Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, tayinlash


Download 132.97 Kb.
bet41/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, tayinlash
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.
Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining a’zolari kuzatuv kengashiga saylanishlari tayinlanishlari mumkin emas.
Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qo‘yilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilab qo‘yiladi.
Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlari soni besh yuzdan ortiq bo‘lgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti a’zodan kam bo‘lishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bo‘lgan jamiyat uchun esa to‘qqiz a’zodan kam bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyador o‘ziga tegishli aksiyalar bo‘yicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga to‘liq berishga yoki bir nechta nomzod o‘rtasida taqsimlashga haqlidir.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bo‘lgan shaxslar soniga ko‘paytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga to‘liq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar o‘rtasida taqsimlashga haqlidir.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Davlat vakili lavozimiga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lib, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling