Aksiz solig’ini to’lovchilar Aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chikaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig’i


Download 0.7 Mb.
Sana07.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1336377
Bog'liq
aksez

Aksiz

Aksiz (fransuzcha: accise — qirqib olmoq) — keng isteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim isteʼmol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita xaridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan maʼlum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.

Aksiz solig’ini to’lovchilar

Aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chikaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi.

Aksiz solig’i solinadigan obyekt

  • Aksiz solig’i obyekti Soliq kodeksining 230-moddasida aks ettirilgan, Ushbu moddaga ko’ra quyidagi operasiyalar aksiz solig’i solinadigan obyekt bo’lib hisoblanadi
  • aksiz to’lanadigan tovarlarni realizasiya qilish;
  • aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) xissa yoki pay badali tariqasida topshirish;
  • aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda topshirish;
  • aksiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlashga topshirish;
  • ishlab chiqarilgan va (yoki) kazib olingan aksiz to’lanadigan tovarlarni o’z ehtiyojlari uchun topshirish;
  • aksiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.

Aksiz solig’i stavkalari

  • Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari Prezident Karorlari bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov birligi mutlaq so’mmada (qat’iy) belgilanadi.
  • 2. 2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.
  • 3. 2023-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).

Aksiz solig’i stavkalari

  • 4. 2022-yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi.
  • 2023-yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda.
  • Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40%ni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40%), 2023-yil 1-fevraldan esa indeksatsiyani hisobga olgan holda – 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40%) tashkil etadi.

Aksiz solig’i stavkalari

  • 5. 2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi:
  • oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
  • efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti;
  • asosiy fraksiyadan etil spirti. 
  • 6. 2023-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5% ga pasaytirildi.

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Aksiz solig’ini so’mmasi Soliq solinadigan baza va aksiz solig’i uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi.

— Aksiz solig’i stavkalari mahsulot bir birligiga belgilangan bo’lsa, uning so’mmasini quyidagi formula orkali aniqlanish mumkin:

Aksiz solig’i = (Q x C)

Bu yerda: Q – mahsulotning jami natura miqdori,

C – mahsulot birligi uchun belgilangan aksiz solig’i stavkasi, so’m hisobida

— Aksiz solig’i stavkasi aksiz solig’i va KKSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan bo’lsa, aksiz solig’i so’mmasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Aksiz solig’i = (OxS):100

Bu yerda: O – sotilgan tovarlarning aksiz va Qo’shilgan qiymat Soliqlarisiz kelishilgan

(erkin) narxlar bo’yicha hisoblangan qiymati (hajmi );

S – aksiz solig’ining stavkasi, foiz hisobida


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling