O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Download 416.79 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi416.79 Kb.
#1509688
  1   2   3
Bog'liq
2 kurs ishi — копия


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” FAKULTETI




IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


Kurs ishi


MAVZU: Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o’rni.
Topshirdi:Kushmatov O
Ilmiy ish rahbari:Tursunov B.
TOSHKENT – 2023
REJA:

Kirish
1. Marketing haqida tushuncha


2. Marketing maqsadi va vazifalari
3. Marketing qoidalari
4. O’zbekiston bozorida marketingni o’rni
5 Yirik kompaniyalarning marketing byudjeti va foydalari
Xulosa


Kirish
Mavzuni dolazarbligi:hozirgi kunda ko’p kompaniyalar va firmalar ochilishi, bozorlarda raqobat kuchayishi va tovarlarni soni va turlari ko’pligi sababli, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilarni marketinga katta e’tibor berishga undayabdi. Katta kompaniyalar foydasini katta qismini marketinga sarflashyapdi. Bu esa mavzuni dolzarbligidan dalolat beradi. Misol uchun “Nike” brendini (sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya) oladigan bo’lsak, “Nike” kompaiyasi 2014-yilda, marketing byudjeti 3.3 milliard AQSH dollari tashkil qilgan. 2022-yilga kelib “Nike” kompaniyasi marketing uchun 3.85 milliard AQSH dollari sarflaydi va shu yilning o’zida 46.7 milliard daromad qiladi.
Marketing har qanday biznes yoki tashkilotning, xoh u kichik startap yoki ko'p millatli korporatsiya bo'ladimi, muhim jihatdir. Marketing mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va tushunish, ushbu ehtiyojlarga javob beradigan mahsulot yoki xizmatlarni yaratish va ushbu mahsulot yoki xizmatlarning afzalliklarini maqsadli auditoriyaga etkazishni o'z ichiga oladi. Bu yillar davomida sezilarli o'zgarishlarga uchragan dinamik soha bo'lib, yangi texnologiyalar va platformalarning paydo bo'lishi korxonalarning o'z mijozlari bilan o'zaro munosabatini o'zgartiradi.



  1. Marketing haqida tushuncha.

Marketing tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlaming tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi1.
Marketing faoliyati korxona amal qilishining tashqi sharoitlari to‘g‘risidagi axborotning olinishi; raqobatchilaming tovarlariga qaraganda bozor talablarini toiaroq qondiruvchi tovarlar to‘plamini yaratish; sotish sohasining eng yuqori nazoratini belgilab beruv­chi iste’molchi, talab, bozorga zarur darajada ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi lozim. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo’lgan va bozorda sotish mumkin bo’lgan tovarlami zarur hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish-texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste’molchining ehtiyojlariga, ulaming yaqin istiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlaming talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyojlami qondirishni yuqori darajasi esa eng ko‘p foyda olishni belgilab beradi. Marketingning maqsadi va vazifalarini belgilab olish muhim hisoblanadi. Marketingning maqsadi - eng yuqori iste’mol qoniqishi, iste’mol, turmush sifatini oshirish, tovar va xizmatlaming keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini ta’minlash. Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogiiq boigan bozor va muammolami kompleks o‘rganish; iste’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlami ishlab chiqish; yangi tovaming konsepsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dastur-larini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish.

  1. Marketingni maqsad va vazifalari

Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o 'rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir2.
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
1.Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish.
2. Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
3. Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.
4.Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko’pchilik rahbarlar marketingning – ishlab chiqarishning maksimal o’sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishini rag’batlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko’p sotib olsa va qancha ko’p iste’mol qilishsa, shuncha baxtli bo’ladilar degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak marketingning maqsadi faqat mumkin bo’lgan maksimal iste’molga erishishdangina iborat emas ekan.
Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki iste’molchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi iste’moli ko’p bo’lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining ko’pligi bilan emas, balki bu tovar massalarning qanchalik darajada iste’molchilarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste’mollarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste’molchilarning talabining qondirilish darajasini o’rganish to hozirgi kungacha muammoligacha qolmoqda.
Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligi maksimal ta’minlash va iste’molchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi is’molchining talabiga to’liq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko’pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati” ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. tovarlarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi,
2. mehnatga haq to’lash darajasi,
3. madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketingning asosiy maqsadi , uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda , uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko’yidagi muhim vazifalarni hal etmog’i lozim: 

  • xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish va aniqlash,

  • tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish,

  • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish,

  • avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish,

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish,

- tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish,
- tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmat to’g’risida ma’lumotlar olish,
- to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish,
- tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu siz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblash chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Sotishni rag’batlantirish – marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag’batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud – ko’rgazma savdo, yarmarkalar, maxsus savdo xizmatidan foydalanish va arzon baholar.
Marketing tizimida sotish siyosati – bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo’lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste’molchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini ta’minlaydi. Ya’ni har qanday tovar aniq iste’mol manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tova assortimentining, amalga mavjud bo’lmagan “o’rtacha” deb ataluvchi iste’molchiga mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasno.
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydlanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste’molsidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta’minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga. Sotish shartlariga , xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq halqilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing – murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobilyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish , uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bunda tashqari marketingli faoliyatyuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darjada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim.



1-rasm. Marketingni vazifalari.


Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim.



  • xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;

  • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • talab va taklif to‘g'risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish;

  • tovar yaratuvchi voki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar to’plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g‘risida ma'lumotlar olish;

  • to’ldiruvchi tovarlar va o 'rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish;

  • tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazoratqilishdan iboratdir.

Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.

  1. Marketing qoidalari.



3Marketing – istiqbolni ko’zlab, bozorni har tomonlama o’rganish.
Quyida korxonalarga marketing faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan umumiy marketing qoidalari keltirilgan:
1. Maqsadli bozoringizni bilib oling: maqsadli auditoriyangizni tushunish ular bilan rezonanslashadigan marketing kampaniyalarini yaratish uchun juda muhimdir.
2. Mijozlarning ehtiyojlariga e'tibor qarating: Marketing - bu mahsulotni sotish emas, balki sizning mahsulotingiz mijoz muammosini qanday hal qilishi mumkinligi haqida xabar berishdir.
3. Barqaror bo'ling: Xabarlar va brendingdagi izchillik mijozlaringiz orasida ishonch va e'tirofni o'rnatish uchun juda muhimdir.
4. Bir nechta kanallardan foydalaning: maqsadli auditoriyangizga samarali erishish uchun ijtimoiy media, elektron pochta va pullik reklama kabi turli marketing kanallaridan foydalaning.
5. Muvaffaqiyatingizni o'lchang: Kampaniyalaringiz samaradorligini aniqlash va kerakli tuzatishlarni kiritish uchun har doim marketing ko'rsatkichlarini kuzatib boring va tahlil qiling.
6. Oddiy tuting: Potentsial mijozlarni chalkashtirib yubormaslik uchun xabar almashish va brendingni sodda, tushunarli va ixcham saqlang.
7. Halol va shaffof bo'ling: mijozlar o'rtasida ishonch va sodiqlikni mustahkamlash uchun marketing xabarlarida halollik va shaffoflikni birlashtiring.
8. Yangilikdan xabardor bo'ling: raqobatchilardan oldinda bo'lishingizni ta'minlash uchun marketingdagi o'zgaruvchan tendentsiyalar va texnologiyalardan xabardor bo'ling.
9. Tajriba qiling va ijodiy bo'ling: biznesingiz uchun eng yaxshisini ko'rish uchun me'yordan tashqarida bo'lgan yangi marketing strategiyalari va kampaniyalarini sinab ko'ring.
Umuman olganda, marketing qoidalari toshga o'rnatilmagan va turli strategiyalar turli korxonalar uchun ishlashi mumkin. Sizning marketing harakatlaringizni biznesingizning aniq maqsadlari va maqsadli auditoriyasiga moslashtirish juda muhimdir.



  1. O’zbekiston bozorida marketingni o’rni.

Bozordagi har qanday biznesning muvaffaqiyatida marketing muhim rol o'ynaydi. Bu tovarlar va xizmatlarni yaratish, ilgari surish va tarqatish orqali mijozlarning ehtiyojlari va ehtiyojlarini aniqlash, oldindan ko'rish va qondirish jarayonidir. Raqobatchilar ko'p bo'lgan bozorda marketing kompaniyalarga ajralib turishga, maqsadli auditoriyaga erishishga va ularni sodiq mijozlarga aylantirishga yordam beradi. Bu kuchli brend identifikatorini yaratish, aniq qiymat taklifini o'rnatish va mahsulot yoki xizmatning afzalliklarini etkazish orqali iste'molchilarning idrokiga, munosabatiga va sotib olish xatti-harakatlariga ta'sir qiladi.
Marketing korxonalarga bozor tadqiqotlarini o‘tkazish orqali o‘z mijozlari va ularning ehtiyojlarini tushunishga yordam beradi. Tadqiqotlar orqali korxonalar o'zlarining maqsadli bozorini aniqlashlari, mijozlar nimani xohlashlarini va ularning xaridlariga nima ta'sir qilishini bilishlari mumkin. Bu bilimlar ularga mahsulot va xizmatlarini maqsadli bozor ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtirishga va shunga mos ravishda marketing strategiyalarini moslashtirishga imkon beradi.
Marketing, shuningdek, brend identifikatorini yaratish va saqlashda asosiy rol o'ynaydi. Kuchli brend identifikatori biznes uchun o'ziga xos imidj va obro' yaratadi va uni raqobatchilardan ajratib turadi. Bu mijozlar bilan ishonch, sodiqlik va hissiy aloqani yaratadi. Reklama, jamoatchilik bilan aloqalar va ijtimoiy media kabi marketing strategiyalari kuchli brend identifikatorini yaratishga yordam beradi.
Qattiq raqobat mavjud bo'lgan bozorda marketing kompaniyalarga o'zlarining noyob qiymat takliflarini yaratish va etkazish orqali raqobatchilardan oldinda bo'lishga yordam beradi. Aniq qiymat taklifi mijozlarga nima uchun raqobatchilardan ko'ra ma'lum bir mahsulot yoki xizmatni tanlashi kerakligini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, mijozlar ongida biznes haqida ijobiy tasavvur hosil qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, marketing bozorda faoliyat yuritadigan har qanday biznes uchun zarurdir. Bu korxonalarga o'z mijozlarini tushunishga, mahsulot va xizmatlarini moslashtirishga va o'z brendini yaratish va saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, bu korxonalarga o'zlarining noyob qiymat takliflarini etkazishga va raqobatchilardan oldinda bo'lishga yordam beradi, bu esa bozorda uzoq muddatli muvaffaqiyat va rentabellikni ta'minlaydi.
O‘zbekiston 1991 yilda Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishdi va o‘shandan beri mamlakatda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bozor tizimi markazlashgan rejali iqtisodiyotdan bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga aylantirildi, tashqi savdo va investisiyalar rag‘batlantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat iqtisodiy inqiroz, yuqori inflyatsiya, tovar va xizmatlar taqchilligiga duch keldi. Biroq, 2000-yillarning boshida hukumat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirdi, bu esa barqaror iqtisodiy o'sishga va yanada qulay biznes muhitiga olib keldi.
Marketing mahsulot va xizmatlarni ilgari surish va har qanday bozorda mijozlarni jalb qilishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'zbekistonda so'nggi yillarda marketing tobora muhim rol o'ynamoqda, chunki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va biznes imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik va turizm kabi turli sohalar joylashgan. Hukumat mamlakatimizning sarmoyaviy salohiyatini faol ilgari surmoqda va xorijiy investorlarni jalb qilish siyosatini amalga oshirmoqda. Samarali marketing strategiyalari xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, biznes imkoniyatlarini ilgari surish va jahon bozorida raqobatlashishda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston bozorida marketingning roli yillar davomida murakkab iqtisodiy vaziyatdan barqaror va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotgacha rivojlandi. Samarali marketing strategiyalari mahsulot va xizmatlarni ilgari surish, xorijiy investorlarni jalb qilish va jahon bozorida raqobatlashishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.



  1. Yirik kompaniyalarning marketing byudjeti va foydalari.

Mana, eng yaxshi 20 ta Fortune kompaniyalari (2021) va ularning marketing bo'yicha byudjet daromadlari hamda marketingdan tushgan daromadlari:


Walmart: Marketing byudjeti 2,8 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 559,2 milliard dollar (2020)
Amazon: Marketing byudjeti 18,9 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 386 milliard dollar (2020)
Exxon Mobil: Marketing byudjeti 1,5 milliard dollar (2021 yil), marketingdan tushgan daromad 197,5 milliard dollar (2020 yil)
Berkshire Hathaway: Marketing byudjeti 0,5 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 246,4 milliard dollar (2020)
McKesson: Marketing byudjeti 1,7 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 238,2 milliard dollar (2020)
UnitedHealth Group: Marketing byudjeti 2,7 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 257,1 milliard dollar (2020)
CVS Health: Marketing byudjeti 2,4 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 268,7 milliard dollar (2020)
AmerisourceBergen: Marketing byudjeti 0,4 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 197,8 milliard dollar (2020)
AT&T: Marketing byudjeti 3,6 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 170,8 milliard dollar (2020)
Ford Motor: Marketing byudjeti 4,3 milliard dollar (2021 yil), marketingdan tushgan daromad 127,1 milliard dollar (2020 yil)
General Motors: Marketing byudjeti 3,5 milliard dollar (2021 yil), marketingdan tushgan daromad 122,5 milliard dollar (2020 yil)
Verizon Communications: Marketing byudjeti 3,7 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 128,3 milliard dollar (2020)
Kardinal salomatlik: Marketing byudjeti 0,5 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 152,9 milliard dollar (2020)
JPMorgan Chase: Marketing byudjeti 4,9 milliard dollar (2021 yil), marketingdan tushgan daromad 136,2 milliard dollar (2020)
Chevron: Marketing byudjeti 0,8 milliard dollar (2021 yil), marketingdan tushgan daromad 105,7 milliard dollar (2020 yil)
Marathon Petroleum: Marketing byudjeti 0,6 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 75,4 milliard dollar (2020)
Boeing: Marketing byudjeti 1,6 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 58,2 milliard dollar (2020)
Citigroup: Marketing byudjeti 3,6 milliard dollar (2021 yil), marketingdan tushgan daromad 85,8 milliard dollar (2020 yil)
Procter & Gamble: Marketing byudjeti 7,2 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 70,8 milliard dollar (2020)
Anthem: Marketing byudjeti 1,2 milliard dollar (2021), marketingdan tushgan daromad 136,5 milliard dollar (2020)4
Shuni ta'kidlash kerakki, marketingdan tushadigan daromad turli manbalarni, masalan, reklama, homiylik, hamkorlik va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin. Yuqorida keltirilgan daromad ko'rsatkichlari kompaniyaning umumiy daromadi bo'lib, u nafaqat marketingdan, balki barcha tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarni o'z ichiga oladi.



Download 416.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling