoʼyiladi va raqamdan soʼng nuqta qoʼyiladi. Аgarda savol ichida savollar keltirilsa, masalan, birinchi savol ichida bitta savol "1.1.", ikkita savol boʼlsa "1.2." shaklda yoziladi. Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar boshlanishida raqam qoʼyilmaydi. Kurs ishining har bir qismi yangi betdan boshlanadi. Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va asosiy qism savollari bir xilda varaqni yuqori qismining oʼrtasida yozish tavsiya etiladi. Illyustratsiya (surʼat)larni qurish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak. Аgar kurs ishini burish lozim boʼlsa, uni soat strelkasi boʼylab burish kerak (6-ilovaga qarang). Barcha surʼat (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar, "rasm" soʼzi va boʼlim boʼyicha ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Ilovalarda keltirilgan surʼatlar bundan mustasno. Surʼat raqami boʼlim va surʼat raqamidan iborat boʼlib, nuqta bilan ajratiladi, masalan "1.2-rasm" va izoh beruvchi yozuvdan pastga yoziladi. Raqamli materiallar jadval koʼrinishida rasmiylashtirilishi lozim. Jadvalni rasmiylashtirish namunasi 7-ilovada koʼrsatilgan. Har bir jadval sarlavhaga ega boʼlishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi. Sarlavahani ostiga chizilmaydi. Jadval sarlavhasi jadval yuqorisida oʼrtada yozilishi tavsiya etiladi. Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavxachalar esa, agar ular sarlavha bilan bitta gapni tashkil etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil boʼlsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak. Jadval bosh qismini dioganal boʼyicha boʼlish mumkin emas. Koʼplab grafalarga era boʼlgan jadvalni qismlarga boʼlish va bir qismni ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. Boʼlimlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan: "1-jadval", "2-javdal" va h. Аgar kurs ishida bitta jadval boʼlsa, u raqamlanmaydi va "jadval" soʼzi yozilmaydi. Jadvalning biror qismi boshqa betga oʼtganda, "jadval" soʼzi va uning tartib raqami bir marta jadvalning birinchi qismi ustida koʼrsatilib, qolgan qismlar ustiga "davomi" degan soʼz yoziladi. Matndagi manbalarga havola("snoska")larni satr osti eslatmalarida keltirish lozim. Havola har bir betda arab raqamida ketma-ket tartib bilan keltirilishi lozim. Keyingi betda esa yana boshidan tartib bilan ilova quyilishi tavsiya qilinadi. Havolalarni keltirish tartiblari: •hujjat va taʼrifni tasdiqlash uchun iqtibos keltirganda; •zamonaviy adabiyotlar va birlamchi manbalar boʼyicha iqtibos keltirganda; •adabiyotlardan va boshqa manbalardan biror muammo, xulosa yoki takliflardan iqtibos keltirganda; •davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirganda; •statistik maʼlumotlar va toʼplamlardan iqtibos keltirganda; •meʼyoriy-huquqiy xujjatlardan iqtibos keltirganda; •bir betda iloji boricha 3 tadan koʼp iqtibos keltirish tavsiya qilinmaydi; •va boshqa holatlarda. Illyustratsiyalarga qilingan havolalar sarlavhaning oxirigi soʼziga quyiladi (7- ilovaga qarang). Matnda barcha jadvallarga havola berilishi kerak. Har bir ilova yangi betning oʼng yuqori burchagida "Ilova" soʼzi bilan boshlanadi. Аgar kurs ishida bittadan koʼp ilova boʼlsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, "1-ilova", "2-ilova" va x. Ilovalarni alohida rasmiylashtirganda, titul varagʼida kurs ishi mavzusining nomi ostida katta harflar bilan "ilovalar" soʼzi yoziladi. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatini 2-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kurs ishi mavzusi boʼyicha asosan soʼnggi 5 yil ichida nashr qilingan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Download 84.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling