Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etilishi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi.Axmedov Shohrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Aksiyadorlik jamiyati qaysi qonunchilik asosida tashkil etiladi 2. Aksiyadorlik jamiyatida buxgalteriya hisobi tashkil etilishi
- Aksiyadorlik jamiyati qonunchilik asosida tashkil etiladi
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI TASHKIL ETILISHI O ʻQITUVCHI: NASIBA IMAMOVA TAYORLADI: AXMEDOV SHOHRUX, Reja: 1. Aksiyadorlik jamiyati qaysi qonunchilik asosida tashkil etiladi 2. Aksiyadorlik jamiyatida buxgalteriya hisobi tashkil etilishi 3. Aksiyadorlik jamiyati ustavini tashkil etilishi 4. Aksiyadorlik jamiyatida soliq hisobi va hisoboti 5. Aksiyadorlik jamiyati hisob siyosati Aksiyadorlik jamiyati qonunchilik asosida tashkil etiladi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIAKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan. 5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllariAksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo‘lishi lozim. 6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyatiQatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. 10-modda. Aksiyadorlik Jamiyatni tuzish usullariJamiyat yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo‘li bilan tuzilishi mumkin. 11-modda. Aksiyadorlik Jamiyatni ta’sis etish Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror ta’sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg‘iz o‘zi qabul qiladi.Jamiyat muassislari uni tuzish to‘g‘risida o‘zaro ta’sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o‘rtasida joylashtirilishi kerak bo‘lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori va bu haqni to‘lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yiladi. • 12-MODDA. AKSIYADORLIK JAMIYATNING MUASSISLARIAKSIYADORLIK JAMIYATINI TUZISH TO‘G‘RISIDAGI TA’SIS SHARTNOMASINI IMZOLAGAN YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR AKSIYADORLIK JAMIYATINING MUASSISLARI DEB TAN OLINADI.AGAR QONUN HUJJATLARIDA BOSHQACHA QOIDA BELGILANMAGAN BO‘LSA, DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV ORGANLARI JAMIYAT MUASSISLARI BO‘LISHI MUMKIN EMAS.JAMIYAT MUASSISLARI JAMIYAT DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILGUNGA QADAR UNING TUZILISHI BILAN BOG‘LIQ MAJBURIYATLAR YUZASIDAN SOLIDAR JAVOBGAR BO‘LADILAR. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling