Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (mhxs)ga transformasiya qilishni takomillashtirish
Download 143.15 Kb.
|
Sotimov F. kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KELTIRILGAN RASMLAR RO‘YXATI
- I BOB. KIRISH. Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
KELTIRILGAN JADVALLAR RO‘YXATI
KELTIRILGAN RASMLAR RO‘YXATI
I BOB. KIRISH. Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Mamlakatimizda bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Har bir sohada bugungi globallashuv jarayonida sifatli va raqobatbardosh tizim yaratish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish uchun muayyan sharoit yaratish, jumladan, vatanimiz iqtisodiy sub’ektlari faoliyatining shaffofligi va aniqligiga erishish zarur. Bu masalani amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning umumqabul qilingan jahon standartlarini – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash bilan bog‘liq. Xususan, so‘nggi yillarda respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiqlashtirish bo‘yicha qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda va bugungi kunda ushbu ulkan ishlarning navbatdagi istiqbolli bosqichiga o‘tildi desak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi1 (Mirziyoyev, 2020) qarori qabul qilinishi va unga binoan, 18ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangani yurtimizda ushbu yo‘nalishda ham jiddiy ishlarga qo‘l urilayotganidan dalolat beradi. Bu – oqilona yo‘l. Binobarin, biz xalqaro doiraga, jahon bozoriga intilayotgan ekanmiz, faoliyatimiz ham xalqaro darajaga mos bo‘lishi lozim. Mazkur qarorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan davlat sektorlarida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha yo‘l – yo‘riq va ko‘rsatmalar berilgan. Aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda qo‘llash orqali yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarni tayyorlash imkonini beradi, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, Budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta’minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to‘liqligini oshishi hisobiga davlat aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi, xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o‘z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi shuningdek moliyaviy holatni tushinish asosida chet el ivestitsiyalarini hajmini oshishi va donorlik mablag’larini ko‘payishi imkonini beradi. Yuqoridagi qarorning ijrochi vakolatli organi sifatida Moliya vazirligi qarorda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Vazirlik tomonidan o‘tgan yillar davomida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari Fondi (IFRS) bilan amaliy ishlar amalga oshirildi va 2020-yil 11-noyabrda MHXS xujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish va boshqa tillarda foydalanish huquqini oluvchi bitim imzolandi. Bu esa qaror ijrosini ta’minlashda qo‘l keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026-yillarga Mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida farmonida yurtimidagi barcha sohalarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan qator maqsadlar belgilab berilgan. Ushbu strategiyaning 26-maqsadi: “Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish. Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish”2 etib belgilangan. Mazkur maqsaddan ko‘rinib turibdiki yurtimizda hisob – kitob amaliyotlarining xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va shu orqali xorijiy ishbilarmonlarni yurtimizning davlat va xususiy korxonalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga ochiq, shaffof va tushunarli hisobot tizimini yaratish vazifasi qo‘yilmoqda. Mazkur maqsad bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlarning xorijlik hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoqda, va o’z -o’zidan buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham ortmoqda. Shu munosabat bilan BHMS bо‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kotirovka qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXSga muvofiq о‘zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning yuqoridagi qarori O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish hamda buxgalteriya sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Xalqaro standartlarga o‘tishning keng ko‘lamli va sifatli ijrosida kadrlar masalasi asosiy masala hisoblanadi. Shunday ekan, biznes subyektlarining xalqaro biznes tillashuvida o‘z nomidan axborotlar oqimini barcha uchun tushunarli hamda aniq shakllarda ochib berishga qodir bo‘lgan buxgalteriya hisobi, audit sohasining professional mahoratli, shaxsiy tajribalar va intuitsiyalarda aldanmaydigan kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifa bo‘lmog‘i lozimdir. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisob siyosati konseptsiyasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslanga amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Binobarin, biz xalqaro doiraga, jahon bozoriga intilayotgan ekanmiz, faoliyatimiz ham xalqaro standartlarga mos bo‘lishi lozim. Dissertatsiya ishining maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS)ni tadqiq etish, uning yurtimiz iqtisodiyoti va investitsiya muhitiga ijobiy ta’sirini o‘rganish; Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi mavjud buxgalteriya va moliyaviy hisob siyosatining mohiyati va uning zaruriyatini ochib berish; - aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya va moliyaviy hisob siyosatini shakllantirishda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) talablarini o‘rganish asosida uni takomillashtirish; - MHXS lari asosida buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni umumiy, uslubiy texnik va tashkiliy jihatlarini takomillashtirish; - aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish; - aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq qayta shakllantirish yuzasidan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. Download 143.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling