Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida
-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori
Download 132.97 Kb.
|
AJ togrisidgi qonun
66-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha: jamiyatning oddiy (odatdagi) aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar; ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir. Aksiya egasi bo‘lmish aksiyadorga ovozga qo‘yilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aksiya yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir. Agar ovoz beruvchi aksiyalar miqdorini aniqlash chog‘ida imtiyozli aksiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aksiya bo‘yicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aksiya sifatida hisobga olinadi. Ovozga qo‘yilgan masala bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar ovozining ko‘proq miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, yig‘ilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo‘lmish aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. (66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda) Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan, hal qilish chog‘ida jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar ovoz huquqiga ega bo‘ladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida o‘zga qoida belgilanmagan bo‘lsa, ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan faqat kuzatuv kengashining taklifiga binoan qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismi ikkinchi —to‘rtinchi, oltinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. (66-moddasining oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Oldingi tahrirga qarang. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga haqli emas. (66-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran 45 kundan oshmasligi kerak. Oldingi tahrirga qarang. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi. (66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda) Agar aksiyador uzrli sabablarga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir. Download 132.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling