Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Download 2.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri»
- Savol va topshiriqlar
- «Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiq qan buloqlar»
- «qo‘- noqlar»
- Abdulla Qahhor (1907–1968)
- O‘G‘RI Otning o‘limi – itning bayrami. Maqol
- «dag‘-dag‘ titraydi » 4.
- «siz»
Savol va topshiriqlar: 305 Binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri, Qayg‘ungni qayg‘umga qo‘shgil. Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri, Bu yerdan ko‘klarga uchgil. Binafsha, go‘zalim, qayg‘ulim, kelmaysan, Qayg‘ung zo‘r, qayg‘umni bilmaysan, Menga bir kulmaysan. 1922 1. Binafsha obrazi qanday majoziy ma’noga ega deb o‘y- laysiz? 2. She’rning: «Binafsha senmisan, binafsha senmi, Ko‘- chada aqchaga sotilgan. Binafsha menmanmi, binafsha menmi, Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?» misralarida ifodalangan fi kr va tuyg‘ular haqida o‘ylab ko‘ring. 3. Binafsha obrazida lirik qahramon munosabati to‘liq namo- yon bo‘lgan o‘rinlarni toping va izohlang. 4. Azobli hayot ta’sirchan tasvirlangan satrlarni aniqlang va sharhlab bering. 5. She’rning uchinchi bandi dastlabki to‘rt misrasidagi so‘zlar miqdoriga e’tibor bering. Uni badiiy vazifasi jihati- dan izohlashga harakat qiling. 6. «Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri» misrasining mazmunini sharhlang. 7. She’rda shoir ruhiyatining ifodalanishiga e’tibor qiling. 8. She’rni yod oling. BUZILGAN O‘LKAGA Ey, tog‘lari ko‘klarga salom bergan zo‘r o‘lka, Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko‘lanka? Ujmohlarning kavsaridek pokiza, Sadafl arning donasidek top-toza. Salqin suvlar tog‘dan quyi tusharkan, Savol va topshiriqlar: 306 Tomchilari yomg‘ir kabi ucharkan, Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar? Yov bormi, deb to‘rt tarafni tinglaylar? Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar Har qorong‘i, qo‘rqinch tunning betida Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar. – Bu nega? Ayt menga. Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on, Ustlarida na poda bor, na yilqi, Podachilar qaysi dorga osilg‘on? Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga – Oh, yig‘i, Bu nega? Tumorchalar, hamoyillar 1 taqingan, Dalalarda lola bargi yopingan, Tog‘-toshlarda o‘yin qilgan, Chopingan Go‘zal qizlar, yosh kelinlar qayerda? Javob yo‘qmi ko‘klardan-da, yerdan-da, Xarob bo‘lgan eldan-da. Ot minganda qushlar kabi uchguvchi, Erkin-erkin havolarni quchguvchi, Ot chopganda uchar qushni tutguvchi, Uchar qushday yosh yigitlar qayerda? Tog‘ egasi: sor 2 , burgutlar qayerda? Sening qattiq sirt-bag‘ringni ko‘p yillardir ezganlar, Sen bezsang-da, qarg‘asang-da, ko‘kragingda kezganlar, Sening erkin tuprog‘ingda hech haqqi yo‘q xo‘jalar, Nega seni bir qul kabi qizg‘anmasdan 3 yanchalar? 1 Hamоyillar – qo‘ltiq tagidan o‘tkazib taqiladigan yomоn ko‘zdan asrоvchi tоshli tumоr, bеzaktоsh. 2 Sоr – qarchig‘aylar turiga mansub yirtqich qush. 3 Qizg‘anmasdan – ayamasdan. 307 Nega sening qalin tovshing 1 «ket» demaydi ularga? Nega sening erkli ko‘ngling erk bermaydi qo‘llarga? Nega tag‘in tanlaringda qamchilarning kulishi? Nega sening turmushingda umidlarning o‘lishi? Nega yolg‘iz qon bo‘lmishdir ulushing? Nega buncha umidsizdir turishing? Nima uchun ko‘zlaringda tutashguvchi olov yo‘q? Nima uchun tunlaringda bo‘rilarning qorni to‘q? Nima uchun g‘azabingni uyg‘otmaydi og‘u – o‘q? Nima uchun borlig‘ingda bu daraja buzg‘unlik? Nima uchun o‘ch buluti sellarini yog‘dirmas? Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas? ...Kel, men senga qisqagina doston o‘qiy, Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy. Kel, ko‘zingning yoshlarini so‘rib olay... Kel, yarali tanlaringni ko‘rib olay, to‘yib olay... Nima uchun ag‘darilgan, yiqilgan Og‘ir tojning zahar o‘qi ko‘ksingda? Nima uchun yovlaringni bir zamon Yo‘q qilgunday temirli o‘ch yo‘q senda? Ey, har turli qulliklarni sig‘dirmagan, hur o‘lka, Nega sening bo‘g‘zingni bo‘g‘ib turar ko‘lanka? 1921 1. She’rning shu tarzda nomlanish sababini tushuntiring. 2. O‘lka tabiatining go‘zalligi va qismatining og‘irligi yor- qin ifodalangan misralarni toping. 3. She’rning: «Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar?» misra- si dagi ohangdorlikka e’tibor bering va musiqiylikning sa- babini anglatin g. 4. «Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiq qan buloqlar» misralaridagi timsol va tashbihlarni sharhlang. 1 Qalin tоvshing – yo‘g‘оn, qat’iy tоvushing. Savol va topshiriqlar: 308 5. «Shifo istab kelmasin der qo‘noqlar» misrasidagi «qo‘- noqlar» so‘ziga yuklangan ayricha ma’noni izohlang. 6. She’rda «nega», «nima uchun» kabi so‘roqni ifodalov- chi so‘zlarning qayta-qayta ishlatilish sabablarini tu- shuntiring. 7. She’rning boshdan oyoq bir xil o‘lchovda yozilmagan- ligi, she’riy ohangdagi tovlanishlar sababini nimada deb o‘ylaysiz? 8. «Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy» misrasining maz munini va she’riy vazifasini tushuntiring. Shoir qan- day ertak aytmoqchi deb o‘ylaysiz? KO‘CHIM Badiiy ijod talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar tashiydigan ma’no boshqa so‘zlarga ko‘chirilishini anglamay turib, ko‘rkam asarlarni tushunish, undan ta’sirlanish, lazzatla- nish va tahlil qilish mumkin emas. Ko‘chim eng ko‘p ishla- tiladigan badiiy vositalardandir. Nutqni ta’sirchan qilish maqsadida «oltin kuz», «o‘t- yurak», «olovqalb», «toshbag‘ir» kabi iboralar ishlatiladi. Hol buki, kuzning oltin emasligi, yurakning alangalanmas- ligi, jigarning toshdan bo‘lmasligi yaxshi ma’lum. Ammo yuqoridagi iboralar yordamida anglatilgan ma’no boshqa so‘zlar orqali ifodalansa, gap cho‘zilib ketadi va ta’sir chan- ligi yo‘qoladi. Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» she’rida «Tog‘ egasi: sor, burgutlar qayerda?» – degan misra bor. Undagi «sor, burgut» so‘zlari o‘z ma’nosida emasligi sezilib turibdi. Yoki «Binafsha» she’ridagi binafsha timsoli qanday ma’no tashiyotgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. She’rda shoir- ning ichki kechinmalari ko‘klam ko‘katiga qaratilganmi, xo‘rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami, ezilgan millatgami? Agar so‘z ma’nolarining ko‘chishini anglama- sak, she’rning joziba kuchi yo‘qqa chiqaveradi. Chunki anglanmagan go‘zallik go‘zallik bo‘la olmaydi. 309 Yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuk- lar, unga ko‘chirar ekanlar, хayollariga kelganday, tavak- kaliga ish tutavermaydilar. Agar shunday qilinsa ijod- korlarni tushunib bo‘lmay qolardi. Ma’no ko‘chirishda narsa-hodisalar o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o‘xshashligi, aloqadorligi bo‘lishi shartdir. Bu jihatdan ko‘chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o‘xshatishda o‘xshagan buyum ham, o‘xshatilgan narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba’zan o‘x- shagan narsa, ba’zan o‘xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma’no birinchisiga ko‘chirilgan bo‘ladi. Ko‘chim qudratli ko‘rkam tasvir vositasi bo‘lib, u kitob- xonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg‘ularni bevosita his qilishga, asar qahramonlari hola- tini tuyishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘chim so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifat- larni qaysidir jihati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko‘chirish san’atidir. Adabiyotshunoslik ilmida ko‘chimning majoz, istiora, ramz singari ko‘rinishlari bo‘ladi. Majoz adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan cha- yon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xu susiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majoz - ning yorqin namunasidir. Ramz ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum axloqiy- ma’naviy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘l gan nar- sa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyi ladi. Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bi- lan ham yuritiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida may – hayot ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, 310 chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida qadimdan qo‘llanib kelinadi. Ko‘chimning ko‘p ishlatiladigan ko‘rinishlaridan biri is tioradir. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlar ni boshqa bir narsa-hodisaga ko‘chirish orqali badiiy ma’no ifoda lanadi. Lekin bu ko‘chirishda tashqi o‘xshash lik aso- siy o‘rin tutmaydi. Balki o‘xshatilayotgan va o‘xsha yotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog‘la nishga, ya- qinlikka, vazifalar dagi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan ko‘rinishdagi o‘xshatish deyish mumkin. Cho‘lponning «Binafsha» she’rida «Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri, Bu yerdan ko‘klarga uchgil» tar- zida ifodalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi «ko‘kragim» so‘zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk yeri» so‘zlari bilan ifoda etilgan. 311 zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘ sh- gan adib Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabr- da Qo‘qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqah- hor temirchi tirikchilik o‘tkazish uchun Qo‘qon atrofi dagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‘rg‘on, Qu- dash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisi- ga ko‘chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq qo‘nim topmasdi. Bo‘lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni Buvayda dagi eski maktabda oldi. So‘ng Oqqo‘rg‘on qish- lo g‘idagi jadid maktabida tahsil ko‘rdi. Sal keyin roq Qo‘- qon dagi yotoq maktabda o‘qidi. 1922–1924-yillarda Qo‘- qondagi o‘qituv chilar tayyorlash teхnikumida tahsil ko‘rdi. Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o‘qib, kunduzlari «Qizil O‘zbekiston» gazetasida ishladi. U 1930-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning pedagogika fakultetini tugatdi. A.Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan. Dastlab «Mush- tum» jurnali, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston» gazetalarida uning hikoya, felyeton va хabarlari bosildi. Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob» romani 1934-yilda yozildi. Abdulla Qahhor (1907–1968) 312 Yozuvchi «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Shohi so‘zana» (1951), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobut- dan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o‘zbek ada biyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Adibning «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O‘t- mish dan ertaklar» (1965) qissalari o‘zbek nasri taraqqi- yotida muhim o‘rin tutadi. Qisqa so‘zda ko‘p ma’no ifodalash mahoratiga ega mash hur hikoyanavis Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-ma- yida vafot etdi. O‘G‘RI Otning o‘limi – itning bayrami. Maqol Kampir tong qorong‘isida хamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshil- gan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish – uy, ho‘kizni topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tash- lab qo‘yish kerak bo‘ladi. Kampir dod soldi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qol- gan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalangbosh, yalangoyoq, yaktakchan og‘il eshi gi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib- bukilib ketadi, ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Qobil boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bi- lan ko‘zdan kechirdi, negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi: – Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. 313 Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zi haddan ziyoda sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi. – Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi... Odamlar o‘g‘ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho‘kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin ekanligi to‘g‘risida bahslasha- bahslasha tarqaldi. G‘ovur bosildi. Qobil boboning kampiri yig‘idan to‘xtab, ellikboshini duo qila ketdi. Ellikboshi o‘g‘ri teshgan yerni yana bir ko‘rdi. Qobil bobo qo‘l qovushtirib, uning ketidan yurar va yig‘lar edi. – Yig‘lama, yig‘lama, deyman! Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladi. Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi – go‘yo u ko‘chaga chiqsa bas – ho‘kiz topiladi. Bu «Xudo yallaqa- gur» shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da. Te kinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi bo‘lish uchu n ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum. Poshsho- likdan oylik yema sa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. Ellikboshi beto‘xtov aminga xabar qilmoqchi bo‘lib chiqib ketdi. Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan bo‘ldi. Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz. Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab beradigan chiqim, shu ning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas. Qobil bobo ro‘para bo‘lganda amin og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kuldi. – Ha, sigir yo‘qoldimi? – Yo‘q... sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi. – Ho‘kizmi? Ho‘kiz ekan-da. Hmm... Ola ho‘kiz? Tavba... – Bor-yo‘g‘im shu bitta ho‘kiz edi... Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga ti- qib kuldi. 314 – Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi? – Ola ho‘kiz... – Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi? – Qo‘sh mahali... – Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi? – Bisotimda hech narsa yo‘q... – O‘zi qaytib kelmasmikin!.. Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘ lanmasin! Qobil bobo yerga qarab tek qoldi. – Qidirtirsakmikin-a? – dedi amin chinchalog‘ini etigi- ning ostiga artib. – Suyunchisi nima bo‘ladi? Suyunchidan chashna olib kelinmadimi? Aminning bu gapi Qobil boboga «Ma, ho‘kizing», – de- ganday bo‘lib ketdi. – Kam bo‘lmang, – dedi pulni uzatib, – yana xizma - ti ngiz da man. – Men beto‘xtov pristavga xabar beraman. O‘zi chaqirti- radi. Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir «duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan» azayimxonga obdastagardon qildirgani qatnab, yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq 1 jo‘xori, ikki ka- lava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka bo‘ldi: – Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi? Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi! Qobil bobo yor-do‘stlar bilan kengashdi – pristavga puldan boshqa nima olib borsa bo‘ladi? Ma’lum bo‘ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan. Uchta tovuq, garchi biri kurk bo‘lsa ham, Qobil bobo ning o‘zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo‘ni-qo‘shni, yor-bi rodarlar o‘zaro yig‘ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib bo‘lmadi. Tilmoch tortiqni oldi va beto‘xtov pristavga yax- shilab tushuntirishni va’da qildi. Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya 1 Yelpishtovoq – don yelpishga mo‘ljallangan katta yassi tovoq. 315 oladimi? «O‘ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan». «Yaxshilab tushuntirilgan» pristav bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‘m pul olganidan keyin Qobil boboning baxtiga: «Beto‘xtov hokimga xabar beraman», – demasdan: «Aminga bor», – deb qo‘ya qoldi. Amin: «Ellikboshiga borilsin», – dedi. – Gumoningizni ayting bo‘lmasa! – dedi ellikboshi tajang bo‘lib. – Kim olganini men bilmasam, avliyo bo‘lmasam! Olga n odam allaqachon so‘yib saranjomladi-da! Uzoq demasa- ngiz, erin masangiz ko‘nchilikka borib terilarni bir qarab chi- qing. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan bo‘lsa, allaqachon charm bo‘ldi; Xudo biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi... – Endi bizga juda qiyin bo‘ldi-da. Peshonam sho‘r bo‘l- masa... – dedi chol yerga qarab. – Ey, yosh bolamisiz! Nega yig‘laysiz? Kap-katta odam... Bitta ho‘kiz bo‘lsa bir gap bo‘lar, xudo ajalga to‘zim bersin! Men qaynatamga aytayin, sizga bitta ho‘kiz bersin. Bitta ho‘kiz odamning xunimi? Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin «kichkinagina» sharti bor. Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi... 1. Nima uchun yozuvchi «Otning o‘limi – itning bayrami» maqolini epigraf qilib olgan deb o‘ylaysiz? 2. Hikoyada «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qol- masin» jumlasining ishlatilish sababini aniqlang, jumla- ning mazmunini izohlang. 3. Qobil boboning holati tasvirlangan o‘rinlarga e’tibor qi- ling. Nega u «dag‘-dag‘ titraydi?» 4. Ellikboshining o‘zini tutishiga diqqat qiling. Og‘ilni taf- tish qilishdan uning maqsadi nima edi? 5. Hikoya boshida Qobil boboni sensiragan ellikboshi hi- koya yakunida nima sababdan unga «siz»lab gapirdi deb o‘ylaysiz? Savol va topshiriqlar: 316 6. Cholning ellikboshiga pul berganligi sababini tushun ti - ring. U so‘ramagandi-ku? 7. Hikoyadagi asosiy qahramonning Qobil bobo deb atali- shiga e’tibor qildingizmi? Bu nomda biror yashirin ma’no bormi? 8. Hikoya nima uchun «O‘g‘ri» deb nomlangan? O‘g‘ri de- ganda muallif kimlarni ko‘zda tutgan deb o‘ylaysiz? DAHSHAT Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamo - li yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz, g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi. Olimbek dodxoning 1 sakkiz xotini katta kundosh Nodir- mohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofi da o‘tirishar edi. Dodxo har kecha tarovih namozidan keyin halqaga 2 qolar edi, bu kecha erta qaytdi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri salla- sini oldi, biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog‘landi... Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tush- ganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi. Dodxo chilimni bir marta, lekin juda qattiq tortdi-yu, yasov tortib turgan xotinlariga e’tibor qilmay, to‘rga o‘tdi va darchani jindakkina qiya qilib, bir ko‘zi bilan tashqa- riga qaradi. Shamol goh och bo‘riday uvullar, goh o‘lim chan- galiga tushgan mushukday pixillar, vag‘illar, hech narsa-hech narsa ko‘rinmas edi. Dodxo darchani zichlab yopdi, joyiga borib tasbeh o‘girishga kirishdi. Uning barmoqlari tasbeh donalarini tez-tez o‘girayotgan bo‘lsa ham, qulog‘i guvullayotgan sha molda, xayoli go‘ristonda edi: «Hozir go‘riston qanaqa vahimali bo‘lsa ekan...» 1 Dоdxо – ariza qabul qiluvchi amaldоr, mingbоshi. 2 Halqa – tarоvih namоzi qatnashchilarining оmmaviy qur’оn- xоnlik marоsimi. 317 O‘zbek go‘ristoni o‘zi xunuk, buning ustiga, go‘riston haqi- da aytilmagan xunuk gap, to‘qilmagan vahimali mish-mish gap qolgan emas. Haqiqatan, bunday kechalarda go‘ris ton esiga tushgan har qanday odam, ayniqsa, dodxo singari payg‘ambar yoshidan oshib, kafanligini sandiqqa solib qo‘ygan kishi o‘lishdan ham ko‘ra go‘ristonda yotishni o‘ylaganida tiligacha sovuq ter chiqaradi. Dodxo go‘riston xayolini boshidan chiqarish uchun tas- behni qo‘yib, undan bundan gapirgan bo‘ldi, lekin hech kim bu gaplarga gap ulamadi. Shamol bir xuruj qilganida nimanidir keltirib darchaga urdi. U narsa darchani tirmalaganicha sidirilib pastga tushib ketdi. Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir-biriga qaradi. Dodxo xotinlariga, ulardan ham ko‘ra o‘ziga taskin berish uchun o‘rnidan turib, darchaning bir tomonini ochdi. Darchadan kirgan shamol osma chiroqni lipil- latdi, tebratdi. Dodxo pastga qaradi va suyunib ketganday: – Bo‘yra, bo‘yra ekan! – dedi va darchani zich yopib, yana joyiga o‘tirdi. Bo‘yra odatda tobutga solinadigan bo‘lganidan, dodxo ning ko‘z oldiga odamlarning yelkasida lapanglab ketayotgan tobut- ni keltirdi. Tobut esa yana go‘ristonni eslatdi, go‘riston haqida bolaligidan qulog‘ida qolib kelgan vahimali gaplarni, hodisa- larni jonlantirib yubordi. Dodxo bu xayollarni yengish uchun go‘riston vahimalaridan o‘zi so‘z ochdi va ikki og‘iz gap- ning birida o‘zining dovyurakligini xotinlariga, ulardan ham ko‘ra o‘ziga pisanda qila ketdi. Gapdan gap chiqib Nodirmohbegim bir voqeani aytib berd i. – Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar. Bir meh - monxona yigit... Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Hozir kim go‘ristonga borib, Asqar ponsotning 1 go‘riga pichoq sanchib keladi?» – degan gap bo‘lipti. Shunda bir kishi pichog‘ini qinidan sug‘urib: «Men sanchib kelaman», – depti. Bitta qo‘ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Jo‘- 1 Pоnsоt – askarbоshi, qo‘rbоshi. 318 ralari hali kutishar emish – yo‘q, hali kutishar emish – yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa etagidan birov tortganday bo‘lgan-da... Hammaning eti jivillashib ketdi. Uzoq jimlikdan ke - yin Unsin yonida o‘tirgan kundoshiga shivirlab: – O‘lsin, nokas odam ekan, bitta qo‘yni deb... Koshki ar ziydigan narsa bo‘lsa!.. – dedi. Bu gapni dodxo eshitib qoldi. Uning nafsoniyati qo‘zg‘adi. Dodxoday odam go‘riston deganda tizzasi qal- tirasa, birov «olamga podsho qilaman» degan taqdirda ham bormasa, borolmasa-yu, bu qiz mushtday boshi bilan «arziy digan narsa bo‘lsa, men boraman», – desa! Dodxo g‘ashi kelib Unsinni masxara qildi: – Obbo, tegirmonchining qizi!.. Bitta qo‘yni nazarlari il- maydi! Nechta qo‘y bo‘lsa, arzir edi? Sen o‘zing o‘nta qo‘y bersam, pichoq sanchib kelasanmi? Yuzta qo‘y, davlatim - ning yarmini bersam borasanmi? Unsinoy bozvantidagi 1 tangalarni o‘ynab: – Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo‘lsa, borar edim, – dedi. Bu gap dodxoga tegib ketdi. – Nima kerak? Unsin indamadi. Dodxoning savoli javobsiz qolishi mumkin emas edi. Shuning uchun bittasi gunoh qilsa, hamma- si baravar kaltak yeydigan kundoshlar Unsinni turtkilash di. – Javob bersang-chi! – Tildan qoldingmi?! Yonida o‘tirgan kundoshi biqiniga ikki-uch marta turtgan- dan keyin Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday tikilib turgan dodxoga bir ko‘z tashladi-yu, yana boshini egib, lekin dadil javob berdi: 1 Bоzvant – ayollar sоchiga taqiladigan bеzak, sоchpоpuk. 319 – Javob bersangiz... Ganjiravonga ketsam... Bitta go‘rga bitta pichoq emas, o‘nta go‘rga o‘nta pichoq sanchib kela - man... – dedi. Uning maqsadini kundoshlar darrov fahmlashdi. Lekin dodxo bunday gapni sira kutmagani uchun yanglish tushundi. – Tag‘in nima qilasan Ganjiravonda, borib kelganingga ikki oy ham bo‘lgani yo‘q-ku! Nodirmohbegim sandal ichidan oyog‘ini uzatib Unsinning boldirini chimchiladi, ko‘zi bilan: «Хayriyat, tushunmadi, bas, gapirma», – deb ishora qildi. Biroq Unsin jonidan kech gan kishining shijoati bilan dodxoga tik qaradi. – Yo‘q, men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz demoqchiman. Gapni aytgan Unsin-u, boshqalar o‘tirgan joyida yerga qapi- shib ketdi. Biroq dodxo hammaning kutganiga qarshi, qo‘liga qamchi olib Unsinni «qayering qichidi»ga solmadi, aksin- cha, zaharxanda bilan bo‘lsa ham muloyim gapirdi: – Shunaqami?.. Xo‘p mayli, aytganing bo‘la qolsin, – dedi va biroz o‘ylanib turib, g‘ijinganini yashirolmay ilova qildi. – Lekin go‘ristonga pichoq emas, qumg‘on olib borasan. Onhaz- ratim sag‘anasi oldida qumg‘on qaynatib, bitta choy damlab kelasan, maylimi? – Mayli, mayli! – dedi Unsin ko‘zlari javdirab, – lekin laf - zi ngizdan qaytmaysiz... Dodxoning dami ichiga tushib ketdi. Bir gadovach chaning bu dargohdan ketishga oshiqishi unga haqo rat bo‘lib tushdi. Endi Unsinni tilab olish uchun biron so‘z aytishga hech kim, hatto go‘ristondan uning o‘ligi kelishiga ko‘zi yetib, ichida faryod chekayot gan Nodirmohbegim ham jur’at qilolmay qold i. Dodxoning oppoq uzun soqoli, tovushi titradi. – Xo‘p, lafzimdan qaytmayman, mana xotirjam bo‘la qol: men hozir seni bir taloq qo‘ydim, qaytib kelganingdan keyin uch taloqsan! Bor, qumg‘onni ko‘tar!.. Unsin dodxodan darrov yuzini berkitganicha chiqib ketdi. Nodirmohbegim qo‘lidan boshqa ish kelmaganidan keyin, 320 hech bo‘lmasa, Unsinning yuragiga quvvat bo‘ladigan bir- ikki og‘iz so‘z aytish maqsadida ketidan chiqmoqchi bo‘l - gan edi, dodxo bir xo‘mrayib joyiga o‘tqazib qo‘ydi. Kun- doshlar bitta-bitta oyoq uchida yurib chiqib ketishdi. Unsin uyiga kirdi, paranji-chimmatini yopindi, qum- g‘onga suv to‘ldirib, choynakka choy soldi-yu, jo‘nadi. Ko‘r oydin. Osmonning chekkasi sariq – kir uvadaga o‘xshaydi. Bu kir shu’la qo‘ynida past-baland uylar, sha molda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko‘rinadi. Pishqirayotgan shamol har xuruj qilganida Unsinni tentiratar, talay joyga surib tashlar edi. Unsin paranji-chimmatini qo‘liga olgandan keyin yo‘l yurish osonroq bo‘ldi. Go‘riston to‘g‘risida dodxo nimalar eshitgan bo‘lsa, Unsin ham shuni eshitgan, shamol kechasi dodxo xayolida go‘riston qandoq dahshatli bo‘lsa, uning xayolida ham shun- day dahshatli, lekin shundoq bo‘lsa ham, tiriklar go‘ristoni bo‘lgan bu dargohning dahshati oldida o‘liklar go‘ristonining dahshati unga dahshat ko‘rinmas, bundan tashqari, ertagayoq Ganjiravonga jo‘nash, ota-onasini, dugonalarini ko‘rish umi- di uning boshiga hech qanday fi kr-xayolni yo‘latmas edi. Unsin xuddi dadasidan katta hayitlik olib bozorboshiga ketayotgan yosh boladay chopqillab, qarshisidan esayot- gan shamolga so‘z bermay, ba’zan irg‘ishlab borar edi; bi- roq go‘riston ko‘chasiga burilib, salobat bilan tebranayotgan qop-qora chinor ostida oqarishib turgan sag‘analarni 1 , belgi- siz zulmatni ko‘rganda yuragi uvishdi-yu, zovur ko‘prigidan o‘tib, ikki qadam yurgancha to‘xtab qoldi. Dahshat uning yuragiga raxna soldi: Ganjiravon, ota-onasi, dugonalari xayo- lidan ko‘tarilib, ko‘z oldiga oppoq kafanga o‘ralib sag‘ana va go‘rlar atrofi da yelib yurgan arvohlar keldi. Uning eti ji- virlashib, sochi boshidagi ro‘molini bir qarich ko‘targanday bo‘ldi. Unsin beixtiyor bir qadam orqaga chekindi, lekin shu ondayoq xuddi o‘likdan qo‘rqmasligini birovga pisan- da qilayotganday, baqirib: «O‘likning joni yo‘q, o‘likning 1 Sag‘ana – qabr ustiga qurilgan maqbara. 321 joni yo‘q!» – deb olg‘a intildi, shu yugurganicha chinor os- tidagi Onhazratim sag‘anasi oldida to‘xtadi; choynak bilan qumg‘onni oyog‘i ostiga qo‘ydi, paranji-chimmatini bir chek- kaga tashladi, ichida: «Ko‘pi ketib, ozi qoldi» – deb suyundi. Biroq uning suyungani behuda edi: hamma narsani olibdi-yu, eng zaruri – o‘tin esidan chiqibdi! Har sag‘anadan bir qo‘l, har go‘rdan bir tovush chiqishini kutib o‘tin qidirish vahi- masi uning yuragiga yana raxna sola boshladi. Unsin o‘ziga- o‘zi baland tovush bilan yana: «O‘likning joni yo‘q!» – dedi. Hozir diliga bitta odamchalik quvvat bo‘layotgan bu gapni og‘zidan qo‘ymay, sag‘ana va go‘rlarni oralab o‘tin qidirdi; paypaslanib, qo‘liga ilingan narsani etagiga soldi, qamish sindirdi, yantoq, giyoh yuldi, qo‘llari qonab ketganini ham payqamay, topgan-tutganini keltirib o‘t yoqdi. O‘t chirsillab- qirsillab birpasda gurkiradi, shamolda to‘lg‘anayotgan tutun aralash alan ganing qizg‘ish shu’lasidan qorong‘ilik lipillab, uzoq-yaqinda do‘ppayib turgan go‘rlar, xuddi birov tuproqni ko‘tarib chiqayotganday harakatga keldi. Unsin yana o‘tin qidirdi, lekin har safar o‘tin qalaganda alanganing gurkirashi, chirsillashi mudrab yotgan arvohlarni uyg‘otib yuborishidan qo‘rqqandan uning ustiga o‘zini tash- laguday bo‘lardi. Nihoyat, qumg‘on qaynadi. Unsin naridan beri choy damladi, quruq yantoq va qamishlarga o‘t ketmasin uchun o‘tni tepkilab o‘chirdi; o‘ng qo‘lida choynak, chap qo‘lida qumg‘on, o‘tning shu’lasidan ko‘zi hanuz qamashib borar ekan, bir joyda yer o‘pirilib, chap oyog‘i taqimigacha botib ketdi va oyog‘ining uchi yumshoq bir narsaga tekkanday bo‘ldi. Unsin boyagi gapni duoday tez-tez qaytarib, qo‘rquvni o‘ziga yo‘latmayotgan bo‘lsa ham, ko‘ngliga: «O‘likning qornimikin?» – degan gaplar keldi-yu, yuragi orziqib, oyog‘ini darrov sug‘urib oldi va chuqurda qolgan bir poy kavushini olgani yurak qilolmay, mahsichan ketaverdi. Unsin bir necha qadam bosgandan keyin paranji-chimmati sag‘ananing oldi- da qolganini eslab to‘xtadi, lekin qaytib borgani botinolmadi, 11 – Adabiyot, 7-sinf. 322 hozir qaytish emas, qayrilib qaragani ham yuragi dov bermas, nazarida hamma o‘liklar sag‘analardan, go‘rlardan boshini chiqarib, ketidan qarab turganday edi. Unsin nima qilishini bilmay turib qoldi. Shu asnoda kat- takon bir sag‘ananing ichidanmi, naryog‘idanmi allaqanday bir tovush eshitildi-yu, hayal o‘tmay nimadir kelib Unsinning yelkasiga minib oldi, aftidan, bo‘g‘moqchi bo‘lib qo‘l uzat- di. Unsin ko‘kragiga nihoyatda og‘ir bir narsa bilan urilgan- day ko‘ngli ozib tentirab ketdi-yu, yiqilmadi, lekin oyoq uzra turib hushidan ketdi; oradan qancha vaqt o‘tganini bilmadi, ko‘zini ochib qarasa jonivor yelkasidan tushibdi, emaklab bo- yagi sag‘ananing orqasiga o‘tib ketdi. Unsin telba bir ahvolda bo‘lsa ham fahmladi: maymun! Dodxoning maymuni! May- munni dodxoning o‘zi olib kelmagandir, birovdan berib yu- borgan! Dunyoda dodxoday berahm odam yana bor ekanmi! Unsin yelkasiga maymun mingan daqiqalarda naqadar qo‘rqqan bo‘lsa, hozir shu qadar tinchidi, xotirjam bo‘ldi: de- mak, qandoq berahm bo‘lsa ham shu atrofda odam bor! Unsin go‘ristondan chiqib, katta yo‘lga tushib oldi, yarim yo‘lga borganda chap qo‘liga qattiq og‘riq kirganini sezdi. Og‘riq qumg‘onni eslatdi. Chap qo‘lida qumg‘on bor edi, qani? Unsin bir to‘xtadi-yu, choynakni ikkala qo‘li bilan bag‘riga bosib, darmoni yetguncha jadalladi. Tushida yugur- ganday uning yo‘li ko‘paymas, ikki oyog‘i gavdasidan keyin- da qolar, qo‘lidagi choynak tobora og‘irlashib borar edi. Unsin Nodirmohbegimning og‘ir eshigini zo‘rg‘a ochdi, ostonadan o‘tib bir necha qadam bosgandan keyin holdan toyi b cho‘kkaladi va ne mashaqqat bilan intilib, jo‘mragidan choy oqib bug‘lanayotgan choynakni sandalning bir chek- kasiga qo‘ydi, umrlik orzusi ushalganday, hordig‘i chiqib, o‘zini yerga tashladi. Sandalda o‘tirib pinakka ketgan dodxo uyg‘onib tamshandi, boshini ko‘tarib Unsinni ko‘rdi-yu, «jon berayotibdi», deb o‘yladi shekilli, ko‘zlari olaydi, undan ko‘zini olmay sekin o‘rnidan turdi, xuddi o‘lim xavfi dan qoch- ganday, bir irg‘ib sandaldan oshdi-da, o‘zini eshikka urdi... 323 Unsin hushidan ketgan ekan, bir vaqt ko‘zini ochib qa- rasa, sandalning chetida chalqancha yotibdi, tepasida Nodir- mohbegim yig‘lab o‘tiribdi. Uning o‘ng ko‘zi momataloq bo‘lib shishib ketgan, oq doka ro‘molining u yer-bu yeri- ga qon tekkan edi. Unsin Nodirmohbegimga ko‘zi tushgan zamoni unda n dodxoning lafzi lafzmi ekanini so‘ramoqchi bo‘lib edi, uning ahvolini ko‘rib, eshi tilar-eshitilmas: – Sizga nima bo‘ldi? – dedi. Nodirmohbegim Unsinning yosh joniga rahm qilishini, uni qaytarishni so‘rab dodxoga yolvorganida dodxo uni tutib olib xo‘p urgan edi. Nodirmohbegim Unsinning savoliga javob bermadi, tovush chiqarmay yana ham qattiqroq yig‘lab, uning boshini siladi, yuzini yuziga qo‘ydi; so‘ng o‘sha chog‘i odam yuborib go‘ristondan ol dirgan ikki chimdim tuproqni yarim pi- yola suvga chayib Unsinga tutdi. – Ich, jigarim, qo‘rqqansan... Go‘ristonda qo‘rqqanga go‘ris tonning tuprog‘i davo bo‘ladi. Unsin piyoladagi loyqa suvni darrov ichdi, xiyla yengil tortganday bo‘ldi. – Mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin... Endi Ganjira- vonga ketarmikanman? – Ketasan, – dedi Nodirmohbegim yig‘lab, – sal o‘zingga kelgin, ketasan... Unsinning chaqnab ketgan ko‘zlarida yosh yiltiradi. – Men tuzukman... Peshingacha tuzalaman, jo‘nasam bo‘ladi... Ganjiravonga odam yuborsangiz... Ota-onam bo- rishimni harna ertaroq eshitsa, harna ertaroq suyunsa... Nodirmohbegim yana kaltaklashlaridan hayiqmay Gan- jiravonga bir xizmatkorini yubordi. Biroq Unsin peshingacha yetmadi – uzildi. Shom qorong‘isida uning jasadini qizil ko‘rpaga o‘rab, aravaga solishdi. Shamol hamon guvullar, yaydoq daraхtlarning shoxida chiyillar, g‘uvullar edi. Darvozadan boshida paranji va qo‘lida oq tuguncha No- dirmohbegim chiqdi. U darvozaga yuzini o‘girib, cho‘n- 324 qaydi, ikki qo‘lini fotihaga ochib bir nimalar dedi. Dodxo- ning o‘zi bilan birga bu dargohni yerning qa’riga yubor- ganday ikkala mushtini uch marta yerga qadadi; keyin: «Bu dargohni endi yelkamning chuquri ko‘rsin», – deganday bir harakat bilan keskin burilib, aravaga chiqdi, marhumaning bosh tomoniga o‘tirdi. Arava jo‘nadi, shahar qo‘rg‘onidan chiqqanda kunduzi Nodir mohbegim yuborgan xizmatkor Ganjiravondan qaytib kelmoqda edi. Download 2.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling