Ilhkm-90 Mavzu: Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.73 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1296966
Bog'liq
Презентация1


MOLIYA
Bajardi: Axmadjonov Davlatbek (ILHKM-90)
Mavzu: Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari-oxir oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat.
Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarfxarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.
Kapital bahosi konsepsiyasi moliyaviy menejmentning muhim nazariyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning yuqori bozor bahosini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan investitsiya kapitali rentabelligini tavsiflaydi.
Kompaniyaning bozor bahsini maksimallashtirish, foydalaniladigan manbalar bahosini ma’lum bir darajada minimallashtirish orqali erishiladi. Zero, kapital bahosi ko‘rsatkichi investitsiya loyihalarini va kompaniyaning investitsiya portfelini samaradorligini baholashda keng qo‘llaniladi.
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (corporation) – bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin.
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida) huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar. Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega.
Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir bo‘lmasa, kreditor
Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya (private corporations) deb ataladi. 
Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi). Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan
E`tiboringiz uchun raxmat
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling