Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Mavzu: MS PowerPoint dasturida dars mashg‘ulotlari uchun taqdimotlar
tayyorlash
Reja:
1. Taqdimot dasturlari va ularning imkoniyatlari
2. MS PowerPoint dasturi imkoniyatlari
3.
MS PowerPoint dasturi interfeysi va uskunalari
Tayanch tushunchalar: taqdimot,
microsoft,
powerpoint, hujjat, menyu, uskuna,
animatsiya, o‘tish animatsiyalari, smart art, slayd, prezentatsiya.
1. Bugungi kunda axborot texnologiyalarinig rivojlanishi
barcha sohalarda
kompyuter texnologiyalarining keng qo‘llanilishini ta’minladi. O‘quv jarayoni ham
bundan mustasno emas. Dars jarayonini tashkil etayotgan o‘qituvchining
asosiy
vazifalaridan biri yangi bilimlarni o‘quvchilarga
tushinarli qilib yetkazish
hisoblanadi. Kontentni ko‘rgazmali qilish albatta zamonaviy taqdimot dastur orqali
amalga oshiriladi.
Bugungi kunda taqdimot yaratishda foydalaniladigan dasturlar ikki turga bo‘linadi.
Bular:
•
ONLAYN
•
OFLAYN
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Taqdimot dasturlari quyidagi imkoniyatlarni foydalanuvchilarga taqdim etadi:
Taqdimot yaratishga mo‘ljallangan zamonaviy taqdimot dasturlari:
Google Slides – Google tomonidan taqdim etilgan
bepul taqdimot yaratish va
tahrir qilish dasturi hisoblanadi. Bu taqdimot
dasturi Google Docs Editors
toʻplamining bir qismidir. Dasturning ilk versiyasi 2006-yil taqdim etilgan. Dastur
Android, iOS, macOS, Windows, BlackBerry, Chrome OS kabi tizimlarda ishlashi
mumkin. Dastur ko‘plab zamonaviy taqdimot shablonlariga
ega va multimedia
fayllarini qo‘llab-quvvatlaydi.