Akt texnik vositalarida yuzaga keladigan xavfli va zararli omillar va ulardan himoyalanish


Download 40.99 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi40.99 Kb.
#1762622
1   2   3
Bog'liq
Akt texnik vositalarida yuzaga keladigan xavfli va zararli omill-fayllar.org

Psixofiziologik havfli faktorlar xarakteri jihatidan qo’yidagilarga bo’linadi: fizik (statistik va dinamik) va asab-psixologik (uta aqliy kuchlanish, tahliliy tasirlanish, ishning monotonliligi va emosional ta’sirlanish). Bu holatlar bo’lmasligi uchun ishchi monitor oldida 4 sutkada va kompyuterga 30000 belgidan ko’p belgi kiritmaslik kerak.
Laboratoriyada yong’in xavfi EHMlarga simlarning notug’ri ulanishi, qisqa tutashuv va tok kuchlanishidan kelib chiqishi mumkin. Bulardan tashqari isitish tizimlaridan noto’g’ri foydalanish, ventelyasiya tizimini noto’g’ri qurilganligi va ishchilarning olovdan noto’g’ri foydalanishi oqibatida sodir etilishi mumkin.


2.2.2. Havfli va zararli omillardan himoyalanish tadbirlari


  • Laboratoriyada xovoni normallashtirish uchun tabiy va suniy ventilyasiyadan foydalanish zarur. Laboratoriyada foydalaniladigan tabiiy ventilyasiyaga ishlab chiqarilgan tashkil etilmagan ventilyasiya urlari kiradi. Ulardan foydalanishning bir qator kamchiliklari mavjud: Binoga kirayotgan xavo isitilmaydi va namlanmaydi, shuning uchun xona uchun moslashtirilgan kamchiliklardan holi bo’lgan ventilyasiyalardan foydalanish kerak. Xonaning mos haroratini normal ushlab turish uchun qishda markazlashtirilgan issiqlik manbai, yozda esa mos ventilyasiyalardan foydalanish zarur.

  • Xonani normal yorug’lik bilan ta’minlash tabiy va suniy yoritish asboblaridan to’g’ri foydalanishni talab etadi. EHM monitorlarini yorug’lik tushishiga mos holda joylashtirish talab etildi.

  • Laboratoriyani shovqindan asrash uchun quyidagi usuldan foydalanish zarur:

  • Uni hosil qiluvchi manbani yo’qotish;

  • Uni tarqatish.

Maxsus shovqinni kamaytiruvchi amortizasiyalovchi tirkalmadan foydalanish zarur..
Tashqi shovqindan himoyalanish uchun laboratoriyani maxsus derazalar urnatilgan xonalarda joylashtirish.
4) nurlanishni kamaytirish uchun: uning manbalarini aniqlab elektron trubkali monitorlarni kamaytirish, ish vaqtini kamaytirish kabi ishlarni amalga oshirish zarur.
5) Elektr toki urishidan zararlanishni oldini olish uchun qurilmalarni to’g’ri joylashtirish elektr simlarini to’g’ri urnatish va uni ishonchli izolyasiyalash kerak.
6) psixofiziologiik ta’sirlanishni kamatirish uchun ishchi joylarini to’g’ri shakllantirish, ish vaqtini rasional taqsimlash, xonani har xil ranglar bilan jihozlash ekranlarning yorug’lik holatini normallashtirish kabi ishlarni amalga oshirish kerak (belgilarning kontrasti 0,8 belgidan kam bo’lmasligi; ekran yorug’ligi 10 kq/m2; ekran imkoniyati; tasvirlarning regenerasiya chastotasi 72 MGs chastotadan kam bo’lmasligi).
7) yong’in xavfsizlik choralari (elektr kuchlanishini yerga ulanish simlaridan foydalangan bo’lishi, holatini nazorat qilish, chaqmoq qaytargich bo’lish, qisqa tutashuvdan ximoyalovichlar urnatilganligi), yong’inni dastlabki uchirgichlaridan foydalanish, elektr tokidan avariya holatidagi uchirish uskunalari bilan ta’minlangan bo’lishi zarur.
2-savol: Xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida umumiy malumotlar

Texnika xavfsizligi deganda, ishlab chiqarish vositalari (mexanizm, mashina, uskuna, agregat, moslama, qurilma va b.) dan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xavfli va zararli omillarning kishilar sog’lig’iga ta’siridan himoyalovchi vositalardan foydalanish evaziga qisman yoki butunlay istisno qilingan holatiga aytiladi. Xavfsizlik texnikasi deganda, faoliyat turidan qat’iy nazar, o’z vazifasini bajarishda, faoliyatni xavfsiz usullarini qo’llash evaziga, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli xavfli va zararli omillarning kishilar sog’lig’iga ta’sirini qisman yoki butunlay istisno qilingan holatiga aytiladi. Ishlab chiqarishda vujudga kelayotgan va kelishi mumkin bo’lgan jarohat, shikastlanish va zaharlanishlarni oldini olish tadbirlari ancha murakkab masala bo’lib, buni hal qilishda muhandis-texnik, tibbiy-gigiyenik, ekologik va boshqa sohadagi mutaxassislar e’tiborini jalb qilinishi kerak bo’lgan muammodir. Ishlab chiqarish jarayonida kishilarni hayoti va salomatligiga ta’sir etadigan xavfli ishlab chiqarish omillarini ba’zan yoki davriy ravishda sodir bo’lish maydoni xavfli doira deb ataladi. Xavfli doira mashina va mexanizmning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, yuk yaqinida, ko’tarib-tushiradigan transport vositalarida qo’zg’atiladigan yuk atrofida paydo bo’lishi mumkin. Ishlovchilarning kiyim va sochlarini uskunalarning harakatdagi qismlari tortib ketish imkoniyatiga ega xavfli doira xavf-xatar tug’diradi. Juda ko’p jarohatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni qishloq xo’jalk mashinalarining to’silmagan uzatmalar mexanizmlari o’rab ketishi tufayli sodir bo’ladi




Download 40.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling