Aksiyalarga investitsiya qilishga oid atamalar lug'ati
Download 204.21 Kb. Pdf ko'rish
|
[UPLIFT Invest] Atamalar lug\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yanada koproq foydali malumotlar uchun obuna boling: instagram.com/javlonota Inglizcha nomi Ozbekcha mazmuni 10-K
- Accounts receivable After-hours trading Analyst ratings Ask price Asset allocation Avg. volume Balance sheet
1 Aksiyalarga investitsiya qilishga oid atamalar lug'ati Ushbu atamalar lug'ati aksiyalarga investitsiya qilishni endi o'rganishni boshlaganlar uchun tayyorlangan. Bu yerda, aksiya sahifasida eng ko'p uchraydigan atamalarning o'zbekcha mazmuni keltirilgan. Atamalar lug'ati Javlon Ota tomonidan tayyorlangan. Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar uchun obuna bo'ling: instagram.com/javlonota # Inglizcha nomi O'zbekcha mazmuni 10-K 10-Q 20-F 200-Day Moving Average 50-Day Moving Average 52-week high 52-week low 8-K Accounts receivable After-hours trading Analyst ratings Ask price Asset allocation Avg. volume Balance sheet Bear market Beta Bid price 1 Aksiyalari birjada savdo qilinadigan kompaniyaning keng qamrovli yillik hisoboti. Bu hisobotda kompaniyaning biznes faoliyati, risklari, boshqaruvi, moliyaviy hisobotlari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Bu hisobotni kompaniyalar tomonidan har yili taqdim qilinishi AQSh Qimmatli qog'ozlar va Birja Komissiyasi (SEC) tomonidan talab qilinadi. 2 Aksiyalari birjada savdo qilinadigan kompaniyaning choraklik hisoboti. Bu hisobot o'tgan chorakdagi moliyaviy natijalar, boshqaruvning muhokamasi va tahlilini o'z ichiga oladi. Bu hisobotni kompaniyalar tomonidan har chorakda taqdim qilinishi AQSh Qimmatli qog'ozlar va Birja Komissiyasi (SEC) tomonidan talab qilinadi. 3 Bu ham SECga taqdim qilinadigan yillik hisobot turi bo'lib, AQSh va Kanada kompaniyalari bo'lmagalekin AQSh birjalarida ro'yxatdan o'tgan chet el kompaniyalari tomonidan taqdim qilinadi. 4 5 6 52 haftadagi eng yuqori narx - aksiyaning so'nggi bir yilda sotilgan eng yuqori narxi. Ko'pgina investorlar bu ko'rsatkichdan aksiyaning joriy qiymatini aniqlashda va kelajakdagi narxlarning o'zgarishini tahmin qilishda foydalanadi. 7 52 haftadagi eng quyi narx - aksiyaning so'nggi bir yilda sotilgan eng quyi narxi. 8 10-K va 10-Q hisobotlariga qo'shimcha ravishda, kompaniya faoliyatida yuz beradigan joriy muhim hodisa va o'zgarishlar haqida ma'lumot beruvchi hisobot. Masalan, boshqaruvdagi o'zgarish, boshqa kompaniyani qo'shib olishi kabilar. 9 Qabul qilinishi kutilayotgan pullar - sotilgan mahsulot/xizmat uchun haridor tomonidan qisqa muddat ichida to'lanishi kutilayotgan pullar 10 Asosiy savdo qilish vaqti tugagandan keyingi savdo - bu asosiy savdo soatlaridan, ya'ni 9:30 - 16:30 dan so'ng, amalga oshiriladigan aksiyalarni oldi-sotdi qilish. Soat 16:01 - 20:00 oralig'ida amalga oshiriladi. 11 Tahlilchi reytingi - tahlilchilar tomonidan aksiya uchun "Buy" (Sotib olish), "Sell" (Sotish) va "Hold" (Ushlab turish) kabi beriladigan reytinglar. Bu reytinglar tahlilchi va brokerlar tomonidan aksiyadan kutilayotgan daromad va risk darajasini baholash uchun qo'llaniladi. 12 13 Aktivlarni taqsimlash - bu investitsiya portfelidagi turli sinfdagi aktivlarni (aksiya, naqd pul, ko'chmas mulk, va h.) risk va foyda darajasiga ko'ra muvozanatda taqsimlashga qaratilgan investitsiya strategiyasi. 14 15 Balans hisobvarag'i - kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va aksiyadorlarning kapitali miqdorini ma'lum bir sanada ifodalovchi moliyaviy hisoboti. Kompaniyaning moliyaviy holatini baholashda foydlaniladigan 3 muhim hisobotdan biri (qolgan ikkitasi: Daromad hisoboti, Pul oqimi). 16 Ayiqlar bozori - aksiya bozori o'zining so'nggi yildagi eng yuqori cho'qqisidan 20% va undan ko'proqqa qulasa vujudga keladigan va aksiyalar narxining pastlashi kuzatiladigan bozor. 17 Bu ko'rsatkich ma'lum bir aksiyani umumiy bozorga nisbatan tebranuvchanligi va risk darajasini ifodalaydi. Agar aksiyaning beta ko'rsatkichi 1 dan past bo'lsa, umumiy bozorga nisbatan tebranuvchanligi past, agar 1 dan yuqori bo'lsa, aksincha. Masalan, beta 4 yoki 5 bo'lsa aksiya narxining tebranuvchanligi juda yuqori hisoblanadi. 18 Aksiyaning so’nggi 200 kundagi o’rtacha narxi. Aksiyaning so’nggi 50 kundagi o’rtacha narxi. Aksiyani sotish uchun taklif qilingan eng quyi narx So’nggi 3 oyda (yoki boshqa ma'lum bir davrda) oldi-sotdi qilingan aksiyalarning o’rtacha savdo hajmi Aksiyani sotib olish uchun taklif qilingan eng yuqori narx 2 Download 204.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling