1.Bir bo’ginli so’zlarda urg’u odatda bo’lmaydi, chunki urg’u bo’lishi uchun bir bo’g’in boshqalarga nisbattan kuchliroq ohang bilan aytilish kerak, ammo qator undosh bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlarda urg’u bo’ladi. M: A`sr – asi`r, A`zm – Azi`m kabi so’zlarda urg’u boladi, chunki talaffuzda qator undoshlar orasida qisqa unli orttirilishi mumkin.
2.Fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: Qizi`l – qi`p-qizil, yumalo`q – yu`m-yumaloq
3.Alla, har, hech elementlari bilan hosil bo’lgan olmosh va ravishlarda ham urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: a`llakim, a`llamahal, he`ch vaqt, he`ch kim, ha`r qachon, ha`r vaqt 4.Qo’shma so’zlar odatda bitta bosh urg’uga ega bo’ladi. M: Kattaqo’rg’o`n, kungaboqa`r, ertapisha`r 5.Juft va takroriy so’zlarda esa har bir component o’zining alohida urg’usiga ega bo’ladi. M:
qozo`n-tovo`q, qovu`n-tarvu`z, bala`nd-bala`nd
URG’U QABUL QILMAYDIGAN QO’SHIMCHALAR
1.-ma bo’lishsizlik qo’shimchasi urgu qabul qilmaydi. M: bo`rma, ishla`ma, o’qi`ma
2.Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi –ta, -tacha qo’shimchalari urg’u olmaydi. M: o’`nta, be`shtacha
3.O’xshatish ma’nosini bildiruvchi -dek, -day, -cha qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi. M: shamo`ldek, se`nday, yigi`tcha
4.-man, -san, -miz, -siz, (-dir) – shaxs son qo’shimchalari va bog’lamalar ham urg’u qabul qilmaydi. M: o’qi`yman, o’quvchi`man, o’qi`ysan, o’quvchi`san, boyli`kdir. Shaxs son qo’shimchalari fe’lning munosobat shakllari, chunki fe’l asosiga qo’shilyapti. Affiks bog’lamalar ismlarni kesmga xoslovchi shakllar, ismlarning munosabat shakllari hisoblanadi, chunki ism asosiga qo’shilyapti.
Afiks yuklamalari ya’ni –ma, -chi, -oq,-yoq,-a, -ya –u, -yu, -ku,-da, -gina, -dir kabilar ham urg’u olmaydi. M: o’qidi`ngmi, se`n-chi, o’qiga`n-ku
Rus tili ta’sirida tilimizga kirib kelgan. –ov,-ova, -yev,-yeva, -ovna, -vich kabi shakllar ham urg’u qabul qilmaydi. Raxi`mov, Raxi`mova, Raxi`movna
Sof ko’makchilar ham urg’u qabul qilmaydi. M: se`n bilan, opa`m uchun, me`n kabi bunda urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Se’n-la,se’nila
ESLATMA:
- larcha qo’shimchasi so’z yasovchi va sonning lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalari hisoblanadi. Bu qo’shimcha urg’u qabul qiladi ammo urg’u qo’shimchaning birinchi bo’g’inida bo’ladi. M: qahramonla`rcha, o’rtoqla`rcha-so’z yasovchilar, yuzla`rcha, mingla`rcha-lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha
Do'stlaringiz bilan baham: |