Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari Ishning maqsadi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
1-labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TT va KT FAKULTETI KI -11-20(s) GURUH TALABASINING KOMPYUTER TARMOQLARI
- Ne’matullayev D. Qabul qildi: Axrolova M. QARSHI-2023
- Dasturning bosh menyular qatori quyidagilardan tashkil topgan
- Tools
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT va KT FAKULTETI KI -11-20(s) GURUH TALABASINING KOMPYUTER TARMOQLARI FANIDAN LABARATORIYA ISHI Bajardi: Ne’matullayev D. Qabul qildi: Axrolova M. QARSHI-2023 Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari Ishning maqsadi: 1.Kompyuter tarmoq qurilmalari haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega bo’lish; 2. Kompyuter tarmog’ini loyihalash va bevosita mahalliy tarmoqqa ulanish jarayonini boshqarish; 3. Cisco Packet Tracer yordamida tarmoq qurilmalari va kommunikasiya vositalaridan oddiy tarmoq loyihasini yaratish. Texnik jihozlar: • PC Kompyuterlar; • Cisco Packet Tracer dasturi paketasi Nazariy ma’lumotlar Cisco Packet Tracer – “Cisco” tarmoq qurilmalari bilan ishlash hamda tarmoqlarni qurish uchun mo’ljallangan simulyator dasturi. Bu dastur grafik simulyator bo`lib, virtual tarmoq qurilmalari, server va mashinalar yordamida virtual tarmoqlarni tuzish, grafik stendlar yaratish, kompyuter tarmoqlarini tashkil qilishni o`rganishda va tarmoqlarni tekshirishda didaktik vosita sifatida qo`llaniladi. Cisco, Cisco ASA, Juniper tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlari yordamida boshqariladigan serverlar hamkorligida kompleks loyihalar tashkil etish mumkin. Yana bir qulayligi Cisco simulyatori ochiq dasturiy ta’minot bo`lib, mutloq bepul va uni hohlagan kishi rasmiy saytdan yuklab olishi mumkin. (www.cisco.com). (1rasm). 1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi Cisco Packet Tracer dasturi darcha elementlari bilan batafsil tanishtiramiz: (2rasm.) 2- rasm. Cisco Packet Tracer dasturi darcha elementlari 1. Dasturning bosh menyular qatori quyidagilardan tashkil topgan: (File, Edit, Options, Wiew, Tools, Extensions, Help); • File - Loyihalarni ochish va saqlash amallaridan iborat; • Edit - “hushalash/qirqish, bekor qilish/qaytarish” standart jarayonlari; • Options – dastur o’rnatmalari; • Wiew – ishchi maydon va uskunalar paneli masshtabi; • Tools – ranglar palitrasi va tanlangan qurilmalar sozlamalari; • Extensions – loyihalar ustasi, ko’pfoydalanuvchi rejimi va bir qancha qulayliklar asosida Cisco Packet Tracer dasturida keng qamrovli laboratoriyalar bajarish; • Help – dasturdan yordam olish va o’rganish; 2. Uskunalar paneli (Piktogrammalar); 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 3- rasm. Uskunalar paneli. Bunda: 1-Yangi loyiha yaratish; 2- Mavjud loyihani ochish; 3- Saqlash; 4- Chop etish; 5- Loyihalar ustasi; 6- Nushalash; 7- Qoyish; 8- Bekor qilish; 9- Qaytarish; 10- Oyna masshtabini o’zgartirish; 11 - Hududlarni rang va shakllar bilan ajratish; 12- Foydalanuvchi qurilmalari. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling