Filologiya fakulteti
Download 146.92 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ruhiy holat ifodalovchi sifatlar semantikasi
- Chog’ishtiring : ulug’ ish- ulug’vor
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ХALQ TA’LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NОMIDAGI NUKUS DAVLAT PЕDAGОGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI O’ZBЕK TILSHUNОSLIGI KAFЕDRASI
fanidan
mavzusidagi
Bajardi: Sultanova Saida. Ilmiy rahbar: Xudayarova M.
Kirish
1. Sifatlarning leksik-morfologik xususiyatlari 2.
Sifatlarning ma’noviy guruhlari 3. Ruhiy holat ifodalovchi sifatlar semantikasi a)
Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar; b)
Xafalik holatini ifodalovchi sifatlar; c)
G’azabli holatni ifodalovchi sifatlar;
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Shaxsning rivojlanishi-jamiyat rivoji demakdir. Shunday ekan jamiyat oldidagi eng asosiy vazifalardan biri sog'lom avlodni voyaga yetkazish. Bu muhim vazifani amalga oshirish birinchi navbatda o'qituvchiga bog'liq. O’zbek tili morfologiyasida, boshqa so’z turkumlari qatori sifat ham katta o’rinni egallaydi. O’zbek tilida belgi – sifat ma’nosini ifodalovchi maxsus (masalan, rus tilida sifat va ravishlardagi singari, hamma sifatlat uchun birdek qo’llana oluvchi) morfologik ko’rsatkich yo’q. Ba’zi bir so’zning ham ot, ham sifat, ham ravish vazifalarda qo’llana olishi ko’proq ana shuning uchundir. Lekin –li, -siz singari sifatning o’ziga xos yasovchi affikslari ham bor. Ammo bular ma’lum ma’noli sifatlarnigina yasaydi. Ot kategoriyasidagi so’zlar ham sifat (belgi ma’nosidagi aniqlovchi) vazifasida qo’llanadi va qanday degan so’roqqa javob bo’ladi. Masalan, yog’och ot, sim to’siq, shoyi ko’ylak kabi. Lekin bu so’zlarni ot kategoriyasidan sifat kategoriyasiga o’tdi deb hisoblamaslik lozim. O’zbek tilida sifatlarning yasalishi juda keng va murakkab sohadir. To’plangan faktik materiallar sifat yasovchi affikslarning yuzga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Bu affikslar vositasida turli so’z turkumlaridan, mas., otdan (iffatli, bahosiz, tungi, serpul), fe’ldan (so’zag’on, vaysaqi, sayratma), taqlidiy, tasviriy so’zlardan (jizzaki, sharaqlama) va hokazolardan sifat yasaladi. Bulardan –li, -siz kabi yasovchilar faqat sifatga xos bo’lib, eng faol sifat yasovchilar hisoblanadi. Sifat yasovchi affikslarni o’z tabiatlariga va turli-tuman xususiyatlariga (mas., sodda va qo’shma bo’lishi, faqat bir so’z turkumigagina xos bo’lib qolganligi yoki turli so’z turkumlari orasida teng qo’llana olishi, o’zakka turlicha ta’sir ko’rsatishi, qo’llanishda faol yoki nofaolligi, fonetik variantlarga egaligi, sinonimik, antonimik xususiyatlari va shu kabi turli tomonlariga) ko’ra, bir necha guruh va guruhchalarga ajratish mumkin.
Ba’zi bir so’zlar (sifatlar) tub holida ham, affiks olgan holda ham (mas., pok//pokiza, binoyi//binoyiday) bir ma’noni anglataverishi bilan xarakterlidir. Kishi ruhiyati nihoyatda serqirra va turfa bo’lib, u o’zida xursandlik, darg’azablik, xafalik, loqaydlik kabi har xil holatlarni mujassamlashtiradi. Shundan kelib chiqib, tilimizda bu holatlarni ifodalovchi leksemalarga ehtiyoj tug’iladi. Natijada xushhol, xushnud, xurram, quvnoq, shodmon, shod,
birlashtiruvchi guruh holat bildiruvchi sifatlar guruhi deb ataladi. Tilimizdagi ruhiy holat ifodalovchi sifatlar bir qator turlarga ajraladi: d)
Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar; e)
Xafalik holatini ifodalovchi sifatlar; f)
G’azabli holatni ifodalovchi sifatlar; g)
Turli ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar. Bu sifatlar so’zlashuv nutqida ham, badiiy nutqda ham tengdek qo’llanib, tasvirlanayotgan kishining turli xil kayfiyatini, ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish orqali kitobxonda va tinglovchi da turli xil emotsiyalarni hosil qiladi. Ushbu sifatlar keng uslubiy imkoniyatga ega leksema sifatida badiiy asarlarda semantik-stilistik vosita o’laroq faol qo’llanadi. Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlarni nutqda qo’llash orqali uslubiy ta’sirchanlik ortadi, badiiy tasvirda ifodaviylik ta’minlanadi. Nutqiy jarayonda gapda har bir so’z turkumi uchun birlamchi sintaktik funktsiya bo’lgan gap bo’lagi mavjud. Jumladan, o’zbek tilida ot – ega va to’ldiruvchi, fe’l – kesim, sifat –aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Biz o’z ishimizda sifat turkumiga oid so’zlar haqida to’xtalib o’tamiz. Biz tahlil qilib o’rganmoqchi bo’lgan sifat leksemalari matn doirasida turli konnotativ vazifalarda qo’llaniladi, bunday holatida badiiylikni ta’minlashda ta’sirchan omil sifatida foydalaniladi.
1. Sifatlarning leksik-morfologik xususiyatlari Sifat kategoriyasidagi so’zlar biror predmet, voqea-hodisa va holatning belgi xususiyatlarini (rang-tusini, hajmini, shaklini, xarakter va xossa- xususiyatlarini, vaznini, mazasini) ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan., ko’k kaptar, yoqimli hid, o’jar bola, qattiq to’polon, chiroyli gul kabi. Sifatlar gapda asosan, a) aniqlovchi (sifatlovchi) bo’lib keladi: Olov horg’in va och badanga elituvchi bir huzur va ororm bag’ishladi (Oybek); b) kesim bo’lib keladi: U bir nimasini yo’qotganday tabiati xira, asabiy edi (A.Muxtor). Otlashgan sifatlar ot turkumiga xos (ega, kesim, to’ldiruvchi, qaratqich kabi) vazifalarni ham bajarib keladi. Mas., Yaxshi topib gapirar, yomon qopib.
Sifat turkumining o’ziga xos morfologik, leksik xususiyatlari quyidagicha: mas., sifat darajalanish xususiyatiga ega – yumaloq-yumaloqroq-yum-yumaloq.
Sifat aniqlovchilar (sifatlovchilar) o’zlarining sifatlanmishlari bilan moslashmaydilar. Tuzilishi jihatidan sifatlar sodda va murakkab bo’ladi. 1. Sodda sifatlar: a) tub sifat. Mas., katta, kichik, yomon, oq, ko’k, bo’sh,
2. Murakkab sifatlar: a) qo’shma sifatlar: havorang, soddadil, xushmuomala, kechpishar; b) juft sifatlar: bo’lar-bo’lmas, katta-katta, o’nqir- cho’nqir kabi; d) birikmali va tizma sifatlar: nafsi buzuq, esi past, to’q jigar rang, o’lardek yengil tabiat, to’q qora qizil va h.k. Sodda sifatlar. Tub sifatlar tom ma’nosi bilan belgi tushunchasini ifodalaydi. Belgi kishining sezgi a’zolari orqali sezilgan, fahm-idroki bilan tasavvur etilgan aniq
va mavhum elementlardir. Mas., qizil, achchiq, sovuq. Ba’zi sifatlar (yashil, qizil, egri kabi) hozirda tub hisoblansa ham, tarixan yasama bo’lgan. Tub sifatlarda turli grammatik, semantik va stilistik imkoniyatlar qo’shma va juft sifatlarga qaraganda kengroq, ya’ni daraja ko’rsatkichlari ko’pincha tub sifatlarga qo’shiladi. Juft va takroriy sifat komponentlari tub sifatlardan hosil bo’ladi (yaxshi-yomon, egri-bugri, oq-qora kabi). Yasama sifatlar turli yo’llar bilan yasaladi. 1) affiksatsiya (morfologik) usul bilan (tun+gi, yog+li, pul+dor, uyat+chang); 2) kompozitsiya usuli bilan so’zlarni bir-biriga qo’shish, juftlashtirish, takrorlash yo’llari orqali hosil qilinadi (kulrang, lattachaynar, ikki yuzlama, kuydi-pishdi). Bunday yasalish sintaktik usul deb ham yuritiladi. O’zbek tilida boshqa so’z turkumlaridagi kabi sifat turkumida ham affiksatsiya usuli bilan so’z yasash keng rivojlangan. Sifat yasovchi affikslar shakl va vazifa jihatidan turli-tuman bo’lib, ot, ravish, fe’l yasovchi affikslarga juda o’xshab ketadi. Ba’zi sifat yasovchi affikslar kelib chiqishi nuqtai nazaridan arab, fors-tojik tillariga mansubdir. Sifat yasovchi affikslar sodda (yuza+ki, aql+li), qo’shma (odat+da+gi, kel+ish+im+li) bo’ladi. Ba’zan butun boshli so’z-affiksoidlar sifat yasaydi, mas., -parvar (xalqparvar), -parast (amalparast) kabilar. Bunday yasovchilar boshqa tildan kirgan bo’lib, o’zbek tilida so’zlik huquqiga ega emas, chunki bular mustaqil holda ma’no anglatmaydi. Sifat yasovchi affikslarning ba’zilari vazifasi jihatidan sinonimik xarakterga ega (mazasiz-bemaza; betartib-tartibsiz; badavlat-davlatmand kabi). Yasovchi affikslar orasida omonim affikslar ham bor, ya’ni bular sifat, ot va boshqa so’z turkumidagi so’zlarni yasashda teng qo’llanadi. Affikslar vositasida turli so’z turkumlaridan (ot, sifat, olmosh, fe’l va taqlid so’zlardan) sifat yasaladi. Bulardan eng ko’p taraqqiy qilgani ot va fe’ldan sifat yasalishidir. -li affiksi o’zbek tilida juda sermahsul, faol yasovchi hisoblanadi. Ko’pincha ot va sifatdoshlardan sifat yasaydi.
1.-li affiksi orqali yasalgan sodda sifatlar quyidagi ma’nolarni anglatadi: a) so’z o’zagidan anglashilgan ma’noga (predmet, hodisa va tushunchalarga) egalikni yoxud o’sha ma’noli narsa, hodisaning mavjudligini, borligini bildiradi: mevali daraxt, vijdonli kishi, shakarli choy. b) –li affiksi o’zakdan anglashilgan ma’noga egalikni bildirish bilan birga ortiqlik, katta yoki mo’llik ma’nolarini beradi: Polvon – ismi-jismiga yarashgan, gavdali, kelishgan, baquvvat yigit... (J.Sharipov) d) –li affiksi orqali (biror narsaga, faxr yoki in’omga, sevgiga) “sazovor”, “munosib”, “loyiq” ma’nolarini ifodalash mumkin: sevikli, sevimli, hurmatli. e) qiyomatli so’zidagi –li qisman –gacha affiksi ma’nosiga to’g’ri keladi: qiyomatli do’st, qiyomatli qo’shni. 2. –li affiksi qo’shma, juft so’zlarga qo’shilib kelib qo’shma sifat yasaydi va turli ma’nolarni anglatadi: a) har ikkala komponentga qo’shiladi: qo’lli-oyoqli, uvali-juvali (bu juft so’z affikssiz holda “uva-juva” tarzida ishlatilmaydi), aqlli-hushli kabilar; b) –li affiksi qo’shma so’zlarning bir komponentiga qo’shilib, ko’chma ma’nodagi sifatlarni hosil qiladi: to’la qonli, arslon bilakli, to’rt burchakli kabi. -lik (-liq) formantlari orqali aloqadorlik, xoslik, taalluqlilik, holat ma’nolarini ifodalaydigan sifatlar yasaladi: Uch tomoni jarlik yerga kelib qoldim (“Mushtum”). Pastlik, tepalik, chuqurlik, qiyalik kabi sifatlar shular jumlasidandir. -lik affiksi turli fe’l formalariga (sifatdosh, harakat nomlariga) qo’shilib xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar yasaydi: arzigulik, kirishimlik kabi. -li va –lik affikslarining vazifadosh o’rinlari ham bor, ya’ni ayrim sifatlar – li qo’shilgan shaklda qo’llanganda ham ma’noga halal yetmaydi: aqlli-aqllik,
Ba’zi sifatlarning esa, -li olgan shakllari bilan –lik olgan shakllari grammatikada boshqa ma’no va boshqa vazifa uchun ishlatiladi: Ko’ylakli-
-siz bo’lishsizlik ma’nosini beruvchi bu affiks sifat yasashda faol qo’llanib, ko’pincha otlardan xarakter-xususiyat, holat bildiruvchi sifatlar yasaydi: qarovsiz, aqlsiz, sababsiz, mantiqsiz, molsiz, ishsiz va shu kabilar. -siz affiksi mantiqan –li affiksining antonimidir. Lekin hamma holatda ham –li bilan yasalgan sifatlarning zidini, inkorini yoxud antonimini –siz bo’lishsizlik affiksi orqali berib bo’lmaydi, yoki buning aksi, -siz bilan yasalgan sifatning bo’lishli shaklini yasash uchun –li qo’llanmaydi. Ularning antonim ma’nolari boshqa turli affikslar, zid ma’noli soz’lar yoki izohlash yo’llari orqali ifodalanadi: chiroyli-xunuk, o’qimishli-omi, o’tirishli-o’tirishli emas. Ba’zi sifatlarning bo’lishli ma’nolarini, antonimlarini hosil qilish uchun ularni yasovchi affikslarisiz, negiz holda qo’llash kifoya: to’liqsiz-to’liq,
-li affiksi orqali yasalgan qo’shma, juft birikmali sifatlar deyarli hech qachon –siz affiksi bilan bo’lishsizlik hosil qilmaydi: ko’p xonali, uzun bo’yli,
-gi, -ki, -qi o’rin va paytga munosabat bildirishda qo’llanuvchi bu affikslar turli so’z turkumlaridan sifat yasaydi: a) o’ringa munosabat, xoslikni bildiradi: tashqi, ichki, narigi, berigi, ostki, ustki, pastgi, sirtqi. b) paytga munosabat, xoslikni bildiradi: kechagi, burungi, qadimgi, tonggi, boyagi, bahorgi, bulturgi, tushki, ertalabki, ertangi. d) holat bildiradi: ko’tarinki. -k (-ik, -uk, -ak), -q (-iq, -uq, -oq). Bu affikslar ko’pincha fe’ldan sifat yasaydi: chirik (chiri+k), ochiq (och+iq). Anglatadigan ma’nolari: a) biror holatni ifodalaydi: tiniq, siniq, buzuq, teshik, yoriq, titroq; b) shakl-ko’rinish ifodalayd: puchuq, botiq, qiyiq, egik, puchak. d) xususiyat, xossa ifodalaydi: qochiriq, qo’rqoq, pishiq. e) holat, tur ifodalanadi: murg’ak, qirmizak.
-on, -yon, -an affikslari otlarga qo’shilib, xususiyat va holat bildiruvchi sifatlarni hosil qilishda xizmat qiladi: charog’on, za’faron, shodon, tuban kabi. -in (-k+in) affiksi ot va buyruq fe’llardan xarakter-xususiyat, holat bildiruvchi sifatlar hosil qiladi: to’kin, kamtarin, to’lin (oy), sog’in (sigir), erkin. Bu affiks bilan yasalgan kamtarin so’zi kamtar so’zi bilan bir xil mazmunga ega. Murakkab sifatlar. Sifatlar morfologik yasalishdan tashqari yana sintaktik (so’zlarning birikuvi) va sintaktik-morfologik (ya’ni so’zlarning birikuvi+affikslar) usuli bilan yasaladi. Sintaktik va sintaktik-morfologik usulda yasalgan sifatlar guruhiga qo’shma sifatlar, birikmali va tizma sifatlar, juft sifatlar kiradi. Qo’shma sifat. Birdan ortiq o’zak-negizdan tashkil topgan qo’shma sifatlar bir bosh urg’u bilan aytilib, bir belgi-xususiyatni ifodalash uchun xizmat qiladi: orombaxsh, oq ko’ngil, tilla rang. Birikmali sifat. Belgi ma’nolari bir so’z (sodda sifat) orqali yoki ikki so’z (qo’shma, juft sifatlar) ifodalanishi mumkin. Bulardan tashqari, ikki yoki undan ortiq so’zli (mas., ega-kesim, sifatlovchi-sifatlanmish va h.k.) birikmalar orqali ham ifodalanishi mumkin. Bunday belgi ifodalarini shartli ravishda birikmali sifatlar deyiladi: jahli tez, yoshi ulug’, zuvalasi pishiq, gapga usta, ko’zga yaqin, o’ziga to’q, qorachadan kelgan. Juft sifat. Ikki so’zning teng bog’lanishidan hosil bo’lgan, predmet, hodisa yoki holatning bir umumiy belgisini ifodalash uchun xizmat qiladigan sifatlar juft sifatlar deyiladi. Juft sifat komponentlarining har qaysisi mustaqil urg’u bilan aytiladi: lo’ppi-lo’ppi, lo’nda-lo’nda, liq-liq, baland-baland. Predmet belgisini to’g’ridan-to’g’ri ifodalay olishi va ifodalay olmasligiga ko’ra sifatlar ikkiga bo’linadi: 1) asliy; 2) nisbiy sifatlar. Predmet belgisibi bevosita boshqa bir predmetga nisbat qilmagan holda ifodalaydigan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: ko’k, sariq, keng, semiz. Bunday sifatlar predetning asl, doimiy belgisini bildiradi. Predmet belgisini boshqa predmetga nisbat berib ifodalaydigan sifat nisbiy sifat deyiladi: devoriy gazeta, kuzgi bug’day, ilmiy ish. Nisbiy sifatlar boshqa so’z turkumlaridan sifat yasovchi grammatik formalar vositasida yasaladi:
Asliy va nisbiy sifatlar yana quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Asliy sifatlar belgini darajalab ko’rsata oladi: shirin-shirinroq-eng
yaqin turuvchi –li affiksi bilan yasalgan nisbiy sifatlar ham darajalana oladi: kuchli-kuchliroq-eng kuchli; aqlli-aqlliroq-eng aqlli. 2. Asliy sifatlarda intensiv va belgining kamligini ko’rsatuvchi forma yasalishi bor: sap-sariq, kap-katta, oqish, ko’kimtir. Ta’m, maza, holat, xarakter bildiruvchi: nordon, shirin, og’ir, novcha, semiz kabi asliy sifatlar intensiv formaga ega emas. 2.
Sifatlarning ma’noviy guruhlari Predmetning ma’lum bir belgisini bildirish xususiyatlariga ko’ra sifatlar bir necha turlarga bo’linadi: 1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, mug’ombir, sodda, sho’x. 2. Holat bildiruvchi sifatlar: xursand, sovuq, iliq, keksa, jimjit. 3. Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, yassi. 4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, ko’k. 5. Hajm, o’lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, katta, og’ir. 6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon, bemaza. 7. Hid bildiruvchi sifatlar: xushbo’y, badbo’y, qo’lansa. 8. Predmetning o’rniga yoki vaqtiga ko’ra munosabatini bildiruvchi sifatlar: yozgi, qishqi, bahorgi, ichki va b. 9. Tabiiy holarni ifodalovchi sifatlar: yosh, qari, keksa, va h.k. Sifat darajalari. Belgining bir-biriga qiyosan darajasini ko’rsatadigan kategoriya daraja kategoriyasi deyiladi. Bu kategoriya asosan sifat turkumiga xos.
Sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo’lishi mumkin. Ya’ni belgi normal (oddiy) darajada bo’lishi, oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz) bo’lishi mumkin. Sofatlarning daraja nuqtai nazaridan bo’lgan bunday farqi turli vositalar yordamida ifodalanadi: yaxshi, yaxshiroq, juda yaxshi kabi. Ammo ayrim sifatlar bildairgan belgi tabiiy ravishda daraja ko’rsatkichiga ega bo’lmaydi: g’oyaviy, sirtqi, devoriy. Sifat darajalari uch ko’rinishga ega: 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja. Predmet belgisining ortiq yoki kamligi oddiy darajaga nisbatan belgilanadi. Shuning uchun sifatlardagi oddiy darajani inkor qilib bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, biror belgi darajasining ortiq yoki kamligiga asoslanadi. Shunga ko’ra sifatlarning belgisi uch darajaga bo’linadi: 1) oddiy; 2) orttirma; 3) ozaytirma. Bunda temirdan og’ir, po’latdan yengil kabi ishlatishlarda belgi darajasini oz yoki ko’pligi ifodalanmaydi. Chunki bunda bir predmet belgisini ikkinchi bir predmet belgisiga nisbatan olinadi. Holbuki, yuqorida qayd etilganidek, daraja bir predmetdagi oddiy belgiga nisbatan olinadi. Belgining ortiq yoki kamlikka munosabati ifodalanmaydigan daraja oddiy daraja deyiladi. Bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega bo’lmaydi: yaxshi, baland, shirin, go’zal. Orttirma daraja. Belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi ifodalangan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja bildiruvchi maxsus forma ko’rsatkichi yo’q. Bu ma’no bir necha usul bilan ifodalanadi. 1.
Fonetik usul: yap-yapaloq, dum-dumaloq, sap-sariq, qip-qizil. 2.
Leksik usul: juda go’zal, g’oyat go’zal, behad xursand. Xuddi shuningdek belgining ortiqligi analitik formada ham ifodalanadi: uzundan-uzun, shirindan-shirin kabi. Ozaytirma daraja. Belgining normal darajasidan kuchsizligini bildiradi. Bu ma’no ikki usul bilan ifodalanadi.
1. Leksik usul: Bunda darajaning kuchsizligi maxsus so’zlar yordamida hosil qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi, xiyol ochiq. 2. Morfologik usul: Bunda darajaning kuchsizligi –roq affiksi yordamida ifodalanadi: oqroq, ko’kroq, balandroq, tekisroq kabi. Kattaroq o’g’il bolalar tomga varrak, kuchsizroqlari laylakcha ko’tarib chiqqan edilar. (Sh.Sa’dulla)
Ma’lumki, sifatlarning ma’no jihatidan 9 turi farqlanadi: xarakter- xususiyat, holat, rang-tus, shakl-ko’rinish, hajm-masofa, maza-ta’m, hid bildiruvchi hamda o’rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. Mazkur sifatlar predmetlarning ichki va tashqi belgilarini, shakliy farqini ifoda etadi. 1
Ma’lumki, tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan har xil o’zgarishlar, hayotdagi turli xil insoniy munosabatlar kishi xarakteriga, uning ruhiyatiga ta’sir etmay qolmaydi. Ana shu tashqi ta’sir kishi ruhiyatida har xil holatlarning vujudga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Inson ruhiyati juda serqirra bo’lib, u shodlik, g’azab, xafalik, loqaydlik kabi turli holatlar majmui sanaladi. Shundan kelib chiqib, tilimizdagi ruhiy holat ifodalovchi sifat leksemalarni bir qator turlarga ajratish mumkin: 1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar kishi ruhiyatidagi oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan mamnunlikni turli shakllarda aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik jihatdan bir nuqtaga, leksik-semantik guruhga birlashadi: xursand, mamnun, xushhol, xushnud, xurram, quvnoq,
sifat leksemalar orasida xursand uslubiy jihatdan betaraf bo’lib, dominant leksema hisoblanadi. Bu so’z og’zaki va yozma nutqda, adabiy tilning turli vazifaviy uslublarida keng qo’llaniladi. Shuningdek, to’plangan misollar , xushhol, xushnud, xurram, quvnoq, shodmon, shod, xushchaqchaq kabi ko’pgina sifat leksemalarning xursandlik ruhiy holatini turli darajada ifodalashga xizmat qilishini ko’rsatadi (Barcha xushnud, dillar chog’ edi. (E.V.). Shod va xurram
1 Mamarajabova Z. Ko’rinish sifatlarining grammatik xususiyatlari. Til va adabiyot ta’limi, 2002 y 2-son so’zlarining yonma-yon kelishi ma’noni yana ham kuchaytirishga xizmat qiladi. Shod so’ziga nisbatan quvnoq so’zida ijobiy holat semasi ancha kuchli: quvnoq so’zining ma’no ko’lami xursandlikni ifodalovchi boshqa sifat leksemalarga nisbatan ancha kengdir. Misollar Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidan tanlandi: Xursand: Judayam xursandman. (43-b.) Ikkinchidan Polikarnov domlaga xursand bo’lib gapirdi, katta yordam va’da qildi. (49-b.) Bu gaplardan qat’iy nazar, u xotinni chaqirib gaplashinglar, xursand qilinglar. Mamnun: Uning aytishicha, otasi bu ajoyib oila bilan yaqinlashayotganidan benihoya mamnun emish. (37-b.) U hozir o’zidan ham, kuyoviga aytgan gaplaridan ham, hammasidan mamnun, chunkibugungi suhbat kuyovida yaxshi taassurot qoldirganini sezardi. (51-b.) Ha, Vohid Mirobidov hayotdan mamnun bo’lsa arziydi. Otaqo’zi o’g’lidan mamnun edi. (72-b.) Bugun Otaqo’zi nihoyatda mamnun. (184-b.) Ha, ota yanglishmagan – bu odamlarning hammasi tog’a-jiyanlarining gaplashib qolganidan mamnun. (277-b.) Quvnoq: Mohiraning ovozi dadasining ovozidan quvnoqroq edi. (35-b.) Bu quvnoq qahqaha Shukurovga yana domla Shomurodovning uyida bo’lib o’tgan gaplarni eslatdi. Agar u sal shaddod, sal sho’xroq, sal quvnoqroq bo’lsa, Haydar sevinar edi. (52-b.) Abror Shukurovich xotinining xiyol erka va qandaydir juda quvnoq ovozini eshitib ajablanadi. (249-b.) Xurram: Shundoq deraza yonidagi tut shoxlarida ikkita qizcha arg’imchoq uchmoqda, ular ko’ylaklarining etaklarini hilpiratib, goh uchuinchi qavat balkonigacha ko’tarilar, goh xurram qiyqiriq bilan pastga otilar, yerda, ariq bo’yida esa o’n uch-o’n to’rt yashar bir o’spirin hayrat to’la ko’zlarini qizchalardan uzolmay tamshanib turardi. (33-b.) Uning xayolini Otaqo’zining: -Tohir!-deb qichqirgan xurram ovozi bo’ldi. (35-b.) “U odam nima yomonlik qildi sizga”-deb so’ramoqchi bo’ldi, biroq shu payt oshxona tomonda ona- bolaning xurram qahqahasi yangradi. (45-b.) Ularning g’amgin ruhiyasi bilan hozirgina yangragan xurram qahqaha o’rtasida, qaynotasining mamnun ko’rinishi, umuman bu serfayz, serzavq baxtiyor o’rtasida qandaydir...pinhoniy adolatsizliklardan dalolat beruvchi katta bir tafovut bor edi. (45-b.) Xushnud: Ikkovi ham xushnud, bir-biriga xushmuomala edilar. (31-b.) Rost, ular Haydarni bu xushnud ishdan ozod qilishdi, dokladingni yana bir ko’rib chiq, deb ichkariga qamab qo’yishdi. (34-b.) Vohid Mirobidov...xushnud jilmaydi: -Kechirasiz, rais. (35-b.) Shukurov qaynota-qaynonasi ko’targan xushnud shovqin-suron ostida kulimsirab hovliga kirdi. (42-b.) Katta ziyofat hidini sezgan xushnud izdihom, betinim kulgu ostida kafega yaqinlashganda, ichkaridan ...Jamol Bo’riboyevning rafiqasi chiqdi. (54-b.) Sochlarining oqligi va sal to’lisha boshlagani bo’lmasa, burungiday basavlat, oppoq yuzlari sip- silliq, burunguday xushnud, burungiday bekamu-ko’st kiyingan Bo’riyev avval Otaqo’zi bilan, so’ngra qizlar bilan qo’l berib ko’rishdi. (64-b.) Haydar xushnud kayfiyatda Qodirjonni chetga chaqirib, Latofatning gaplarini unga aytdi. (198-b.) Xoy, ...Mo’ylov: “Gapingizga endi tushundim” deganday xushnud jilmaydi. (245-b.) Otaqo’zi bu gaplarni kutmagani uchunmi yo nihoyatda xushnud bir kayfiyatda kirib kelgani uchunmi, xo’plagan mastavasi tomog’iga tiqilib bir zum sarosima og’ushida qoldi. (227-b.) Xushchaqchaq: Jiyanining gapi to’g’ri bo’lsa to’g’ridir, biroq u Vohid Mirobidovni o’ylaganda, og’zi to’la tilla tishlarini doim yarqiratib, doim kulib turadigan bu xushchaqchaq, xushsurat, baxtiyor odamni o’ylaganda, urushdan oldin gazetada bosilib chiqqan, to’g’rirog’i, bu maqolaning yirik harflar bilan terilgan sarlavhasi “lop” etib ko’z oldiga keladi. (26-b.) Otaqo’zi bu shirinsuxan, xushchaqchaq odam bilan ilk bor tanishgandayoq, u ham o’ziga o’xshagan “tanti” yigit ekaniga amin bo’ldi. (73-b.) Hammomdan chiqqanday qizarib ketgan, lekin xushchaqchaq mamnun Vohid Mirobidov minbardan tushib, joyiga borib o’tirdi. (74-b.) U aft-angorigina emas, gap-so’zlari, xulq- atvori, qiliqlari bilan ham xuddi otasining o’zginasi, xushchaqchaq, shirinsuxan, ochiq-yorug’ juvon edi. Mahbuba ham bir necha kungacha qovog’ini uyib yurdi, biroq tabiatan dadasiga o’xshash xushchaqchaq juvon, keyinroq orada hech narsa bo’lmaganday bo’lib ketdi. (176-b.) ...o’yin-kulgudan boshqani bilmaydigan sho’x, xushchaqchaq Tohira, endi qandaydir o’zgarib, cho’kib, qisilib, qimtinib qolganday tuyuldi unga. Shod: Ilgari Haydarni ko’rganda sevinchdan porlab ketadigan jodu ko’zlarida endi kishini tahqirlovchi sovuq bir ifoda paydo bo’ladi, ilgari hayajondan entikib, goh shod, goh g’amgin kulimsirab turadigan qiz, endi ichimdagini top qabilida ish qiladi. (134-b.) Qizi Tohira behad shod, ... Oyiүining yuziday uzinchoq, yoqimtoy yuzi lov-lov yonib, yelkasiga tushgan timqora sochlarini tez-tez to’g’rilab atrofga betinim alanglar, ko’zlari charaqlab hammaga kulib boqardi. 2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham tilimizda keng tarqalgan: g’amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang kabilar. Bunday leksik-semantik guruhlar tarkibiga kiruvchi leksemalarning qo’llanishida farqli holatlar ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, xafa, ga’mgin,
g’amginlik holatini bildirishga xizmat qiladi, g’ash leksemasi esa insonning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari bilan bog’liq holatni aks ettiradi. Shu leksik- semantik guruh tarkibiga kiruvchi ma’yus so’zida belgi darajasi ancha kuchli bo’lib, u insonning umidsizlikka tushgan, tushkun holatini ifodalaydi: Hasharchi qo’shni qiz uning sevgani, Ma’yus bosar edi orqamdan odim. (G’.G’.) Diltang leksemasi insonning xafalik holati juda kuchli darajada ekanligini, yuragi siqilgan holatini bildiradi: Jo’nar bo’ldim men bundan diltang, Yo’llarimga qarab qolding sen. (A.O.) G’ash: Ehtimol, bo’lg’usi kelini o’z onasiga, yoshlikdagi Fazilatga juda o’xshab ketgani uchundir, ehtimol, yonida ana u xodasimon zanjisifat erkak ketayotgani uchundir: “Bu nozanin onasiga o’xshab rosa o’yin ko’rsatmasa edi hali!” degan notinch fikr - bu o’y ko’pdan beri miyasidan chiqmas edi, - Otaqo’zining ko’nglini qattiq g’ash qildi. (11-b.) Uning bu hazilida ham o’ziga ishonch, ham “sizni hech kimga rashk qilmayman!” degan ma’no bor edi, bu ma’no negadir Shukurovning hamiyatiga tegdi-yu, g’ashi kelib: “Bo’pti! Bo’lmasa siz qoling, men bolalarni loib, o’zim ketaveraman!” demoqchi edi, biroq shu payt shiyponda telefon jiringladi, ketma-ket qaynotasining: “Abrorjon!” –degan ovozi keldi. (29-b.) Zaiyofat vaqtida esa tog’asining gapidan ko’ngli g’ash, “qittaygina” otib olib,, ancha o’yin ko’rsatdi. Otaqo’zi negadir ko’ngli g’ash bo’lib, telefon zakaz qildi-da, divanga yonboshladi. Tohiraning gaplari oldin Latofatning ko’nglini g’ash qildi. (130-b.) Latofat ko’nglidagi g’ashlikni bazo’r bosib, Tohirani yupatgan bo’ldi-da, o’rnidan turdi. (132-b.) Oktyabrning oxirlari edi shekilli, bir kun kechasi Fazilat yuragi g’ash, uyqusi qochib, yettinchi lampa shu’lasida kitob varaqlab o’tirgan edi, nogahon kimdir derazani chertdi. (136-b.) Shukurov g’ashi kelib, trubkani “shaq” etib qo’ymoqchi edi biroq shu payt Manbubaning ovozini taniganday bo’lib, trubkani changallaganicha qotib qoldi. (176-b.) U Obidov bilan Latofatni kuzatib qo’yib, qaytib kirdi, kirarkan, hozir Xolmurodov bilan ko’rishajagini o’ylab ko’ngli g’ash bo’ldi. (183-b.) Ayni zamonda uch-to’rt kundan beri ko’nglini xira qilayotgan bir g’ashlik xayolida ma’yus o’ylar uyg’otar edi. (188-b.) G’amgin: U mana endi, har bir so’zi, ovozi g’amgin, nigohidan maehr yog’ilib turgan mittigina kampirining ko’ngil faryodini eshitgandagina, bu to’y- tomosha chol-kampirda qanchalik og’ir botishini his etdi. (18-b.) U Latofatni ilgari ham ko’rgan, hatto maktabda singlisi Tohira bilan o’qiydigan ko’zlari g’amgin bu qoracha qizchani ko’z ostiga olib qo’ygan, lekin songgi bir yil ichida uni bunchalik ochilib ketadi deb o’ylamagan edi. (34-b Latofat uyda bo’lar, kechayu-kunduz boshini kitobdan ko’tarmas, qandaydir g’amgin, pinhoniy xayollar og’ushidan chiqmas edi. (112-b.) –Ha, g’irt mastman!-Otaqo’zi boshini silkitib, g’amgin kulimsiradi. (235-b.) Domla g’amgin kulimsiradi. Xafa: Otaqo’zi to’ydan so’z ochgani uchun o’zidan ham xafa bo’lib ketdi. (18-b.) –Siz xafa bo’lmang, otaxon,-dedi u qo’l qovushtirib. (298-b.) Ma’yus: Kampirning ma’yus ko’zlari yana jiqqa yoshga to’ldi. Bo’lg’usi kelini Latofat esa, uning tamom aksi, tirnoqlariga xina qo’yilgan oppoq nozik qo’llarini tizzasidagi guldastaga xorg’in tashlab, katta-katta ma’yus ko’zlarini boqqa tikib, o’yga tolgan, o’ylari ham ko’zlariday g’amgin, go’yo u bu yerga bo’lg’usi hayot yo’ldoshining quvonchiga sherik bo’lish uchun emas, o’zi istamagan bir marosimga majbur bo’lib, birovlar qistovi bilan kelgan. (168-b.) 3. G’azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar. Bunday leksik-semantik guruh qatoriga g’azabnok, kinli, darg’azab, g’azabli kabilar kiradi. Ular orqali insonning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, predmetlar, odamlar xatti- harakatidan noroziligi tufayli yuzaga kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi: Ba’zan yog’ayotgan o’qlar bamisol Dudoqlardan kinli so’zlar uchgan on... (M. A.)
4. Tilimizda sog’, sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd kabi sifat leksemalar ham ruhiy holatni ifodalovchi leksik-semantik guruh qatorini tashkil etadi. Lekin bu qatorni tashkil etuvchi leksemalar anglatgan ma’nosidan salbiylik yoki ijobiylik semasi aks etmaydi: Tog’day zil tashvishlar boshga tushsa, rost, Biz faqat boqamiz loqaydu mudroq. (M. Ali)
qaradi. (170-b.) Men oldin bir odam bilan gaplashishim kerak!-dedi domla Shomurodov va Xolidani lol qoldirib, mashinaga qarab ketdi. (247-b.) Shunday qilib, sifat leksemalar o’z semantik tabiatidan kelib chiqib, kishining turli ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi hamda bunday sifatlar alohida leksik-semantik guruhlar qatorini tashkil etadi. Ular badiiy nutqda tasvirlanayotgan kishining turli xil kayfiyatini (shodligini, quvonchini, g’am- alamini), ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish va shu orqali kitobxonda ham turli xil emotsiyalarni hosil qilishda muhim uslubiy vositalardan biri sanaladi. Sifat so’zlarining o’zaro sinonimiyasi, ularning turli nutq uslublaridan farqlanishi, sifat darajalarini hosil qiluvchi shakllarning ma’no farqlari, nihoyat, badiiy adabiyotdagi epitetlarning sifatlardan ifodalanishi bu turkum so’zlarning boy uslubiy imkoniyatlarini ko’rsatadi. Sifat so’zlarining semantik-uslubiy xususiyatlari ular birikib kelgan otlarning ma’no ottenkasini hisobga olgandagina to’la anglashiladi: past ovoz, past uy deyish mumkin bo’lgani holda, past uyqu deb bo’lmaydi. Aksincha, tinch uyqu, tinch uy deyish mumkin, ammo tinch ovoz deb bo’lmaydi. Demak, sifat soz’larining semantik tarkibidagi semalarni bilgan holda ular birikib kelayotgan predmetlik semalariga mos kelgandagina semantik yaxlitlik hosil qiladi. Ana shu xususiyatni to’la anglamaslik natijasida nutqda uslubiy xatolar ro’y beradi. Chog’ishtiring: tinch, yuvosh, beozor sifatlari odam, kishi so’zlariga bemalol birika oladi, ammo ovoz so’ziga esa bu sifatlarning birortasi ham birika olmaydi. Ovoz so’zi past, jarangsiz, baland sifatlari bilan birikma hosil qiladi: past ovoz, jarangsiz ovoz, baland ovoz kabi. Bu semantik yaxlitlikni hosil qilishda eshitilish, talaffuz kabi integral (oraliq) semalar rol o’ynaydi. Sifat so’zlaridagi bunday semantik nozikliklar tam-maza, rang-tus bildiruvchi so’zlarda yanada yaqqol ko’rinadi. Ayrim sifatlar logik talab bilan biror predmetning rangini ifodalash uchun xizmat qiladi: oq tosh, qora echki kabi. Ammo ayrim predmetlarning o’zida bevosita rang-tus ifodalanib turadi: sut, ko’mir, qon kabilarda oq, qora, qizil ranglari ifodalangan. Shunga qaramay, bunday so’zlar oldidan rangning yana ham kuchliligini bildiruvchi so’zlar keltirilib, birikma hosil qilinadi: oq sut- oppoq sut, qora ko’mir-qop-qora ko’mir, qizil qon-qip-qizil qon kabi. Bu tip qo’llanishlar ma’lum uslubiy talab bilan ma’no kuchaytirish, uni bo’rttirish uchun ishlatiladi: Qip-qizil qonga bo’yalgan yana bir bandi obxonaga keltirib
Sifatlarning to’liq va noto’liq shakllari mavjud bo’lib, ular matnda birining o’rnini ikkinchisiga almashtiradi. To’liq shaklli birikmalarda ma’no kuchaytiriladi. Chog’ishtiring: ulug’ ish- ulug’vor ish, katta hovli –kattakon hovli kabi. To’liq formali sifatlar badiiy va publitsistik nutq uslublarida ko’p ishlatiladi: Oppoq tong otadi ...kuyimga yo’ldosh, Ko’kda yarqiraydi kattakon quyosh. (Z.) Sifat bildirgan belgi normal (oddiy) darajada bo’lishi yoki undan ortiq (kuchli), (kuchsiz) bo’lishi mumkin. Sifatlarning daraja ko’rsatishdagi bunday farqi analetik va sintetik vositalar (shakllar) orqali ifodalanadi. Orttirma daraja yasovchi elementlar o’zaro sinonimlik tashkil etadi. Bunday elementlar o’zining uslubiy bo’yog’i va qo’llanishiga ko’ra afrqlanadi. Jumladan, eng elementi sifat oldidan kelib, biror belgini boshqa belgilarga chog’ishtirgan holda ortiqlik tushunchasini ifodalaydi. Eng chiroyli bino deyilganda bu bino bir qancha chiroyli binolar ichida o’zining ko’rinishi bilan yanada ajralib, bo’rtib turgani ta’kidlanadi. Juda chiroyli bino deyilganda esa belgining ortiqligi, aynan shu predmetga nisbatan ishlatilayotganligi seziladi.
tilga xosligi, so’zlashuv nutqida deyarli ishlatilmasligi bilan ajralib turadi. Leksik-semantik sul bilan hosil qilingan sifatning orttirma darajasi ko’proq so’zlashuv nutqiga xos bo’lib, so’zlovchining ichki hayajonini ham ifodalab keladi: farishtaday chiroyli, anordek qizil, osmonday toza kabi. Daraja yasovchi morfologik vositalar qo’shma sifatlarda oxirgi komponentga qo’shiladi: xomxayolroq odam, soddadilroq yigit kabi.
Uslubiy qo’llanishiga ko’ra o’zining siqiqligi bilan ajralib turuvchi sintetik shaklli sifat darajalari she’riyatda qo’llansa, analitik shaklli sifatlar esa publitsistik, ilmiy nutq uslublarida ishlatiladi. Sifatlardagi modal shakllar ham ayrim uslubiy xususiyatlarga ega. Modal ma’no beruvchi affikslar o’zi birikib kelayotgan sifat ma’nosini tubdan o’zgartirmaydi, balki unga qo’shimcha emotsional-ta’sirchan ottenkalar: sevish, achinish, erkalash, kinoya kabilarni qo’shadi: Oh, Gulsanamim, o’rtoqjonim,
Badiiy tasvirda daraja ko’rsatkichli va modal formali sifatlarni bir-biri bilan uyg’unlashtirib qo’llash yorqin manzaralar, ajoyib portretlar yaratish imkonini beradi: Usta qarigina, burni cho’tirroq, ammo juda so’zamol, mahmadana kishi edi. (O.) Sifatlardan badiiy adabiyotda sifatlashlarni yaratishda qo’llanadi. Sifatlash predmetning belgisini oddiygina ko’rsatish bilan chegaralanmay, uni yanada konkretlashtiradi, baholaydi, ta’sirchanlik kiritadi. Ko’pgina sifatlashlar yozuvchining individual nutqiga xos bo’ladi. Bularda san’atkorning ijobiy yoki salbiy tuyg’usi yaqqol sezilib turadi. Individual nutq sifatlashlarining aksariyatini metaforik sifatlashlar tashkil etadi: hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Individual nutq sifatlashlari personaj portretini chizishda, ularni yaqqol gavdalantirishda muhim uslubiy o’rin tutadi: Uning qora zulfi par yostiqning
XULOSA
O’zbek tilshunosligida sifat so’z turkumi kattagina lug’at qatlamini tashkil etadi. Har qanday holat, uning nozk qirralari, subyektning ruhiy holati, salbiy yoki ijobiy emotsiyasi, hayotga yoki biror shaxsga bo’lgan modal-ekspressiv munosabati asosan aifatlar orqali talqin qilinadi. Har qanday so’zning lug’aviy ma’nosi nutqiy sharoitda oydinlashadi. Bizning vazifamiz ona tilining go’zal, jozibador jumlalari orqali ona tili ta’limini davr talabi va zamonaviy o’quv qurollari bilan birgalikda olib borib, o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash hamda og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat. O’quvchilarning nutq zahirasini shakllantira borish hamda boyitish til ta’limida eng muhim masala hisoblanadi. Bunday maqsadga erishish yo’llaridan biri – sifatning grammatik ma’nolarini o’rganish bilan bir qatorda, ularni ma’noviy guruhlarga ajratish, o’zaro qiyoslash, ma’no nozikliklarini farqlash, ular ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuzish, mustaqil va ijodiy matn yaratish yo’llarini o’rganishdan iborat bo’lmog’i lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,-T.: “O’zbekiston”, 2003-yil 2. Qilichev E. “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. Buxoro: “Buxoro universiteti” 1999-yil 3. Jamolxonov X. Hozirgi o’zbek adabiy tili. O’quv qo’llanmasi. T.: “Talqin” 2005 yil 4. Rahmatullayev Sh. “Hozirgi adabiy o’zbek tili”, Toshkent: “Universitet” 2006 yil 5.. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T.: “O’zbekiston” 1992 y 6. Mamarajabova Z. Sifatning konnotativ ma’no xususiyatlari. Til va adabiyot ta’limi 2004 yil 3-son 7. Mamarajabova Z. Vazn bildiruvchi sifatlarning konnotativ ma’nolari. Til va adabiyot ta’limi 2006 yil 3-son 8. Mamarajabova Z. Ko’rinish sifatlarining grammatik xususiyatlari. Til va adabiyot ta’limi, 2002 y 2-son 9. Pardayev Z. Ruhiy holat ifodalovchi sifatlar semantikasiga doir. O’zbek tili va adabiyoti, 2002 yil, 3-son. Intеrnеt manbalari: 1.
2.
http:/www.pеdagog. uz/ Pеdagоgik ta’lim muassalari pоrtali. 3.
http:/www.ziyonet.uz.
Download 146.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling