Aktiv elementlar. Pentodlarning xarakteristikalari va parametrlari
Radioelektronika haqida asosiy tushunchalar
Download 98.24 Kb.
|
Aktiv elementlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunelli diodlar. O’ta yuqori chastotali tebranishlarni olish
Radioelektronika haqida asosiy tushunchalar.
Radioelektronika – fan va texnika sohasidagi qo‘shma nom bo‘lib, radiotexnika va elektronika fanlarining qo‘shilishidan vujudga kelgan.Uning asosiy vazifasi axborotlarni aylantirish va ishlov berish bilan radiochastotadagi elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlarga aylantirib uzatishdan va qabul qilishdan iboratdir. Radiotexnikaning rivojlanishini shartli ravishda uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr (1895-1920) asosan uzun to‘lqinlardan foydalangan holda telegraf aloqasi yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchi davr (1920-1955) elektron lampalarning kashf etilishi. Uchinchi davrda (1955 yildan boshlab) yarim o‘tkazgichli asboblar keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi. Mikrosxemalarning yaratilishi radioelektronika sohasida katta revalyutsion o‘zgarishlarga olib keldi. Mikroelektronika elektron texnologiyasida texnologik jihatdan tayyor qurilmalarni ishlab chiqarish bilan elektr jihozlarining ixchamlashuviga, tan narxining arzon bo‘lishiga, vaznining yengil bo‘lishiga, energiya iste’moli kichik bo‘lgan va boshqa ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan elektr jihozlarining yaratilisiga olib keldi. Radioelektronikaning rivojlanishi bilan yangi sohalar vujudga keldi. Bularga misol qilib optoelektronika va akustoelektronika sohalarini keltirish mumkin. Optoelektronika elektromagnit to‘lqinlar shkalasidan joy olgan optik diapozondan axborotni uzatish va qabul qilishda foydalanish imkoniyati borligi bilan bog‘liqdir. Hozirgi zamon radiotexnikasi axborotni elektromagnit tebranishlar yordamida uzoq masofaga uzatish masalalarini hal qilish bilan chegaralanmaydi. Radiotexnik usullarning ko‘pligi va qulayligi ulardan fan, texnika, ishlab chiqarish va xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida keng foydalanish imkonini yaratadi. Bundan tashqari radiotexnikaning rivojlanishi natijasida yangi fan tarmoqlari – «Radiofizika», «Radioastronomiya», Radiospektroskopiya» va boshqalar vujudga keldi. Tunelli diodlar. O’ta yuqori chastotali tebranishlarni olish Tunnel effektini 1958 yilda Esaki kashf qildi. Bu effekt asosida ishlaydigan tunnel diodi yaratildi. Hozirgi vaqtda bunday diodlar germaniy, antimonid va arsenid galliydan yasaladi. Tunnel diodining VAT si 4.11- rasmda tasvirlangan. Tunnel diodining VAT da manfiy og‘ma mavjud bo‘lganligidan elektron lampa va tranzistorga nisbatan tezkorligi juda katta bo‘lib, elektronlarning tunnel o‘tishi yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan sodir bo‘ladi. Tunnel diodi asosida tuzilgan kuchaytirgichlar, aralashtirgichlar va generatorlar detsimetr va santimetrlar diapozonidagi tabranishlar bilan ishlash imkoniyatiga ega Download 98.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling