Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan
Download 3.33 Mb. Pdf ko'rish
|
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALAR XIZMATLARINI TAQDIM ETUVCHILAR 2.1. Bulutli infrastrukturani modellashtirish
57 Nazorat savollari: 1. Bulut texnologiyasi tushunchasi ? 2. Bulut texnologiyasining rivojlanishi 3. O‘zbekistonda buluttexnologiyasining joriy etilishi 4. Bulutli infrastruktura taqdim etadigan xizmatlar 5. Bulutli hisoblash tushunchasi 6. Bulutli hisoblash ta’riflari 7. Jahon miqyosida bulutli hisoblash rivojlanishi 8. MQIM larinig ish jarayonlari tahlili 9. Bulutli hisoblashlar ekotizimi haqida tushuncha bering? 10. Bulutli ekotizim tasniflanishi? 11. bulutli ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari 12. Bulutli piramida tushunchasi 13. Bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari 14. Bulutli texnologiyalardan foydalanishda kamchiliklari 15. Bulutli texnologiya xususiyatlari 16. Bulut affealligi va kamchiligi 17. Bulutli tizimlar tomonidan taqdim etilgan xizmatlar 18. Bulut taqdim etgan xizmatlar imkoniyatlari 19. Dropbox xizmatiga registratsiya qilish 20. Dropbox xizmati veb-interfeysi tushuntirib bering 21. Amazon web-services taqdim etiluvchi web xizmatlar 22. Bulutli konfiguratsiya ushunchasi 23. Maʻlumotlarga ishlov berish markazi resurslaridan foydalanishda apparat va dasturiy taʻminotlarni tushunchasi 58 II BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALAR XIZMATLARINI TAQDIM ETUVCHILAR 2.1. Bulutli infrastrukturani modellashtirish Bulutli infrastrukturani modellashtirish. Imitatsion yondashuvlar Murakkab tizimlarni o‘rganishda imitatsiya modellari keng qo‘llaniladi. Imitatsiya modellari iqtisodiyotning turli sohalarida, aviatsiya, temir yo‘l transporti, metallurgiya, neft qazib olish, kema qurish va boshqalarda qo‘llaniladi. Imitatsiya - bu model dasturini hisoblash muhiti modeli doirasida amalga oshirish uchun yondashuvdir. Imitatsiya jarayoni tizimning qolgan qismidan abstraktlashgan maʻlum bir qismini modellashtirishga eʻtibor qaratishga imkon beradi. Bunday yondashuv turli xil platformalar va eksperimental sharoitlarda keng ko‘lamli takrorlanadigan natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa o‘zgaruvchan sharoitlarda taqsimlangan hisoblash tarmog‘i xatti-harakatlarini baholashga, va shu asosda, oqimlarini boshqarish strategik vazifasini optimallashtirishga imkon beradi. Ushbu yondashuvning asosiy ustunligi - bu tizimning moslashuvchanligi, chunki dastur va hisoblash muhiti modellar bo‘lib, eksperimental sharoitlarni osongina o‘zgartirish mumkin. Salbiy tomoni rivojlanayotgan dastur modellari va hisoblash muhiti juda murakkabligidir. Imitatsiya vositalarining misollaridan GridSim , SimGrid , CloudSim va boshqalar. Imitatsiya modellarini ishlab chiqishda maxsus modellashtirish tillari va foydalanuvchining grafik interfeysidan foydalanishga asoslangan dasturiy vositalar qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda bozorda turli xil ixtisoslashtirilgan imitatsion modellashtirish vositalari mavjud, masalan, GPSS World, Arena, Extend va boshqalar. Imitatsion modellashtirishni yaratishning maxsus muhitlaridan tashqari uni yaratishning C, C ++, Paskal, BASIC va boshqa universal dasturlash tillaridan foydalanishga asoslangan usuli ham mavjud. Ushbu usulning afzalligi shundaki, maxsus modellash vositalaridan tashqari umumiy maqsadli dasturlash tilining imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, dasturlash tili modellash 59 vositasiga birlashtirilishi mumkin, masalan, AnyLogic Java dasturlash tilini birlashtiradi. Ushbu tillar yordamida imitatsiya maqsadlari uchun funksiyalar va protseduralarning (sinflarning) maxsus kutubxonalari ishlab chiqilgan. Imitatsion modellarni amalga oshirishni ishlab chiqish uchun Paskal tilining protseduralar va funksiyalar kutubxonalaridan foydalanish taklif etilgan. maqolalarda Windows va UNIX kabi operatsion tizimlarda amalga oshirish uchun, S tili funksiyalarining platformalararo kutubxonasi ko‘rib chiqilgan. Oxirgi yillarda Internet tarmog‘idan foydalanishga yo‘naltirilgan va allaqachon taqsimlangan hisoblash texnologiyalarining rivoji sifatida maʻlum bo‘lgan, bulutli hisoblashlar deb ataladigan texnologiyaning rivojlanishi kirib keldi. hisobotda imitatsion modellashtirish muhitining rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, “bulutli” hisoblash texnologiyalarida qo‘llaniladigan mavjud imitatsion modellashtirish amalga oshirish amaliyotlari o‘rganilgan. Xususan, da GPSS-server deb nomlanuvchi GPSS World-ning bir yoki bir nechta nusxasini uzoq serverda boshqarishi mumkin bo‘lgan amaliyoti ko‘rib chiqilgan. Hamda servisga yo‘naltirilgan arxitekturaga asoslangan modellashtirishning tizimli shinalar texnologiyasi taqdim etilgan. Perspektiv yondashuv GPSS Cloud deb ataladigan “bulut” modelini yaratishning aniq meʻyoriga asoslangan. Aslida, ko‘rib chiqilgan “bulutli” imitatsiya muhiti GPSS tiliga yo‘naltirilgan. “Bulut” imitatsiya muhitida maxsus modellash tillaridan foydalanishga qo‘shimcha ravishda universal dasturlash tillarining xususiyatlari bilan tavsiflangan Java tilidan foydalanish qulay. “Bulut” hisoblash uchun Java tilidan foydalanish bir nechta afzalliklarga ega: - Java tili, aslida, Internet uchun maxsus til bo‘lib, maxsus xavfsizlik modellariga ega; - Java tilidagi ilovalar server tarafidagi servlet ilovalarida ishlatilishi mumkin, xuddi mijoz tomonida veb-brauzer-applet ilovalari (appletlardan foydalanish xuddi AnyLogic muhitida imitatsion modellashtirishni amalga oshirganidek bajariladi) 60 ishlatilganidek; mobil qurilmalar uchun odatiy ish stoli ilovalari va ilovalar yaratish ham mumkin; - Java tili platformalar o‘rtasida bo‘lib, ilovalar Windows platformasida ham, Linux operatsion tizimlarining turli muhitida ham ishlaydi. Java tili ko‘p oqimli mexanizmlarni va obʻektga yo‘naltirilgan tillarning boshqa zamonaviy xususiyatlarini (istisnolarni qayta ishlash, grafik kutubxonalar, komponentlar modeli va x.k.) qo‘llab-quvvatlaydi. Imitatsion modellashtirish uchun Java tilining sinflar kutubxonasini umumiy ko‘rib chiqish. Java tilining sinflar kutubxonasi diskret vokealarni modellashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, obʻektga yo‘naltirilgan yondoshuvdan foydalanib, Paskalning protsedura va funksiyalari [ hamda S tilining funksiyalari bilan bir xil algoritmlarni amalga oshiradi. Kutubxona sinflarining asosiy usullari ko‘p jixatdan GPSS tili operatorlariga o‘xshash. Kutubxonalar sinflari SIMJava nomli bitta to‘plamga kiritilgan. Sinf kutubxonasidan foydalanish uchun JDK SE (Java Development Kit Standard Edition) dasturiy to‘plamining kompyuterda 6 yoki undan yuqori versiyaga o‘rnatilgan bo‘lishi kifoya. Qulaylik uchun siz integratsiyalashgan ishlab chiqish muhitlaridan biridan foydalanish mumkin: Eclipse, NetBeans IDE va boshqalar. Modeldagi asosiy obʻektlar quyidagi sinflar obʻektlari sifatida yaratilgan: Queue — modelda navbatlar vazifasi uchun sinf; Facility — bir kanalli qurilmalar vazifasi uchun sinf; Storage — ko‘pkanalli qurilmalar vazifasi uchun sinf; Histogram — gistogrammani taqdim qilish uchun sinf; Transact — modelda dinamik obʻektlar tranzaksiyalari vazifasi uchun sinf; Rand — tasodifiy miqdorli generatorlarni aniqlash uchun sinf; Syst — “model” obʻektini yaratish uchun sinf, har qanday imitatsiya modeli ushbu sinfning obʻektini yoki boshlang‘ich sinf obʻektini yaratishi kerak; sinf asosiy tizim usullarini o‘z ichiga oladi va shuningdek, modelni ishlatish uchun alohida oqimni 61 qo‘llab-quvvatlaydi; sinf imitatsiya natijalarini ham faylga, ham oynaga yoki applet tipidagi konteynerga chiqarish usullarni o‘z ichiga oladi. Kutubxonada turli obʻektlarning ro‘yxatini tuzish uchun yordamchi sinflar ham mavjud: ListF — birkanalli qurilmalar ro‘yxati; ListS — ko‘pkanalli qurilmalar ro‘yxati; ListQ — navbatlar ro‘yxati; ListH — gistogrammalar ro‘yxati; ListT — tranzaktlar ro‘yxati va yana bir kancha sinflar. Bulutli hisoblash tizimlarini imitatsiyasilashga umumiy nazar. Hozirgi kunda katta miqdorda taqsimlangan tizimlarning xatti-harakatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda va ushbu tadqiqotlar uchun dasturiy taʻminot ishlab chiqilmoqda. Bunday dasturiy taʻminotlarning misollaridan GridSim, SimGrid va CloudSim lar mavjud. Birinchi ikkita yechim grid tizimlarini modellashtirishga qaratilgan bo‘lsa-da, CloudSim cloud computing tizimlarini modellashti-rishga qaratilgan bir nechta platformalardandir. Shuni taʻkidlash kerakki, grid tizimlarini modellashtirish muhiti juda katta bulutli hisoblash tizimlarining modellarini yaratish uchun mos yechim hisoblanadi. Biroq, virtualizatsiya ayrim bulutli tizimlarni bulutli resurslar, xizmatlar, ilovalar yuklanishi va boshqalarni zaxiralash muhim rol o‘ynaydigan kichik test stansiyalarida tarqatish imkonini beradi. Shuning uchun, bulutli hisoblash tizimlarining batafsil modellari-ni yaratish, bulut hisoblash tizimlarini modellashtirish uchun bevosita ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanish kerak. Modellashtirish va imitatsiya qiluvchi platformalar Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling