Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida
-modda. Jamiyat ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
Download 132.97 Kb.
|
AJ togrisidgi qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. Jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
16-modda. Jamiyat ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. (16-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda) 17-modda. Jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Jamiyat qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat ro‘yxatdan o‘tish uchun ro‘yxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilgan aksiyadorlik jamiyati ustavini taqdim etadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 11 va 12-bandlari. (17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda) Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uzog‘i bilan olti oygacha bo‘lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi va ijroiya organ to‘g‘risidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to‘g‘risidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ko‘rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart. (17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda) Download 132.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling