Aksiyalarga investitsiya qilishga oid atamalar lug'ati
Download 204.21 Kb. Pdf ko'rish
|
[UPLIFT Invest] Atamalar lug\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investing cash flow Lump sum investing MACD Market cap Market sentiment Net income Non-current assets
instagram.com/javlonota
# Inglizcha nomi O'zbekcha mazmuni 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 Investing cash flow Lump sum investing MACD Market cap Market sentiment Net income Non-current assets Non-current liabilities Operating cash flow Operating expenses Operating income Options P/B P/E P/FCF P/S Par value PEG Penny stock (pink sheet stock) Investitsion pul oqimi - kompaniyaning investitsiya amaliyotlaridan kelib tushgan yoki chiqib ketgan pul oqimi. Sotib olingan qimmatli qog'ozlar, asbob-uskuna, sotilgan bino-inshoot kabilar investitsion pul oqimi tarkibiga kiradi. Investitsiya qilish strategiyasi bo'lib, mavjud pul mablag'ining hammasini birdaniga investitsiya qilish. Moving Average Convergence Divergence (yaqinlashuvchi va uzoqlashuvchi o’rtacha narx) - bu indikator ham momentum indikatori bo’lib, buy va sell nuqtalarini tahmin qilishda foydalaniladi. MACD 12 kunlik EMAdan 26 kunlik EMAni ayirish orqali topiladi va natija MACD liniyasi deyiladi. 9 kunlik EMA esa Signal liniyasi deyiladi. Bozor kapitallashuvi - kompaniyaning bozor qiymati. Muomaladagi jami aksiyalar sonini aksiyaning bozordagi narxiga ko'paytirish orqali aniqlanadi Sof foyda (zarar) - jami daromaddan barcha harajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan sof foyda yoki zarar. Uzoq muddatli aktivlar - 1 yildan so'ng kompaniya tomonidan foydalaniladigan yoki sotiladigan barcha aktivlar (bino, yer, asbob-uskuna va boshqa shu kabilar) Uzoq muddatli majburiyatlar - 1 yildan so'ng kompaniya tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan uzoq muddatli qarz majburiyatlari (uzoq muddatli qarz, lizing va boshqa shu kabilar) Operatsion pul oqimi - kompaniyaning asosiy biznes faoliyatidan pul oqimi. Kompaniya mahsulot/xizmatlarini sotishdan tushgan pul, yetkazib beruvchilariga to'langan pul, to'langan oylik maosh kabilar operatsion pul oqimi tarkibiga kiradi. Operatsion xarajatlar - asosiy faoliyatni yuritish uchun sarflanadigan xarajatlar (marketing, maosh, tadqiqot va shu kabilar). Operatsion daromad - yalpi daromaddan operatsion xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan daromad. Moliyaviy mahsulot (derivativ) bo'lib, options shartnomasi haridor yoki sotuvchiga ma'lum sanada ma'lum belgilangan narxda sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Optsion shartnomalari joiz emas. Baholash ko'rsatkichi bo'lib, kompaniya aksiyasining balans hisobvaraqdagi narxiga nisbatan bozordagi narxi qanchalik darajada qimmat/arzon baholanganini ifodalaydi. Baholash ko'rsatkichi bo'lib, kompaniyaning bir dona aksiyasi keltirayotgan foydaga nisbatan uning aksiyasi qanchalik darajada qimmat/arzon baholanganini ifodalaydi. Baholash ko'rsatkichi bo'lib, kompaniyaning bir dona aksiyasi keltirayotgan erkin pul oqimiga nisbatan uning aksiyasi qanchalik darajada qimmat/arzon baholanganini ifodalaydi. Baholash ko'rsatkichi bo'lib, kompaniyaning bir dona aksiyasi keltirayotgan daromadiga nisbatan uning aksiyasi qanchalik darajada qimmat/arzon baholanganini ifodalaydi. Nominal qiymat - kompaniya ustavida belgilangan aksiyaning nominal qiymati. Baholash ko'rsatkichi bo'lib, kompaniya foydasini o’sib borish darajasi hisobga olinganda uning aksiyasi qanchalik darajada qimmat/arzon baholanganini ifodalaydi. P/E ko’rsatkichini EPSning o’sish darajasiga bo’lish orqali topiladi. Narxi $5 dan pastda savdo qilinadigan kichik kompaniyalar aksiyalari. Bu turdagi aksiyalar asosan kichik kompaniyalar tomonidan chiqariladi va savdosi birjadan tashqarida (over-the-counter) amalga oshiriladi. Bozor sentimenti - ma'lum bir aksiya yoki aksiya bozoriga nisbatan ivestorlarning umumiy xatti harakati. Umuman olganda bozor sentimenti ikki turda bo'lib, bular buqalar bozori va ayiqlar bozoridan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling