3.1. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari honasini jihozlashga qoyiladigan talablar va unda mashg’ulotlarni tashkil etish boyicha metodik tavsiyalar
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xonasi - bu ta’lim muassasasining, ta’lim tizimini informatikalashtirishning davlat dasturini amalga oshirish vositasi bulib, o’quvchilarni axborotlashtirilgan jamiyati sharoitiga tayyorlash, ta’lim darajasini ko’tarishni ta’minlovchi o’quv-tarbiyaviy bo’limidir.
AKT xonasi o’ziga quyidagilarni oladi:
Hisoblash texnikasi sinfi;
O’quv-ko’rgazmalik qurollar;
O’quv jihozlar;
Orgtexnika;
«Informatika» kursi va boshqa umumta’lim fanlari bo’yicha ShEHM dan foydalanib nazariy va amaliy, sinf, sinfdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mebel.
AKT xonasidagi mashg’ulot quyidagilarga xizmat qilishi lozim :
o’quvchilarda dunyoning zamonaviy axborot manzarasini shakllantirishga;
axborot texnologiyalarini zamonaviy axborot jamiyatida kasbiy faoliyatning asosiy tashkil etuvchisi sifatida foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga;
zamonaviy hisoblash texnikasi qurilmalari va ishlashi xaqidagi bilimlarni shakllantirishga;
ijodiy shaxsni shakllanishiga, o’quvchilarda nazariy fikrlash, xotira va tasavvurlarini rivojlantirishga;
o’quvchilarda insonparvarlik, odob va yuqori axloq shakllanishiga qaratilgan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga.
AKT xonasida
Informatika va AKT bo’yicha mashg’ulotlar;
hisoblash texnikasini qo’llagan holda bazaviy umumta’lim o’quv fanlari bo’yicha mashg’ulotlar;
Eksperimental darslar va amaliy mashg’ulotlar;
Sinfdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlar;
Dasturlar (taqdimot, matnlar, referatlar) yozish bo’yicha, shuningdek maktab ixtiyoji uchun o’qituvchining vazifasiga ko’ra yangi dasturiy mahsulotlar, hujjatlar yaratish maqsadida o’quvchilarning mustaqil ishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |