Aksiyalarga investitsiya qilishga oid atamalar lug'ati
Aksiyalarga investitsiya qilishga oid atamalar lug'ati
Download 204.21 Kb. Pdf ko'rish
|
[UPLIFT Invest] Atamalar lug\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yanada koproq foydali malumotlar uchun obuna boling: instagram.com/javlonota Inglizcha nomi Ozbekcha mazmuni
Aksiyalarga investitsiya qilishga oid atamalar lug'ati
Ushbu atamalar lug'ati aksiyalarga investitsiya qilishni endi o'rganishni boshlaganlar uchun tayyorlangan. Bu yerda, aksiya sahifasida eng ko'p uchraydigan atamalarning o'zbekcha mazmuni keltirilgan. Atamalar lug'ati Javlon Ota tomonidan tayyorlangan. Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar uchun obuna bo'ling: instagram.com/javlonota # Inglizcha nomi O'zbekcha mazmuni 19 Qora oqqush - Moliya bozorida juda kam uchraydigan, kutilmagan, va oldindan tahmin qilish qiyin bo'lgan voqea-hodisalarni tasvirlashda ishlatiladigan atama. Masalan, 2020-yil kutilmaganda bo'lgan pandemiya va aksiya bozorining keskin qulashi qora oqqush hodisasi hisoblanadi. 20 Aksiyalarning bir turi bo'lib, taniqli, barqaror daromadga ega va yuqori sifatli mahsulot/xizmat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning aksiyalari tushuniladi. Bu turdagi kompaniyalar mijoz va aksiyadorlarning ishonchiga kirgan hamda vaqt sinovidan o’tgan. Masalan, Apple, Coca Cola kabi kompaniya aksiyalari. 21 22 Obligatsiya - kompaniya yoki hukumat tomonidan chiqariladigan qarz qimmatli qog'ozi. Obligatsiya sotib olgan kishiga ma'lum muddat davomida belgilangan foizda pul to'lab boriladi. Boshqacha qilib aytganda, foizga qarz berish (ribo). 23 Qimmatli qog’ozlarni ayriboshlashda xaridor va sotuvchi o’rtasida vositachilik qiluvchi, litsenziyaga ega yuridik/jismoniy shaxs. 24 Buqalar bozori - ayiqlar bozoriga qarama-qarshi bo'lib, aksiyalarning narxi o'sib borish holatini ifodalaydi. Masalan, indeks so'nggi 1 yillikda eng quyi narxda 20% ko'tarilsa buqa bozoriga kirganligini anglatadi 25 Investitsiya qilish strategiyasi bo'lib, aksiyalarni sotib olish va bozordagi tebranishlarga e'tibor bermasdan uzoq muddat davomida aksiyalarni ushlab turish. 26 27 Kapital xarajatlar - kompaniya asosiy biznes faoliyatini davomiy yurgizishi uchun moddiy aktivlar (bino, asbob-uskuna, texnologiya, mashina va h.k)ga qilgan harajati. 28 Sarmoya ortishi/kamayishi - Qimmatli qog'ozni sotib olingan va sotilgan narxlari orasidagi tafovutdan ko'rilgan foyda (gain) yoki zarar (loss). 29 Pul oqimi - kompaniyaning ma’lum davr mobaynida naqd pul mablag’larining kirdi-chiqdisini jamlab ko’rsatuvchi moliyaviy hisoboti. 30 Oddiy aksiya - kompaniyaning ma’lum bir qismiga, ya’ni uning aktivlari va foydasiga egalik qilishni ifodalovchi moliyaviy instrument. Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning asosiy qismi oddiy aksiya bo'lib, bu turdagi aksiyalar foyda/zararga mutanosib egalik qilish va ovoz berish huquqini beradi. 31 Murakkab foiz - investitsiya uchun kiritilgan dastlabki kapital va u keltirgan foiz yig'indisiga foiz hisoblanishi. Masalan, $100 dastlabki kapital yillik murakkab 20% daromad keltirsa, bu 3 yildan keyin: $100 + $20 ($100 ning 20%i) + $24($120 ning 20%i) + $28.8 ($144 ning 20%i) = $172.8 ga aylanadi. 32 Tafovut bo'yicha bitim bo'lib, bunda haridor va sotuvchi (broker) aksiya narxining ma'lum muddat ichida o'zgarishidagi farqi uchun bitim tuzadi. CFD haqiqiy aksiyaga egalik qilish emas. Faqatgina aksiya narxining o'zgarishiga pul tikiladi. CFD bilan savdo qilish joiz emas. 33 Mahsulot yoki xizmat tannarxi (xom ashyo, ishchi kuchi, yo'l xarajatlari) 34 Joriy aktivlar - kelgusi 1 yil ichida kompaniya tomonidan foydalaniladigan yoki sotiladigan barcha aktivlar (naqd pullar, qabul qilinishi kutilayotgan to'lovlar, qisqa muddatli investitsiyalar va shu kabilar) 35 Joriy majburiyatlar - kelgusi 1 yil ichida kompaniya tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan qisqa muddatli qarz majburiyatlari (yetkazib beruvchilarga to'lovlar, soliqlar, dividend va boshqa shu kabilar) 36 Joriy nisbat - kompaniyaning likvidlik darajasi ko'rsatkichi bo'lib, qisqa muddatli majburiyatlarini to'lay olish qobiliyatini ifodalaydi. Hisoblanishi: Joriy nisbat = Joriy aktivlar / Joriy majburiyatlar 37 Download 204.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling