Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi


Download 132.97 Kb.
bet42/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan ularning o‘zlari orasidan kuzatuv kengashi a’zolari umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi.
Jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashi o‘z raisini kuzatuv kengashi jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida raislik qiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yo‘qligida uning vazifasini kuzatuv kengashi a’zolaridan biri bajarib turadi.
85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o‘z tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining a’zosi, taftish komissiyasining, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qo‘yilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibi ustavda belgilab qo‘yiladi.
(85-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Kuzatuv kengashi majlisini o‘tkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan a’zolarning yetmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Kuzatuv kengashi a’zolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam bo‘lib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yig‘ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a’zolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagina qaror qabul qilishga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi.
(85-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Jamiyat kuzatuv kengashining bir a’zosi o‘z ovozini kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng bo‘lingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis o‘tkazilganidan so‘ng 10 kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
majlis o‘tkazilgan joy va vaqt;
majlisda hozir bo‘lgan shaxslar;
majlisning kun tartibi;
ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari;
qabul qilingan qarorlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlisning bayonnomasi to‘g‘riligi uchun javobgardir.
(85-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling