Aksiyalar bozori ф. Оллокулова


Korxonalar, investitsion kompaniyalar va fondlar, banklar aksiya emitentlari boʻlishi mumkin


Download 52.6 Kb.
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi52.6 Kb.
#1126519
1   2   3   4   5
Bog'liq
МБ 4-мавзу

Korxonalar, investitsion kompaniyalar va fondlar, banklar aksiya emitentlari boʻlishi mumkin.

Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yilda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini birlamchi ustav kapital hajmini oshirishda, yaʼni qoʻshimcha aksiyalarni chiqarishda aksiyalar emissiya qilinadi.

Birinchi holatda, chiqarilgan aksiyalar, yaʼni ularning soni va nominal qiymati jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Haqiqatda, bu aksiyalar jamiyat taʼsis qilinayotganda sotilib boʻlgan boʻladi, aksiyalarning nominal qiymati summasi jamiyat ustav kapitali hajmini tashkil etadi. Ikkinchi holatda, ustav kapital nominal qiymat hajmidan qoʻ- shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilishi qoʻshimcha aksiyalarni chiqarishni tasdiqlash va roʻyxatga olishdan keyin amalga oshadi.

Nomi yozilgan aksiyalarni chiqarish jamiyat boshqaruviga aksiyadorlik kapital harakatini va aksiyadorlar qoʻlidagi qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish imkonini beradi. Aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalar emissiyasi bilan birga imtiyozli aksiyalarni ham chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin.

Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin; konvertlanadigan va konvertlanmaydigan; daromadli (ular yana ishtirok huquqi mavjud aksiyalar deb ham nomlanadi) va muddati uzaytirilgan jamiyat foydasidan yuqori qatʼiy belgilangan dividendlar olish huquqini beruvchi; qaytariluvchi va qaytarilmaydigan; suzib yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar.


Download 52.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling