Aksiz solig‘I (4 soat) mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot ishlanmasi quyidagi atamalarga izoh bering


Download 17.19 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1580509
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot Aksiz solig\'i (1)


AKSIZ SOLIG‘I (4 SOAT)
MAVZUSI BO’YICHA
AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI


Quyidagi atamalarga izoh bering: “aksiz” ma’nosi, soliq to’lovchilari, soliq sub’yekti, soliq ob’ekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, import mahsulotlari uchun aksiz solig’i, bojxona yuk deklaratsiyasi, hisobvaraq-faktura, import qilinadigan tovarlarga aksiz solig’i, aksiz markalari, aksiz solig’i hisob-kitoblarini taqdim etish, aksiz solig’i summasini to’lash muddatlari.


MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Import qilinayotgan 1 litr aroq mahsulotining (Germaniyada ishlab chiqarilgan) bojxona qiymati – 60 000 so‘m. Bojxona qiymati o’z ichiga yukni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, ortish, tushirish, o‘lchash va sug‘urta qilish va boshqa summalarni oladi.
Talab qilinadi:
1. Import qiluvchi korxonaning firma do‘konida mazkur bir butilka aroq mahsuloti necha so‘mdan sotiladi, agarda korxonaning qo‘shimcha xarajatlari aroq mahsulotini omborga olib kelishga va boshqa zarur xarajatlar (sertifikatsiya qilish va h.k) olingan tovarning haqiqiy tannarxiga ya‘ni bojxona qonun xujjatlariga muvofiq hisoblab chiqilgan (aksiz va qo‘shilgan qiymat soliqlarini hisobga olgan holda), nisbatan taxminan 12 foiz (ushbu xarajatlarni hisobga olmagan holda), savdo ustamasi – 15 foiz. Ushbu masalani echishda bojxona bojlari hisobga olinmaydi.
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Aksiz solig’ini to’lovchi korxona hisobot davrida quyidagi ko’rsatkichlarga ega:

  • korxonaning hisobli bahosi – 12 000 000

  • mahsulot uchun belgilangan soliq stavkasi – 29 foiz.

Talab qilinadi:
1. Hisobot davrida korxona qancha miqdorda aksiz solig’i summasini to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Korxona aksizosti tovar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Hisobot davrida quyidagi ko’rsatkichlarga erishgan:

  • hisobot davrida xarid qilingan xomashyo va materillar qiymati – 18 000 000;

  • korxonaning hisobli bahosi – 50 000 000;

  • mahsulot uchun belgilangan soliq stavkasi – 15 foiz.

Talab qilinadi:
1. Hisobot davrida korxona qancha miqdorda aktsiz solig’i summasini to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


NAZORAT SAVOLLARI



  1. Aksiz solig‘i qachon joriy etildi?

  2. Aksiz solig‘i to‘lovchilar qanday guruhlanadi?

  3. Aksiz osti tovarlarini aniqlash mezonlari qanday?

  4. Aksiz solig‘i ob‘ekti nimalardan iborat?

  5. Aksiz solig‘ining bazasi qanday aniqlanadi?

  6. Aksiz solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etilgan?

  7. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizosti tovarlar ro‘yxati kim tomonidan belgilanadi?

  8. Aksiz solig‘ini hisobga olish tartibi qanday?

Mavzu bo'yicha tavsiya etilayotgan adabiyotlar:



  1. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi: Rasmiy nashr. T.: “Adolat”, 2018 y.

  2. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. – Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: “O’zbekiston” NMIU, 2018. 55-bet

  5. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2018. – 592 b.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2018. – 498 b.

  7. Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. -408 b.

  8. Jo’rayev A.S., Usmanova M.S., Amanov A.M., Qiyosov Sh.U. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 432 b.

  9. Jo’rayev A., Usmanova M. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b.

  1. Jo’rayev A., Safarov G’., Meyliyev O. Soliq nazariyasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. –324 b.

Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling