a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy maqsadlar va ishning qay darajada samara dorligini aniqlash bo‘yicha korporatsiyaning boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiyalarini olish. a) ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish; b) boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish; v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish. Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari - Oxir-oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak. Biroq korporativ menejment maqsadlarini faqat aksiyadorlar manfaatlariga xizmat qilish bilan cheklab qo‘yilganda ham unga erishish usullarini aniq belgilashning iloji yo‘q. Aslini olganda menejerlar kompaniya egalari bilan har bir masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari va xizmatlari assortimentini tanlash, kapital jalb qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhokama qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini so‘rashlari mumkin. Unday bo‘lsa, kompaniya egalari firmani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik mutasaddi bo‘lsalar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shuncha darajada mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan foydalanishdan ma’no qolmagan bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |