Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana30.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1733422
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

1.CloudSim platformasi - bu bulutli hisoblash tizimlari va infratuzilmalarni 
to‘liq modellashtirish va imitatsiya qilish imkonini beradigan umumiy va 
kengaytirilgan imitatsiya vositasi. U maʻlumotlar omborini, veb-xizmatlarini, virtual 
mashinalar orasidagi resurslarni taqsimlashni va boshqalarni modellashtirishni 
taʻminlovchi GridSim platformasining asosiy funksiyalarining kengaytirilishi 
hisoblanadi. 


62 
CloudSim yadrosi xodisalarni qayta ishlash, bulutli obʻektlarni (xizmatlar, 
tugunlar, maʻlumotlar markazlari, resurslar brokerlari va virtual mashinalar) yaratish, 
tizim elementlari va simulyatsiya oqimini boshqarish va tizim elementlarining o‘zaro 
ishlashida navbatlardan foydalanishga asoslangan SimJava harakatiga asoslangan. 
Bulutli muhit modelini ishlab chiqishda, foydalanuvchi imkon qadar haqiqatga yaqin 
bo‘lgan natijalarga erishish uchun uning modelidagi kalit tarkibiy qismlarni 
takomillashtirishi kerak. 
Modellashtirish uchun platformaning asosiy obʻektlari virtual mashina va 
vazifadir. Ushbu komponentlar bulut tizimlarining turli guruhlari uchun xosdir. 
Masalan, PaaS kabi bulutli tizimlar uchun bir xil virtual mashinaga bir nechta ilovalarni 
joylashtirish odatiy xoldir. 
Modellashtirishda eng muhim komponentlar resurslarni boshqarish siyosatiga 
javob beradigan komponentlardir. Ushbu komponentlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan 
vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- modellashtirish tizimlarining turli obʻektlari uchun protsessor quvvati, operativ 
xotira va boshqa resurslarni taqsimlash; 
- modellashtiriladigan tizimlar tugunlarida virtual mashinalarni joylashtirish; 
- modellashtiriladigan tizimidagi virtual mashinalar orasidagi vazifalarni taqsimlash. 
Modelning ish prinsipi, platformaning zarur komponentlarini va imitatsiya tizimining 
dastlabki tavsifini va manba kodi shaklidagi imitatsiya stsenariyini bajarilishini nazarda 
tutadigan CloudSim platformasiga asoslanadi. Imitatsiyani boshlagandan so‘ng 
imitatsiya tizimi haqidagi barcha maʻlumotlar imitatsiya qilinadigan CloudSim 
yadrosiga o‘tkaziladi. 
Shuni taʻkidlash kerakki, CloudSim platformasi imitatsiya tizimida yoki 
imitatsiya stsenariylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri modelning ishlashi vaqtida o‘zgarishlarni 
nazarda tutmaydi, bu platformaning imkoniyatlariga cheklovlar ko‘yadi. 
2. CDOSim. CDOSim (Cloud Deployment Options Simulator) - bu simulyator 
bo‘lib, uning asosiy vazifasi bulutli hisoblash tizimining yoki infratuzilmaning 


63 
ishlashini baholashdir. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va infratuzilmalarni 
tarqatish uchun turli xil variantlarni taqqoslash uchun mo‘ljallangan, bu esa mavjud 
resurslardan foydalanishni optimallashtirish va bulutli hisoblash tizimining ish 
faoliyatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va 
infratuzilmalarni joylashtirishning asosiy parametrlarini moslashuvchan ravishda 
o‘zgartirishi mumkin: 
- tizim resurslarini saqlash strategiyasi; 
- virtual mashina namunalarining konfiguratsiyasi; 
- hisoblash tizimini ishlab chiqish uchun ishlatiladigan apparat va dasturiy taʻminot; 
- tarmoq parametrlari. 
3. TeachCloud. TeachCloud platformasi taʻlim uchun maxsus ishlab chiqilgan 
bulut hisoblash tizimlarining simulyatoridir. TeachCloud platformasi oddiy grafik 
interfeysni taʻminlaydi, u orqali talabalar bulutli hisoblash tizimining konfiguratsiyasi 
va sozlamalarini o‘zgartirishi mumkin, bunday tizimlarning mumkin bo‘lgan 
konfiguratsiyasi bilan tajribalar o‘tkazishi mumkin. 
4. iCanCloud. iCanCloud platformasi - yirik maʻlumotlar saqlash tarmoqlari 
uchun dasturiy simulyatordir. iCanCloud platformasi maʻlum bir hisoblash muhitida 
muayyan dastur tomonidan resurslardan foydalanishni maksimal darajada oshirish 
imkonini beradi. Platformada to‘liq maʻlumotli odatiy ombor simulyatsiyasini to‘liq 
loyixalashtirish va amalga oshirish imkonini beruvchi to‘liq grafikli interfeys mavjud. 
Bundan tashkari, iCanCloud platformasi bulutli hisoblash tizimining simulyatsiyasini 
parallellashtirishga imkon beradi. 
5. SPECI. SPECI dasturi (Elastik bulut infratuzilmalari uchun simulyatsiya 
dasturi) yirik maʻlumotlarni qayta ishlash markazlari xatti-harakati va masshtabini 
qayta yaratishga va o‘rganishga imkon beruvchi simulyatordir. SPECI dasturi 
xozirgacha ishlab chiqilgan, ammo hali tuzilmagan maʻlumotlar markazlari bilan 
ishlashga mo‘ljallangan. Ushbu holatlarda SPECI dasturidan foydalanish tizimning 
zaifliklari va “to‘siqlarni” ko‘rsatishga imkon berishi mumkin. 


64 
6. DCSim. (Data Center Simulator) platformasi birinchi navbatda cloud 
computing asosiy muammo har bir alohida holatda tegishli resurs taqsimotini va 
zaxiralash siyosatini tanlaydigan IaaS tizimlari bilan ishlaydigan simulyator 
hisoblanadi . DCSim platformasi IaaS tizimini rivojlantirish va ishga tushirish 
jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling