Aktyorlik sanʼatining paydo bo’lishi tarixi
Download 114.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-Darslik Aktyorlik sanʼatining paydo bo’lishi tarixi
Aktyorlik sanʼatining paydo bo’lishi tarixi Odamlarning e’tiqodlariga doir marosimlardan, ovchilik bilan bogʻliq koʻpchilik boʻlib ijro etiladigan oʻyinlar, pantomimalardan kelib chiqqan. Aktyorlik sanʼati badiiy ijodning aloxida turi sifatida mil. av. 5-asrda Hindiston, Yunonistonda shakllanadi. Keyinchalik Qad. Rimda rivojlandi. Ilk davlatlar va shaharlarning paydo boʻlishi natijasida Turkistonda ham Aktyorlik sanʼati ning oʻziga xos ilk kurinishlari shakllandi. Ellinizm davrida (mil.av.3-1-asrlar) vujudga kelgan Aktyorlik sanʼati an’analari 20-asr boshlariga-cha yetib kelgan. U ijtimoiy timsol-obrazlar yaratishda oʻziga xos uslub va ifoda vositalariga ega boʻlgan. Obraz yaratishda psixologik tahlildan koʻra nutqning serboʻyoqligi, mubolagʻa, badiha, kulgi vositalaridan keng foydalanish, harakat, imo-ishora, ohanglarni boʻrttirishga institutilishgan. Antik davrda hozirgi Oʻzbekiston hududida ham tragik aktyorlar ish koʻrgan. Oʻrta asrlarda Movarounnahr, Fargʻona vodiysi, Xorazm vohasida hajv va hazil vositalaridan foydalangan masharalar, muqallidlar, jiddiy yoʻsinda hikoya qiluvchi maddohlar, qissaxonlar, voizlar, goʻyandalar faoliyat koʻrsatganlar. 20-asrda maydonga kelgan Yevropa tipidagi yangi oʻzbek teatrida Aktyorlik sanʼati yanada taraqqiy etdi. U jahon teatri va Aktyorlik sanʼati tajribalarini ijodiy oʻzlashtirish, qad. milliy teatr ijrochilik an’analarini rivoj-lantirish yoʻlida kamol topdi. Aktyorlar dramaturg tasvirlagan voqelikni, pesa qaxramonlarining ichki dunyosini ochishga, obrazning gʻoyaviy ma’nosini chuqur talqin qilishga oʻrgandilar. 20-30-yillar oʻtkir satirik yoʻnalish, maishiy tafsilot, yorqinlik, boʻrttirma oʻzbek Aktyorlik sanʼati ga xos boʻlgan. A. Hidoyatov, Gʻ. Islomov, M. Miroqilov, R. Pirmuhamedov va boshqa aktyorlarning ijodlari bunga misoldir. 40-yillarning oxiri-50-yillarda oʻzbek aktyorlari ijodida yirik falsafiy umumlashma, zamonaviy joʻshqinlikka intilish kuchaydi. O.Xoʻjayev, Sh. Burhonov, S.Eshontoʻrayeva, Sadriyevalar yaratgan tarixiy va mumtoz obrazlar gʻoyaviy teranligi, badiiy yetukligi bilan oʻzbek aktyorlik san’atini yuqori pogʻonaga koʻtardi. Shu yillarda qahramonona-romantik, falsafiy-badiiy, ijtimoiy-maishiy ijrochilik yoʻnalishlari va milliy ijrochilik maktabi shakllandi. Teatr aktyorlari kino, teleradio sohalariga dadil kirib borib, mazkur san’atlar ijrochiligining shakllanishiga hissa qoʻshdilar. Drama teatrida ashula va raqs vositalarini keng qo’llash, musiqa teatrida dramatizm, ichki kechinmalarning kuchayishi, bolalar teatrida barcha ijrochilik yoʻnalishlaridan bahramand boʻlish shundan dalolatdir. Bu davrda qoʻlga kiri-tilgan chinakam ijodiy erkinlik A.sda ham uz aksini topdi: milliy an’analarga e’tibor, ijodiy izlanish, yangi shakl va vositalar izlab topish, badihagoʻylik kuchaydi. Aktyorlar oʻz iste’dodlari, imkoniyatlarini turli janrlarda sinab koʻrish va toʻliq roʻyobga chiqarish imkoniga ega boʻldilar. Download 114.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling