Aksiyadorlik kompaniyasi


Yer yuzidagi maydoni eng yirik davlatlar


Download 4.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana06.11.2017
Hajmi4.02 Kb.
#19507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Yer yuzidagi maydoni eng yirik davlatlar
Davlatlar
Maydoni
Qaysi materik
(ming km
2
)
(qit’a)da
Rossiya
17075
Yevrosiyo
Kanada
9976
Shim. Amerika
Xitoy
9597
Osiyo
AQSH
9363
Shim. Amerika
Braziliya
8512
Jan. Amerika
Avstraliya
7687
Avstraliya
Hindiston
3288
Osiyo
Argentina
2777
Jan. Amerika
Qozog‘iston
2717
Osiyo
Sudan
2506
Afrika
...
...
...
O‘zbekiston
448,9
Osiyo
8-jadval
Aholisining soni eng ko‘p va eng kam bo‘lgan dunyo mamlakatlari (2004)
Aholisi eng ko‘p davlatlar nomi
mln kishi
Aholisi eng kam davlatlar nomi
ming kishi
Xitoy
1266,4
Hindiston
1064,4
AQSH
291,0
Indoneziya
214,5
Braziliya
176,6
Pokiston
148,4
Rossiya Federatsiyasi
143,4
Bangladesh
138,1
Nigeriya
135,6
Yaponiya
127,2

Millatlar ligasi yordamida g‘olib davlatlar tomonidan Germa-
niya va Rossiya o‘rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta’sir doira-
sida bo‘lgan bir guruh davlatlardan iborat «sanitar kordon» tashkil
etildi va bu bilan ikki yirik davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari-
ga chek qo‘yildi.
Ikkinchi  jahon  urushi  Versal  tinchligiga  chek  qo‘ydi.  Urush-
ning barcha qiyinchiliklarini sobiq Ittifoq o‘z bo‘yniga oldi, lekin ush-
bu urushdan u harbiy va geosiyosiy jihatdan mustahkam bo‘lib chiq-
di. O‘z tarixida birinchi marta Rossiya atrofida yirik geopolitik blok-
ni  tashkil  etdi.  Keyinchalik  ushbu  blokni  mafkuraviy  va  axborot
qurollari yordamida parchalash uchun yarim asr vaqt sarflandi.
Potsdan bosqichi 
1945-yildan boshlandi. Berlin shahri yaqini-
da joylashgan bu shaharchada imzolangan shartnoma Germaniya
va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Yevro-
padagi  kuchlar  muvozanatini  o‘zida  aks  ettirdi,  yangi  geosiyosiy
kuchlarning holatini, yangi chegaralarni aniqlab berdi. Shartnoma
jahonning  ko‘pqirralikdan  biopolyar  tizimga  o‘tganligidan  dalolat
berar  edi.  Ya’ni  bir  tomondan,  kontinental  (quruqlik)  kuchlarini
namoyon  qiluvchi  sobiq  Ittifoq  va  uning  ittifoqchilari,  ikkinchi
tomondan,  ko‘proq  dengiz  kuchlarini  o‘zida  namoyon  qiluvchi
AQSh  va  uning  ittifoqchilari  geosiyosat  olamida  tan  olindi.  Bu
ikki qutbning qarama-qarshiligi Potsdan bosqichining mazmunini
aniqlab berdi. Uning ahamiyatga molik tomoni shunda ediki, ikki-
ta  yirik  qutbning  qarama-qarshiligi  «sovuq»  va  yadro  urushlari
o‘rtasidagi  muvozanatda  kechdi.  Sobiq  Ittifoq  iqtisodiyoti  tashqi
o‘zgarishlar va rivojlanishlarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi
past bo‘lganligi uchun inqirozga yuz tutdi.
Belovej davri 
yangi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan xarakter-
lanadi. Birinchi navbatda jahonning yangi hukmdorlari «barxatli»
va  ma’lum  kuchga  tayangan  holda  sobiq  Ittifoq  atrofida,  so‘ngra
Rossiyada yangi jahon qoidalarini shakllantirmoqdalar. Ular Versal
shartnomasi qoidalariga asoslangan holda ish yuritmoqdalar.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Geosiyosiy bosqich deganda nimani tushunasiz?
2. Geosiyosiy bosqichlarga qaysi bosqichlar kiritiladi?
3. Versal shartnomasining asosiy mohiyati nimadan iborat edi?
4.  Antanta  va  «Uchlik  ittifoqi»ga  asos  solinishining  sabablari  va  tub
mohiyatini tushuntirib bering.
5.  Sobiq  Ittifoqning  paydo  bo‘lishi  va  parchalanishi  qaysi  bosqichlarga
to‘g‘ri kelgan?
121
?

43-§. GEOSIYOSATNING ASOSIY KATEGORIYALARI
Geosiyosatning  asosiy  kategoriyasi  siyosiy  makonni  nazorat
qilishdir. Jahon siyosiy makoni o‘z navbatida mintaqalarga, rayon-
larga, davlatlar bloki va ittifoqlariga bo‘linib ketadi.
Shu  sababli  geosiyosat  kategoriyalari  quyidagilardan  iborat
geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, davlatlar bloki, geosiyo-
siy ittifoqlar, qudratli, tengi yo‘q davlat, kuch markazlari, geosiyo-
siy chiziqlar (yo‘nalishlar), frontal raqobat va boshqalar.
Geostrategik  mintaqa  jahon  siyosiy  makonining  bir  qismi
bo‘lib,  u  o‘ziga  xos  hududga,  savdo  va  madaniy-mafkuraviy  alo-
qalarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Geosiyosiy  mintaqa
esa  geostrategik  mintaqaning  bir  qismi
bo‘lib,  maydoni  uncha  katta  bo‘lmasa  ham,  siyosiy,  iqtisodiy  va
savdo  aloqalarining  yuqori  darajadagi  sur’ati  bilan  ajralib  turadi
(Yevropa,  Amerika,  Xitoy,  Janubi  Sharqiy  Osiyo  va  boshqalar).
Geosiyosiy mintaqa o‘z navbatida davlatlar chegaralari bilan mos
tushuvchi  siyosiy  rayonlarga  bo‘linadi.  Siyosiy  rayonning  eng
muhim xususiyati siyosiy birlik va yaxlitlikdir. har bir rayon o‘ziga
xos shakl va o‘lchamga ega.
Davlat  chegaralarining  barpo  qilinishi  va  rasmiylashtirilishi
milliy  davlatlarning  shakllanishi  va  rivojlanishi  davrida  amalga
oshiriladi.  Chegaralar  ular  o‘rab  turgan  «Millat-davlat»  makoni-
ning  geosiyosiy  rasmiylashtirilishidir.  Bundan  tashqari,  tabiiy  va
sun’iy  chegaralar  mavjud.  Tabiiy  chegaralarga  tog‘lar,  daryolar,
dengiz  va  ko‘l  akvatoriyalari  kiradi.  Sun’iy  chegaralar  quruqlikda
ham, suvda ham aniq tabiiy obyekt bo‘lmagan joylarda o‘tkazila-
di. Bunda geografik kenglik va uzunlik elementlari bo‘lgan paral-
lellar va meridianlar hisobga olinadi. Masalan, AQSh va Kanada
o‘rtasidagi  davlat  chegarasi  49°  parallel  bo‘yicha  1450  km  ga
cho‘zilgan.  Sun’iy  chegaralar  davlatlarning  o‘zaro  kelishuvlari
asosida o‘tkaziladi va tasdiqlanadi.
Geosiyosatda  tabiiy  chegaralarga  ko‘proq  e’tibor  beriladi.
Dengiz chegaralari eng qulay chegara hisoblanadi. Mashhur olim
F. Ratsel: «Qirg‘oq bizlarga qo‘shni sifatida tabiatni in’om etdi va
bu qo‘shni har qanday do‘stona davlatdan afzaldir», — degan edi.
Dengiz  chegaralari  boshqa  davlatlar  bilan  aloqa  o‘rnatishga  katta
imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uning qiymati uzunligi ortgan
sari ortib boradi.
122

Chegara siyosiy, mudofa va harbiy strategik vazifalarni bajara-
di. har qanday chegara chegaraoldi hududiga ega. Ayrim hollarda
bunday  hududlar  «bufer  davlat»larga  aylantiriladi.  «Bufer  davlat»
odatda  kichik  mamlakat  bo‘lib,  u  ikkita  kuchli  davlatni  turli  xil
kutilmagan  xatti-harakatlardan  saqlab  turadi.  Yevropada  Reyn
daryosining  quyi  qismi  va  Shveytsariyadagi  tog‘  dovonlari,
Niderlandiya, Shveytsariya va Belgiya hududlari shunday hududlar
qatoriga  kiritiladi.  Chunki  ular  Germaniya  va  Fransiya  o‘rtasida
joylashgan. Rossiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida «bufer davlat»
vazifasini Afg‘oniston bajargan.
Bir  necha  «bufer  davlat»lar  «bufer  zona»larni  hosil  qilishi
mumkin.  Birinchi  jahon  urushi  davrida  Shvetsiya,  Norvegiya,
Daniya,  Niderlandiya,  Belgiya,  Lyuksemburg,  Shveytsariya,  Pol-
sha, Eron, Afg‘oniston, Koreya kabi davlatlar ana shunday «bufer
zona»larini tashkil qilgan. Keyinchalik «bufer zona»lar Germaniya
va sobiq Ittifoq tomonidan bo‘lib olingan (Sudet viloyati, Polsha,
G‘arbiy Ukraina, G‘arbiy Belorus va boshqalar).
Eslab qoling!
Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makondir.
Geostrategik  mintaqa —  jahon  siyosiy  makonining  bir  qismi
bo‘lib,  o‘ziga  xos  hududga,  savdo  va  madaniy-mafkuraviy  alo-
qalarning o‘ziga xosligi va yo‘nalishi bilan ajralib turadi.
Geosiyosiy mintaqa — geostrategik mintaqaning bir qismi bo‘lib,
hududi uncha katta bo‘lmasa ham siyosiy, iqtisodiy va savdo alo-
qalarining yuqori darajadagi sur’atlari bilan ajralib turadi.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Geosiyosatning asosiy kategoriyasini aniqlang.
2. Chegaralarning qanday turlarini bilasiz?
3. Chegaralar qanday vazifalarni bajaradi?
4.  «Bufer  davlat»  va  «bufer  zona»larga  misollar  keltirib,  daftaringizga
yozing.
123
!
?

44-§. DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT
Geosiyosiy tahlilning muhim elementi davlatning kuch-qudrati
hisoblanadi. Davlatning kuch-qudrati deganda ikki narsa tushuni-
ladi: birinchidan, davlatning o‘z maqsadiga boshqa davlat siyosati-
ga tashqi siyosat orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishishi; ikkin-
chidan,  uning  o‘z  manfaatlarini  o‘zining  imkoniyatlari  vositasida
himoya qila olish imkoniyatlari tushuniladi.
har qanday davlatning kuch-qudratini quyidagi omillar belgi-
lab beradi: davlatning geografik o‘rni, tabiiy resurslar; sanoat salo-
hiyati;  qurolli  kuchlarning  miqdor  va  sifat  ko‘rsatkichlari;  inson
resurslari;  milliy  xususiyat;  milliy  ma’naviyati;  diplomatiya  sifati;
davlat boshqaruvi darajasi.
Davlat  kuch-qudratini  aniqlab  beruvchi  bunday  yondashuv
atributli yondashuv deb ataladi. Chunki mazkur yondashuvda aso-
siy  e’tibor  kuch-qudratning  eng  muhim  jihatlarini  o‘rganishga
qaratiladi.
Qadimdan kuchli hisoblangan davlatlar nisbatan bo‘sh (kuch-
siz) davlatlarni bo‘ysundira olmaganligi haqida juda ko‘p misollar
mavjud. Masalan, miloddan avvalgi V asrda benihoya qudratli Fors
davlati  yarim  asrlik  urush  natijasida  erksevar  yunon  shaharlari  —
polislari  tomonidan  mag‘lub  qilingan.  XX  asrning  ikki  buyuk
davlati  —  AQSh  va  sobiq  Ittifoq  ham  maqsadiga  erisha  olmadi.
AQSh  Vetnam  urushida,  sobiq  Ittifoq  qurolli  kuchlari  Afg‘onis-
tonda mag‘lub bo‘ldi.
Shu  munosabat  bilan  hozirgi  geosiyosat  nazariyasi  davlatlar
o‘rtasidagi kuchlar nisbatini baholash masalasiga e’tibor bermoqda.
Ushbu  muammo  xalqaro  hamjamiyatda  kuchlar  muvozanatini
aniqlash bilan bog‘langan.
Kuchlar muvozanati tarixiy kategoriya bo‘lib, u insoniyatning
va  mintaqalarning  taraqqiyotini  belgilab  beradi.  Raqobat  qilayot-
gan davlatlar frontal raqobatga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bizga
ma’lumki,  bunday  raqobat  davlatlarning  barcha  manfatlarini
o‘zaro yo‘q qilishga  yo‘naltiriladi.
Geosiyosiy raqobat gorizontal (yuzalama) va vertikal (bo‘yla-
ma) xususiyatga ega. Gorizontal raqobat quruqlik va dengiz yuza-
sida vujudga kelib, suvdagi va quruqlikdagi raqobatga bo‘linadi. XX
asrning  60—90-yillari  va  hozirgi  paytda  harbiy  havo  kuchlarining
kuchayishi bilan vertikal raqobat ham vujudga keldi.
124

Raqobat cheklangan xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin. Bun-
day raqobat cheklangan hududda vujudga kelishi va chuqurlashishi
mumkin. Masalan, Kuba, Yaqin Sharq bunga misol bo‘la oladi.
Raboqatda  geosiyosiy  yo‘nalishlar  muhim  vazifani  bajaradi.
Ular  juda  muhim  quruqlik,  dengiz  va  havo  yo‘llari  hamda  kom-
munikatsiyalar bilan bog‘langandir. Mazkur yo‘nalishlarga neft va
neft mahsulotlarini Yaqin Sharqdan Yevropa va AQShga yetkazib
beruvchi asosiy yo‘llar va quvurlar kiradi.
Geosiyosiy  yo‘nalishlar  jahon  geosiyosiy  xaritasini  shakllan-
tiruvchi,  unda  mintaqalarni  birlashtiruvchi  vosita  rolini  bajaradi.
Shu vaqtning o‘zida davlatlar hamda ularning o‘zaro aloqadorligi
va ta’sirini tartibga solib turadi.
Shunday  qilib,  geosiyosiy  yo‘nalishlar  (chiziqlar)  —  bu  geo-
siyosiy  makonni  tashkil  etuvchi  jarayonlarning  elementlaridir.
Geosiyosiy makon (siyosiy makon) deyilganda davlat yoki davlat-
lar ittifoqi tomonidan nazorat qilib turiladigan makon tushuniladi.
Eslab qoling!
Frontal raqobat — raqobat qiluvchi asosiy kuchlarning hududiy
joylashuvini  aniqlab  beruvchi  frontal  chiziqlar  (yo‘nalishlar)
tomonidan belgilanadi.
Kuchlar muvozanati — insoniyat va mintaqalarning taraqqiyotini
belgilab beruvchi tarixiy kategoriya.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Geosiyosiy tahlilning eng muhim elementi nima?
2. Davlat kuch-qudratini nimalar belgilab beradi?
3. Geosiyosiy raqobat qanday xususiyatlarga ega?
4. Geosiyosiy yo‘nalishlar (chiziqlar) qanday vazifalarni bajaradi?
45-§. SIYOSAT VA GEOGRAFIYA FANI O‘RTASIDAGI ALOQADORLIK
Qadimgi  davrlardanoq  olimlar  geografik  muhitning  inson
siyosiy  hayotiga  ta’sirini  o‘rganishga  qiziqqanlar.  Arastu  o‘zining
«Siyosat»  deb  nomlangan  asarida  quyidagi  fikrni  aytib  o‘tgan:
«Iqlimi  sovuq  bo‘lgan  mamlakatlarda  istiqomat  qiluvchi  kishilar
dovyurak bo‘lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar qi-
lishga  moyillik  yo‘q.  Shuning  uchun  ham  ular  boshqa  xalqlarga
nisbatan  ko‘proq  vaqt  ozodlikni  saqlab  turishadi,  biroq  o‘z  qo‘-
125
!
?

shinlariga  boshchilik  qilish  va  ularni  boshqarish  qobiliyatiga  ega
emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy xalqlar, aksin-
cha,  chuqur  o‘ylaydigan  va  qiyin  holatlardan  chiqib  ketishga
ustadirlar. Ammo ular g‘ayratli emaslar. Shuning uchun ham qul-
lik  va  tobelik  ularga  xos  «tabiiy  holatdir».  Oraliq  mintaqalarda
istiqomat  qiluvchi  yunonlar  esa  o‘zlarida  Shimol  hamda  Janub
xalqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi xislatlarni jo qilganlar».
Bunday siyosiy nazariyada geografik determinizm an’analariga
yo‘l ochib berilgan edi. Mazkur yondashuv Jan Boden tomonidan
rivojlantirildi.  U  insonning  rivojlanishiga  geografik  muhit  xalq
xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelgan.
Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar
mo‘tadil mintaqada, 40—50° shimoliy kengliklar oralig‘ida mavjud.
Aynan mana shu hududlarda qudratli davlatlar vujudga kelganligi-
ni ko‘rsatib o‘tadi. Jan Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati
va  taraqqiyoti  ularni  o‘rab  turgan  tabiiy  sharoitning  ta’siriga
bevosita bog‘liq, deb hisoblagan.
Sh.Monteske
ijtimoiy  hayot  shakllarining  rivojlanishida  iqlim
hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega,  deb  hisoblagan  hamda  mamlakat
qonunlari  uning  geografik  sharoitlariga  mos  bo‘lishi  zarurligini
asoslab bergan.
Geografik determinizm g‘oyalari Germaniyada XVIII va XIX
asrlarda siyosiy geografiyadan geosiyosatgacha bo‘lgan davrni bosib
o‘tdi.
Geografik determinizm (lotincha «determino» — aniqlayman)
g‘oyasiga  binoan  ijtimoiy  sharoitni  mamlakatning  geografik  joy-
lashishi  va  tabiiy  sharoiti  belgilab  beradi.  Geografik  determinizm
g‘oyasi  vakillarining  fikricha,  kishilik  jamiyatining  rivojlanishini
geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi. Masalan, Ritter
dunyoni ikki qismga bo‘ladi — suvlik (okeanlar) va quruqlikka. U
quruqlik  Shimoliy  yarimsharda,  suvlik  esa  Janubiy  yarimsharda
asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan
quruqlikni «Eski dunyo» (Yevropa, Osiyo) va «Yangi dunyo» (Shi-
moliy va Janubiy Amerika)ga bo‘ladi.
Uning fikricha, «Eski dunyo» g‘arbdan sharqqa katta masofa-
ga  cho‘zilganligi  sababli  iqlimiy  jihatdan  bir  xillikka  ega.  «Yangi
dunyo» esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‘zilgan-
ligi  tufayli  iqlimiy  farqlari  juda  katta.  Mazkur  iqlimiy  farqlar
Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteri-
ga katta ta’sir ko‘rsatadi.
126

Eslab qoling!
Geografik determinizm — insoniyat taraqqiyotida tabiiy sharoit-
ning ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi g‘oya, yondashuv.
Eski dunyo — Xristofor Kolumbgacha insonlarga ma’lum bo‘lgan
dunyoning bir qismi — Yevropa, Osiyo, Afrika.
Yangi  dunyo —  Xristofor  Kolumb,  Amerigo  Vespuchchi  va
boshqa  sayyohlar  tomonidan  ochilgan  dunyo  —  Shimoliy  va
Janubiy Amerika.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1.  Arastu  qaysi  asarida  tabiiy  sharoitning  xalqlar  xarakteriga  ta’siri
to‘g‘risida muhim fikrlar aytgan?
2. Geografik deterinizm deganda nimani tushunasiz?
3. Jan Boden, Sh. Monteske, Ritter tabiiy sharoitning ijtimoiy hayot jarayon-
lari rivojlanishiga ta’siri haqida fikrlar aytganini daftaringizga yozing.
4. Nima uchun insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlari darajasida
qolib ketgan qabilalar hozirgi paytda faqat tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan
ekvatorial o‘rmonlarda saqlanib qolgan?
46-§. FRIDRIX RATSEL VA GEOSIYOSAT
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  nemis  olimi  Fridrix  Ratsel
(1844—1904)  birinchi  bo‘lib  dunyoga  geosiyosiy  nigohning
(qarashning)  asosiy  yo‘nalishlarini  ishlab  chiqdi.  Uning  fikricha,
makon — siyosiy resurs, taraqqiyot omili bo‘lib hisoblanadi. Ratsel
o‘zining  asosiy  geosiyosiy  g‘oyalarini  «Antropogeografiya»  va
«Siyosiy geografiya» nomli asarlarida yorib beradi. Uning fikricha,
mamlakatning  mustaqil  davlat  sifatida  «oyoqqa»  turishida  tarixiy
taraqqiyot  nazariyasi  geografik  sharoitning  ahamiyatini  hisobga
olmagan. Shuning uchun ham u davlat tashqi va ichki siyosatining
geografik  sharoitga  bog‘liq  ekanligini  isbotlash  bo‘yicha  muhim
ilmiy ishlar olib bordi.
Ratsel  davlatning  asosiy  xususiyatlari  qatoriga  quyidagilarni
kiritgan: mamlakat hududining kattaligi; geografik o‘rni va chega-
ralari; o‘simlik dunyosi; boshqa hududlarga bo‘lgan munosabati.
F. Ratsel tomonidan geosiyosat sohasida juda muhim bo‘lgan
quyidagi qonuniyatlar ishlab chiqilgan:
—  davlat  makoni  (madaniyat  rivojlangan  sari  kengayib,  o‘sib
boradi);
127
!
?

—  davlat  siyosati  (g‘oyalar,  savdo,  diniy  targ‘ibot  va  boshqa-
larning rivojlanishi bilan bir paytda amalga oshadi);
—  davlatning  taraqqiyoti  va  kengayishi  kichik  davlatlarni
qo‘shib olish va bosib olish hisobiga amalga oshadi;
—  davlat  chegarasi  uning  o‘sishini  ta’minlashi,  qudrati  yoki
zaif tomonlari o‘zgarishining asosiy sababchisi bo‘lishi mumkin;
— davlat rivojlanishi davomida o‘zini o‘rab turgan eng muhim
tabiat  elementlari  —  qirg‘oq  chiziqlari,  daryo  vodiylari,  tog‘lar,
tekisliklar  va  resurslarga  boy  mintaqalarni  qo‘shib  olishga  doimo
harakat qiladi;
— sodda (kuchsiz) davlatlarga hududini kengaytirish haqidagi
dastlabki turtki tashqaridan, yuqori darajali madaniyat markazlari-
dan keladi.
Davlatlar vujudga keladi, o‘sadi, taraqqiy etadi, vaqti-soati kel-
ganda tirik jonzotlar kabi barham topadi.
Davlatning kengayishi yoki torayishi uning ichki hayotida ro‘y
beradigan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. F. Ratsel katta davlat-
larda  geografik  ekspansiya  (bosib  olishga  intilish)ga  moyillik
mavjudligini  va  bu  xususiyat  asta-sekin  sayyoraviy  (planetar)
miqyosda kengayib borishini aniqlagan. Bundan tashqari, u har bir
xalq  va  davlat  o‘zining  hududiy  taraqqiyot  konsepsiyasiga  ega
ekanligini asoslab berdi.
F.  Ratsel  tadqiqotlarining  asosiy  va  eng  muhim  jihatlaridan
biri  —  uning  «Geografik  makon  siyosiy  kuch  sifatida  geosiyosat-
ning asosini tashkil etadi», degan xulosasidir.
Eslab qoling!
Geografik muhit deb Yer tabiatining kishilik jamiyati tarixiy taraq-
qiyotining  hozirgi  bosqichida  o‘zining  hayoti  va  ishlab  chiqarish
faoliyati bilan bevosita ko‘rsatib turadigan qismiga aytiladi.
Geografik makon falsafiy kategoriya bo‘lib, geografik qobiq doi-
rasida moddiy geografik obyektlarning obyektiv va bilish mumkin
bo‘lgan shakli.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Makon deganda F. Ratsel nimani tushungan?
2. F. Ratsel tomonidan ishlab chiqilgan geosiyosiy qonunlarni aniqlang.
3. F. Ratsel katta davlatlar va geografik ekspansiya to‘g‘risida qanday fikr
bildirgan?
4. F. Ratsel davlatning asosiy xususiyatlariga nimalarni kiritgan?
128
!
?

47-§. GEOSIYOSATNING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHIDA
R. CHELLEN VA K. XAUSXOFER ISHLARINING AHAMIYATI
Geosiyosat fanining rivojlanishiga R. Chellen va K. Xausxofer
juda katta hissa qo‘shgan.
R. Chellen birinchi bo‘lib davlat inson kabi sezuvchi, his qi-
luvchi  va  o‘ylovchi  mavjudotdir,  degan  fikrni  aytgan.  Davlat  Yer
yuzasida o‘zining kuchiga bog‘liq holda mavjuddir. U kurash hola-
tida  bo‘lib,  tirik  mavjudotlarga  o‘xshab  so‘ladi  va  halok  bo‘ladi,
deb ta’kidlaydi R. Chellen.
Yashash  uchun  kurash,  R.  Chellen  fikriga  ko‘ra,  har  qanday
davlat  organizmining  mohiyatini  tashkil  etadi.  Urush  geografik
makonni  egallash  maqsadida  olib  borilayotgan  ushbu  kurashning
aniq bir shaklidir.
Kuch-qudrat  davlatni  ushlab  turish  va  qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha qonunga nisbatan muhimroq asosdir. Chunki qonunning
o‘zi  faqat  kuch  orqali  ushlab  turiladi.  Qonun  davlatga  ma’naviy-
axloqiy  elementlarni  olib  kirsa,  kuch-qudrat  uning  faoliyatini
ta’minlaydi,  deb  ta’kidlaydi.  R.  Chellen  davlat  o‘z  nomi  bilan
maqsaddir, u fuqarolari farovonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi
organizm emas, degan xulosaga kelgan.
K.  Xausxofer  (1896—1946)  jahonda  birinchi  geosiyosatchilar
maktabining  asoschisi  va  tashkilotchisi  hisoblanadi.  Uning  ilmiy
izlanishlarida  «hayotiy  makon»  kategoriyasiga  katta  e’tibor  beril-
gan.
«hayotiy makon» tushunchasi (kategoriyasi)ning shakllanishi-
da  F.  Maltus  ishlari  va  g‘oyalari  muhim  o‘rin  tutadi.  F.  Maltus
aholi  o‘sishi  biologik  qonunlar  asosida  geometrik  progressiya
bo‘yicha, oziq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo‘yi-
cha o‘sadi, degan g‘oyani olg‘a surgan. Shuning uchun aholining
ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘payishiga nisbatan tez-
roq bo‘ladi. Demak, u aholisi eng zich va eng ko‘p mamlakat —
Germaniyada urushlarning oldini olib bo‘lmaydi, shunday sharoit-
da tirik qolish uchun «hayotiy makon»ni kengaytirish zarur, degan
xulosaga kelgan.
K.  Xausxofer  boshqa  milliy  g‘oya  tarafdorlari  kabi,  nemis
davlatining kuch-qudratini kuchaytirishga harakat qildi. Bu maq-
sadga esa o‘z-o‘zidan, mamlakat industrial qudrati va madaniyati-
ni ko‘tarmasdan geosiyosiy ekspansiya qilmasdan erishish mumkin
emas  edi.  Germaniyaning  Yevropa  qoq  markazida  joylashganligi
129
5—Amaliy geografiya

uni tabiiy holda g‘arbiy dengiz mamlakatlari — Angliya, Fransiya
va kelajakda AQSh ga qarshi qilib qo‘ymoqda edi.
Shuning uchun ham Germaniyaning «Atlantika mamlakatlari»
bilan  siyosiy  ittifoq  tuzishi  xomxayol  hisoblanar  edi.  Bunda
Fransiya  va  Angliyaning  hududiy  e’tirozlari  ham  muhim  o‘rin
egalladi.
Mana  shunday  fikr-mulohazalar  K.  Xausxofer  geosiyosiy  qa-
rashlarining asosi bo‘lib xizmat qildi.
Katta  davlatlarning  kichik  davlatlar  oldidagi  yutuqli  jihatlari
to‘g‘risidagi  Ratsel  g‘oyasini  o‘ziga  asos  qilib  olib,  K.  Xausxofer
Germaniyaning qo‘shni kichik davlatlar ustidan hech qanday gap-
so‘zsiz  hukmronlik  qilishini  mutlaq  haqiqat  deb,  Germaniyaning
iqtisodiy  jihatdan  Rossiyani  o‘ziga  tobe  qilib  olishini  esa  asosiy
vazifalardan biri deb hisoblardi.
Download 4.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling