Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos
Download 247.49 Kb.
|
11111111,
yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatning muassislari uni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etishga doirga birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalarning turlari, ular uchun toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettiradi. Aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini toʻlash uchun kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, oʻzga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan boshqa huquqlarning pulda ifodalanadigan bahosini haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Korxonalar, investitsion kompaniyalar va fondlar, banklar aksiya emitentlari boʻlishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqari- lishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yilda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini birlamchi ustav kapital hajmini oshirishda, yaʼni qoʻshimcha aksiyalarni chiqarishda aksiyalar emissiya qilinadi. Birinchi holatda, chiqarilgan aksiyalar, yaʼni ularning soni va nominal qiymati jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Haqiqatda, bu ak- siyalar jamiyat taʼsis qilinayotganda sotilib boʻlgan boʻladi, aksiyala- rning nominal qiymati summasi jamiyat ustav kapitali hajmini tashkil etadi. Ikkinchi holatda, ustav kapital nominal qiymat hajmidan qoʻ- shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilishi qoʻshimcha aksiya- larni chiqarishni tasdiqlash va roʻyxatga olishdan keyin amalga oshadi. Nomi yozilgan aksiyalarni chiqarish jamiyat boshqaruviga aksiyadorlik kapital harakatini va aksiyadorlar qoʻlidagi qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish imkonini beradi. Aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalar emissiyasi bilan birga imtiyozli aksiyalarni ham chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin. Aksiyadorlar – imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas. Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini beradi va bir xil nominal qiymatga ega. Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning har bir turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati belgilanishi kerak. Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul summada yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend hajmi va likvidatsion qiymat jamiyat ustavida boshqa shartlar orqali ham belgilanishi mumkin. Dividend hajmi belgilanmagan aksiya egalari oddiy aksiya egalari qatorida dividend olish huquqiga ega. Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning ikki yoki undan koʻp turini chiqarish nazarda tutilgan boʻlsa, har bir turi boʻyicha dividend toʻlovi va muddati ketma ketligi belgilanishi, agar ushbu aksiyalar boʻyicha likvidatsion qiymat belgilansa, har bir imtiyozliaksiyalarga toʻlanadigan likvidatsion qiymat toʻlanish navbati belgilanishi lozim. Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻa- rib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin. Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyador- larning umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab ega boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi. Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega boʻladi. Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin; konvertlanadigan va konvertlanmaydigan; daromadli (ular yana ishtirok huquqi mavjud aksiyalar deb ham nomlanadi) va muddati uzaytirilgan jamiyat foydasidan yuqori qatʼiy belgilangan dividendlar olish huquqini beruvchi; qaytariluvchi va qaytarilmaydigan; suzib yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar. Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari orasida keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar emissiya qilinayotganida jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar miqdori jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi. Emitent tomonidan ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni toʻlov- ni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi. Kumulyativ imtiyozli aksiya egalari jamiyat umumiy yigʻilish- larida oʻz vakolati doirasida barcha masalalarda ovoz berish huquqi bilan kumulyativ aksiyalar boʻyicha toʻlanishi koʻzda tutilayotgan va bu masalaga doir qaror qabul qilish rejalashtirilgan kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish va qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega. Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya egalarining aksiya- dorlar umumiy yigʻilishlarida qatnashish huquqi– ushbu aksiyalar boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga oshirilgan- dan soʻng tugatiladi. Emitent kumulyativ imtiyozli aksiyalarni chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya (jamgʻarish) muddatini qatʼiy belgilashi shart. Bunday muddatda ushbu aksiya turi boʻyicha dividendlar toʻlanmasdan, keyingi toʻlov muddatigacha yigʻilib boriladi. Download 247.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling