Aktiv elementlar. Pentodlarning xarakteristikalari va parametrlari
Impuls generatori. Multivibirator
Download 98.24 Kb.
|
Aktiv elementlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multivibrator
Impuls generatori. Multivibirator
Impulslar generatori - kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil boʻladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gs dan 100 MGs gacha), generatsiyalanadigan tebranishlar shakli (toʻgʻri toʻrtburchak, oʻtkir uchli, arrasimon va b.) boʻyicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g . bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanalli (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signallari turli qutbli va darajali boʻladi. I. g .da tebranish konturi boʻlmaydi, impulslar elektron klapanlarning ochilib-yopilib turishidan hosil boʻladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yigʻiladi, ochilishi bilan tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. I. g . radiotexnika va radioelektron apparatlarda, radiolokatsiya va hisoblash texnikasida qoʻllaniladi.Multivibrator (multi... va lot. vibro — tebrataman) — ikki kuchaytirgich (lampa) li elektr tebranishlar generatori. Ikkala kuchaytirgich oʻzaro musbat teskari aloqa bilan bogʻlangan. Multivibrator bu birorta ham qat’iy muvozanat holatiga ega bo‘lmagan regenerativ qurilmadir. Multivibratorlar avtotebranishlar va kutub turish rejimida ishlovchi impulsli generatorlar turiga kiradi va u to‘g‘ri burchakli yoki unga yaqin bo‘lgan impulslarni generatsiyalaydi. M.ning elektron lampalar, tranzistor, tiristor va integral sxemapardan yasalgan bir necha variantlari bor. M.da tebranish birdaniga bir holatdan (lampa L1 — ochiq, lampa L2 — berk) ikkinchi teskari holatga (lampa L, — berk, lampa L2 — ochiq) oʻtadi (1rasm). M.da Gs dan minglarcha kGs chastotali toʻlqinlar hosil qilish mumkin. Tranzistorli M. keng qoʻllanadi. Agar bir tipdagi (r—p—r yoki p—r—p) tranzistorlardan foydalanilsa, kuchaytirgichlar galmagal uygʻonadi (G, vaqtda bir kuchaytirgich, T2 vaqtda ikkinchi kuchaytirgich uygʻongan holatda boʻladi, 2rasm). Bunday M. ikki fazali M. de-yiladi. Koʻp fazali (p fazali) M.lar ham bor. M. televideniye, radiolokatsiya va boshqalarda aloqa impulyelari olish, chastotani koʻpaytirish va boʻlish hamda elektr zanjirlarni kontaktsiz almashlab ulashda qoʻllanadi Download 98.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling