Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana30.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1733422
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

Avtonom o‘qitish modeli. Bu shakldagi o‘qitish dasturlari mustaqil taʻlim olish 
tamoyilida tashkil etilib, televideniye, radioyeshittirishga asoslangan bo‘ladi. 
Talabalarni o‘qitishda asosiy o‘qitish vositalari bo‘lib, sunʻiy yo‘ldosh orqali 
translyatsiya qilinadigan radio va telelektsiyalar hisoblanadi. Bu holatda 
mutaxassislarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, o‘z malakalarini oshirishlari 
va qo‘shimcha mutaxassisliklarni egallashlarida qulayliklar yaratiladi. Bu kabi tizimga 
Amerika televizion loyihasini misol qilib, keltirish mumkin. Ushbu modelning asosiy 
kamchiliklari sunʻiy yo‘ldosh orqali uzatiladigan axborotning qimmatliligi va 
talabalarning belgilangan maʻlum vaqtda yashash joylaridagi markazda bo‘lishlari shart 


203 
ekanligidir. Boshqacha qilib aytganda, bilim berishning bunday usuli aniq belgilangan 
vaqt va aniq joyga bog‘liq bo‘ladi.
Multimedia dasturlariga asoslangan, norasmiy, integrallashgan o‘qitish modeli. 
Bu shakldagi MT tizimi asosan mustaqil malaka oshirish, qo‘shimcha mutaxassislikni 
egallash va til o‘rganish kabilar bo‘yicha o‘qituvchilar yoki taʻlim muassasalarga 
murojaat qilish zarurati bo‘lmaydigan dasturlardan iborat bo‘lib, kompyuter va 
teleradio tizimlari orqali o‘rganish vositasi hisoblanadi va oliy taʻlim tizimida kam 
qo‘llaniladi. R.Taning va I.Seynonlar chet ellardagi MO‘ texnologiyalaridan 
foydalanuvchi taʻlim muassasalarida ishlab chiqilgan modellarni o‘rganib, quyidagi 
uch MT modellarini ajratib ko‘rsatgan.Maslahat modeli. Rasmiy yozishmalar 
(korrespondensiya) modeli. Boshqariluvchi mustaqil o‘qitish modeli. T.P.Voronina, 
V.P.Kashitsin, O.P.Molchanovalar monografiyasida MTning to‘rt modeli ko‘rib 
chiqiladi, bular: anʻanaviy sirtqi, ochiq – televizion taʻlim (teletaʻlim), virtual sinflar va 
virtual universitetlar.
Quyida keltirilgan barcha modellarda taʻlim xizmatlarining potentsial 
isteʻmolchilari, ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye yoki boshqa bir 
taʻlim muassasasi tanlanib, kirish sinovlaridan o‘tgan va ularning barcha zaruriy 
hujjatlari rasmiylashtirilgan, deb ko‘zda tutiladi. Bular: eksternat turida o‘qitish , bir 
universitet negizida o‘qitish, maxsus masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan 
avtonom taʻlim muassasalari modellari YUNESKO tomonidan tan olingan MT 
modellari: 


204 
3.24- rasm. masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom taʻlim muassasalari 
modellari 
Quyida MTning uchta modeli keltirilgan. Albatta, ular MTga bo‘lgan barcha 
yondashuvlarni aks ettirmaydilar. Lekin ular taʻlim boshqaruvini o‘qituvchidan 
o‘quvchi tomonga o‘zgarishini ifodalovchi ikkita eng chetki holat va o‘rtacha holatni 
aks ettiradilar.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling