Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos


Download 247.49 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi247.49 Kb.
#1563771
1   2   3   4   5
Bog'liq
11111111,

Retrektiv prefaksiyalar. Retrektiv tamoyili yoki qimmatli qo- gʻozlarni qaytarib olish – qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish yoʻli orqali chiqarilgan aksiyalarni sotib olish kafolatini imkoniyati mavjud boʻlmagan holatda qoʻllaniladi. Retrektiv aksiyalar egalari oʻz imtiyozlaridan foydalanib, emitent–kompaniyaga aksiyalarni qayta sotish muddatini oʻzi belgilashi mumkin va shu muddat tugallan- guncha aksiyalarni qoplash uchun qayta taqdim etadi. Bunday qaytarib


olish holati avtomat tarzda amalga oshadi. Aksiyani ushlab turuvchi shaxs aksiyalarni qaytarish muddatini oʻz xohishiga koʻra belgilagan boʻlsada, bu haqda kompaniyani oldindan ogohlantirishi lozim. 4.2- rasmda qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni muomalaga chiqarish tartibi koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador- larning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmas- ligidan qatʻiy nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mam- lakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil- maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda inflyatsiyadan yaxshigina himoyani taʻminlaydi.
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini diskontlashning yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar qiymati va daromadliligini aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha murakkab hisoblanadi:

  • oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni oldindan maʻlum emas;

  • aksiyalar qoplash muddatiga ega emas.Yuqorida taʻkidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi.

Download 247.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling