Aksiyaning baholanishi va xususiyatlari


Download 63 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi63 Kb.
#1297413
Bog'liq
Aksiyaning baholanishi va xususiyatlari


Aksiyaning baholanishi va xususiyatlari
Reja:

  1. Imtiyozli aksiyalarning asosiy xususiyatlari.

  2. Oddiy aksiyalarning asosiy xususiyatlari va uni baholash

  3. Aksiyadan kutilayotgan qaytim darajasini hisoblash.

Kirish.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.

Aksiya (nemischa: Aktie; niderlandcha: Actie; lotincha: actio – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi. A. dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. A. bevosita emitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. A. davlat korxonalari aksiyador jamiyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. Oʻzbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va imtiyozli turlarga boʻlinadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta’minlamaydigan A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mas, 1995-yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saqlandi.

O'zbekistonda aksiyalar, Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi – hozirda Moliya vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz – korporativ axborot yagona portali va ma’lumot oshkoraligini ta’minlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi.

Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:

1) mulkiy huquq.
2) nomulkiy huquq.

Aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi:


1. Ovoz berish.
2. Kapitalni o'sishi.
3. Qo'shimcha imtiyozlar.
4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi.
5. Mulkka egalik qilish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-larning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmas-ligidan qatʻiy nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mam-lakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda inflyatsiyadan yaxshigina himoyani taʻminlaydi.
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini diskontlashning yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar qiymati va daromadliligini aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha murakkab hisoblanadi:
- oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni oldindan maʻlum emas;
- aksiyalar qoplash muddatiga ega emas.
Yuqorida taʻkidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi. Investitsiyalar bitta davrli boʻlgan holatda aksiya qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:

bu yerda DIV1, P1 – mos ravishda t =1 davrda dividend va aksiya bahosi.


Mos ravishda, investitsiya daromadliligi

bu yerda P0 – t=0 davrdagi aksiya bahosi yoki aksiyaning boshlangʻich maʻnosi;


n davrli muddatga investitsiyalar uchun.

Aksiyalarning muomala muddati formal jihatdan cheklanmagan-ligi sababli


sharoitida oxirgi qoʻshiluvchi nolga intiladi. Shunda:

Olingan ifoda amerikalik olim J.Williams tomonidan ishlab chiqilgan dividendlarni diskontlash modeli (Dividend Discount Model – DDM) sifatida maʻlum. Mazkur modelga muvofiq oddiy aksiyalar qiymati joriy vaqtda diskontlangan barcha dividendlar summasiga teng.


Agar ayni vaqtdagi aksiya bozor bahosi maʻlum boʻlsa, uning ichki daromadliligi Y quyidagi tenglama yordamida aniqlanishi mumkin:

Aksiyalar muomala muddatining cheklanmaganligi sababli mazkur moliyaviy instrument boʻyicha investitsiyalar samaradorligini baholash uchun yuqoridagi formulalarni amaliy qoʻllash DIVt miqdorni aniqlashning murakkabligidan kelib chiqqan holda chegaralangan. Chunki investorlar tomonidan hattoki yaqin kelajakdagi dividendlarni aniq bilish mumkin emas.


Shuning uchun ham tahlil oʻtkazishda odatda dividendlarning mumkin boʻlgan yoki kutilayotgan oʻsish surʻatlari borasidagi taxminlardan kelib chiqiladi.
Eng oddiy taxmin investitsiya butun muddati davomida dividendlar miqdorining oʻzgarmay qolishi hisoblanadi, yaʻni:
DIV0 = DIV1 =...=DIVn= DIV= const.
Shunda aksiya qiymatini baholash formulasi quyidagi koʻrinishga keladi:

n→∞ sababli kvadrat qavs ichidagi miqdor r ga intiladi va baholash modeli soddalashadi:

Gordon modeli aksiyalarni baholashda oddiy yondashuv boʻlsa ham, uning qoʻllanilishi boʻyicha qator cheklovlar mavjud. Bunda birinchi cheklov uzoq muddat davomida (mohiyatiga koʻra muddatsiz ravishda) dividendlarning bir xil surʻatda oʻsishi haqidagi faraz bilan bogʻliq. Korxonaning koʻrsatkichlari, xususan foyda miqdorining bir xil surʻatda oʻsishi aniq emas va amaliyotda koʻpchilik korxonalarda bunday farazlar oʻz isbotini topmaydi. Ikkinchi cheklov barqaror oʻsish surʻatini belgilashda kuzatiladi. Umumiy holda barqaror oʻsish surʻatlarini belgilashda oʻrtacha tarmoq koʻrsatkichi bilan muvofiq-lashtirish yoki farqli jihatlarni asoslash talab etiladi.


Umuman Gordon modelini barqaror moliyaviy siyosatga va tarmoq boʻyicha oʻrtacha oʻsish surʻatlariga yaqin oʻsishga erisha-yotgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan qoʻllash maqsadga muvofiq.
Dividendlarni diskontlashning eng umumiy va reallikka yaqin modellaridan biri oʻzgaruvchan oʻsish modeli hisoblanadi
Uch bosqichli model deb ataladigan aksiyalar qiymatini va daromadliligini baholash moduli eng umumiy model hisoblanadi. Barcha korxonalar hayotiy sikli tushunchasiga hamohang tarzda mazkur model ham taraqqiyotning uchta bosqichi: oʻsish bosqichi, oʻtish bosqichi va rivojlanishning eng yuqori bosqichi tarzida amal qiladi. Har bir bosqich daromadlar va dividendlarning mos oʻsish surʻatlari bilan tavsiflanadi. Umumiy holda birinchi bosqichda korxonaning muvaffaqiyatli rivojlanishi jarayonida dividend toʻlovlarining oʻsishi g1 oʻrtacha tarmoq darajasigacha oʻsishi yoki bir muncha pastroq boʻlishi mumkin. Undan keyin qandaydir oʻtish davri mobaynida korxona rivojlanishining barqarolashuvi kuzatiladi va bu davrda dividendlarning nisbatan barqarorligi yoki g2 koeffitsientda oʻzgarishi kuzatiladi. Oxirgi bosqich boshlangandan soʻng maʻlum darajada barqarorlashadi yoki yuqori boʻlmagan g3koeffitsientda oʻsib boradi. Shunday qilib korxona rivojlanish bosqichlariga mos ravishda dividend toʻlovlarining g1, g2, g3koeffitsientlardagi oʻsish surʻatlarini, shuningdek, har bir bosqich davomiyligi prognozini amalga oshirish lozim. Korxona rivojlanishining real jarayonlari bilan bir xil boʻlgan bunday modelning bir xil prognozlarini yuqori aniqlikda hisob-kitob qilish amaliyotda bir muncha murakkablik kasb etadi.
DDM modelining koʻrib chiqilgan turlari kutilayotgan dividendlar va ularning oʻsish surʻatini prognozlashga asoslanadi. Lekin bu model ham nazariy jihatdan asoslanganligiga qaramasdan qator kamchiliklarga ega. Masalan, bu modellar umuman dividend toʻlamaydigan, nomuntazam dividend toʻlovlarini amalga oshiradigan, arzimas summada dividendlar toʻlaydigan korxonalar aksiyalarini baholash uchun toʻgʻri kelmaydi.
Pul oqimlarini diskontlashga asoslangan modellar xorijiy tajribada keng qoʻllaniladigan modellardan biri hisoblanadi. Bu model shakllanishiga nisbatan ikkita asosiy yondashuv amal qiladi.
Birinchisi korxona aktivlaridan boʻsh pul oqimlari FCFFtni prognozlashga va keyin esa korxona bozor qiymati V ni baholashga asoslanadi. Korxona qiymatini baholash umumiy formulasi quyidagi koʻrinishga ega:

bu yerda r – korxona kapitalining oʻrtacha qiymati (r = WACC).


Xulosa
Umuman yuqorida keltirib oʻtilgan aksiyalarni baholash modellarining barchasi ham oʻziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Shunday ekan investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar aksiyalarini baholashda koʻrib chiqilgan modellar va koeffitsientlarning bir nechtasidan foydalanish va oʻrtachasini olish maqsadga muvofiq, deb oʻylayman

Mavzu: Aksiyaning baholanishi va xususiyatlari

Moliya asoslari fanidan


mustaqil ish.

Tekshirdi:Xalekeeva Zoya.


Bajardi:Urolov Umidjon

2022-yil.
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling