Aktive business line


TARAFDORLARNING JAVOBGARLIGI


Download 27.81 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi27.81 Kb.
#1239151
1   2   3
Bog'liq
Актив город догвор 2022 г ДЕКАБР

5.TARAFDORLARNING JAVOBGARLIGI
5.1.Taraflar o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda amaldagi “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy – xuquqiy bazasi to’risidagi” qonun va boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo’ladilar.
5.2. «Sotib oluvchi » shartnoma shartlarini buzib , olingan mahsulotlarini buzib , olingan maxsulotlari uchun to’lanishi lozim bo’lgan pulni kechiktirib to’lashi oqibatida o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0.5 % lekin majburiyat bajarilmagan qismining 50% dan oshmagan miqdorda penya to’laydi.
5.3. «Sotuvchi» shartnoma shartlarini buzib, shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida «Sotib oluvchi» ni mahsulotlar bilan ta’minlanmasa kechiktirilgan xar bir kun uchun 0.5 % miqdorida penya to’laydi biroq bunda penyaning umumiy summasi majburiyat bajarilgan qismining 50% dan oshmasligi lozim.
5.4. Shartnomaning shartlari buzganlik uchun jarima va penya to’lash shartnoma majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
6. FORS - MAJOR.
6.1.Ushbu shartnoma ko’rsatilgan majburiyatlar engib bo’lmas kuch ta’sirida ya’ni (Yong’in suv toshg’ini yer qimirlashi ,epidemiya va urush boshlanishi ) bajarilmasa tomonlar moddiy javobgarlikdan ozod bo’ladilar.


7. KORRUPSIYAGA QARSHI SHART
7.1. Tomonlar ularning affilangan ( o’zаro bog’langan) shaxslari va xodimlari , ushbu Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishlari davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablarining buzilishiga olib keladigan va / yoki korrupsiya xarekteriga ega bo’lgan, shu jumladan ( ammo bu bilan cheklanmay) pora berish yoki berishni va’da qilish, ta’magirlik pora olishga bevosita yoki bilvosita rozi bo’lish xatti- harakatlarlari /harakatsizliklarini sodir etmaydilar.
7.2. Tomonlar ularning affilangan ( o’zaro bog’langan) shaxslari va xodimlari boshqa Tomonning xodimlari yoki vakolatlangan vakillarini qandaydir tarzda rag’batlantirishdan shu jumladan pul summalari, sovg’larni taqdim etish, ularning manziliga xizmatlarni beg’araz ko’rsatish yoki bu xodim yoki vakolatlangan vakil tomonidan uni rag’batlantiruvchi tomonidan Tomon foydasiga qandaydir xatti-harakatlarini harakatsizliklar bajarishini ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishdan voz kechadilar deb ma’lum qiladilar.
7.3. Tomonda ushbu Shartnomaning 7.1 – bandidagi talablarni buzish sodir etilganligi yoki sodir etilishi mumkinligi to’g’risidagi shubxalar yuzaga kelgan holda,tegishli Tomon bu haqida ikkinchi Tomonni xabordor qilish, korrupsiya bilan kurashish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining normalari buzilganligi faktining rad etib bo’lmaydigan dalillari mavjud bo’lgan holda esa –amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatlangan organlarni ham xabardor qilish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling