Akt sohasining Davlat rivoji (gdp- yalpi ichki mahsulot)ga ta’siri Reja: akt ning imkoniyatlari
Download 341.8 Kb.
|
3-Amaliy ish
Mazkur yondashuvning asosiy muammosi mamlakatning yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishida axborot sektorining qo‘shgan hissasini aniqlashda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelinishi hisoblanadi. Ikkinchi guruhga ijtimoiy mezonlar kiradi. Ular axborot mahsulotlarini, axborotlashtirish vositalarini ishlab chiqarish hamda axborot xizmatlar ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi ulushini belgilaydi. Uchinchi guruhga axborotlashgan iqtisodiyotni belgilab beradigan, ya’ni jamiyatda axborot texnologiyalari (AT)ning tarqalishi nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi texnologik mezonlar kiradi.
Hozirgi vaqtda jamiyatimiz axborotlashgan iqtisodiyotning paydo bo‘lish davrini boshidan kechirmoqda. Shu bilan birga, unga kelajakda noaniqlik hamda rivojlanishning yuqori dinamikasi xos ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur. Keng ma’noda ilmiy adabiyotlarda axborotlashgan iqtisodiyotga iqtisodiy qarorlarga axborotning ta’sirini o‘rganuvchi iqtisodiyotdagi bir yo‘nalish sifatida qaraladi . M.Kastels ta’kidlashicha, «axborotlashgan jamiyat» (information society) atamasi mukammal emas hamda u yangi tizimning barcha o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirmaydi. Uning fikricha, «axborotlashgan (informational) iqtisodiyot» atamasi aniqroq ta’rifga ega bo‘la oladi B. V. Korneychuk esa axborotlashgan iqtisodiyot atamasiga nisbatan o‘z nuqtai nazarini ifodalab, ikki turli tushunchalardan foydalanadi. Birinchisida u axborotlashgan iqtisodiyotni ijodiy mehnat va axborot boyliklar ustuvor bo‘lgan sivilizatsiyaning rivojlanish bosqichi deb ta’rif beradi. Ikkinchisida axborotlashgan iqtisodiyotni axborotlashgan jamiyatning iqtisodiy nazariyasi yoki axborotlashgan iqtisodiyot nazariyasi deb qaraydi. Bundan tashqari ma’lum ma’noda quyidagi ta’rif ham tadqiqot obyektini izohlab beradi. Axborotlashgan iqtisodiyot — bu postindustrial jamiyatning asosi bo‘lib, axborot asosiy ishlab chiqarish resursi bo‘lgan hamda ish bilan bandlar tuzilmasida asosiy o‘rinlarni aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ishchilar egalagan iqtisodiyotning o‘ziga xos turini belgilovchi falsafiy-iqtisodiy atama hisoblanadi. Bir zamonaviy ilmiy asarda quyidagi ta’rif berilgan: «Axborotlashgan iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish bosqichi bo‘lib, unga jamiyat hayotida bilimlar va axborotning roli, YAIMda axborot mahsulotlari va xizmatlar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ulushining oshib borishi, insonlarning o‘zaro samarali axborot almashish, ularga jahon axborot resurslardan foydalanishga imkon beradigan hamda ularning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlab beruvchi global axborot maydonining yaratilishidir». Download 341.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling