Akt va media savodxonlik


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717819
  1   2   3   4
Bog'liq
xIgezqkuEsFvCF7gcsCj9OOAeSPSbx4MscG109wC



Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
AKT VA MEDIA SAVODXONLIK
moduli bo‘yicha 
 
 
“Didaktik vositalar, o‘quv metodik materiallar tayyorlashda amaliy 
dasturlardan foydalanish” 
o‘quv kursining
“Matn muharriri yordamida fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan didaktik 
materiallar tayyorlash” 
 mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
Toshkent 2021 
 


Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
Mavzu: Matn muharriri yordamida fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan 
didaktik materiallar tayyorlash 
Reja: 
1. Matn muharriri dasturlari va ularning imkoniyatlari 
2. MS Word dasturi imkoniyatlari 
3. 
MS Word dasturi interfeysi va uskunalari
Tayanch tushunchalar: matn muharriri, microsoft, word, didaktik materiallar
menyu, uskuna, shrift. 
1. Muharrir (lot. – tartibga keltirilgan) – kompyuterning ob’ektlari (matn, jadval, 
grafika, dasturlar) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot tizimidir. 
Matnli hujjatlarni tayyorlovchi dasturlar guruxini asosan ikkiga ajratishadi: matn 
muharrirlari va matn protsessorlari. Matn muharrirlari deb asosan matnli 
fayllarni formatlash elementlari ishlatilmasdan tayyorlaydigan dasturlarga aytiladi.  
Formatlash elementlari deganda matn qismlarini xar xil shriftlar va boshqalar bilan 
ajratib ko‘rsatilmaganligi tushiniladi. Bunday muharrirlar asosan kompyuter 
dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi. Matn prsessorlari matnni formatlash
hujjatga grafika va boshqa ob’ektlar joylash imkoniyatini beradigan dasturdir. 
Ayrim matn protsessorlari WYSIWYG – muharriri deb ataladi. Buning ma’nosi 
What You See Is What You Get – nimani ko‘rayotgan bo‘lsang shuni olasan degani. 
Boshqacha qilib aytganda kompyuter ekranida hujjatni qanday ko‘rsang uni chop 
etganda qog‘ozdagi nus’hasida xam shundayligicha ko‘rasan. Bunday turdagi 
muharrirlarga Wordni misol qilish mumkin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling