AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUSO AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Akustika fanining nazariy asoslari fanidan
Laboratoriya ish
Mavzu: Ko‘chada shovqinli muhitda sifatli audio kontent tayyorlash
Bajardi: Norqulov Shohruh
TOSHKENT – 2023
Ko‘chada shovqinli muhitda sifatli audio kontent tayyorlash
Ovoz yozishning dastlabki tushunchalarini sizlarga qo‘ldan kelgancha yetkazishga harakat qildim. Bugun endi amaliy qismga o‘tsak .
Audio mahsulotni tayyorlash bosqichlarini yozib chiqsam :
1. Ovoz yozish jarayoni .
2. Uni tayyor holatga keltirish ( Montaj qilish )
3. Kontent tayyorlash uchun zarur bo‘lgan narsalar .
4. Ko‘nikma va montaj qilish bilimi.
1. Audioni yozib olish.
Sizlarga asosan oddiy qurilmalarda qanday qilib yozishni tushuntirganim uchun , Mikrofonlarning 1 va 2- turida ovoz yozishni tushuntiraman.
Dastlabki normalarga amal qilib tayyorlanasiz, so‘ng telefonda oddiy diktofon dasturi yoki qo‘shimcha Hi-Q deb nomlangan va boshqa dasturlar mavjud. Bularning farqi shunchaki yozishga qulayligi. Audio sifatiga deyarli taʼsir ko‘rsatmaydi.
Ovozni yozishni boshlaysiz, agar ochiq suhbat yoki ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lmagan audiolar bo‘lsa ovoz yozish jarayonida so‘zda adashib ketish holatlari bo‘lsa bunga eʼtibor qilmay to‘g‘rilab ketasiz. Hammada ham xatolar bo‘ladi bu oddiy holat. Shaxsan o‘zim ham ko‘p xatolar qilib turaman. Bularni montaj jarayonida yopib ketsa bo‘ladi. Muhimi sifatli qilib past-balandiga ahamiyat qilib yozib olish. Audio yozayotganda birinchi urinishni o‘zidayoq yozib ketmang, dastlab test qilib ovozni toni , xonaning holati , uzoq yaqinligini , eng asosiyi mikrafon yoqilganmi shuni tekshirib oling.
Nega bu testni aytyapman, ko‘plab ovoz yozish jarayonida 10-20 minutlar atrofida gapirib bo‘lgandan so‘ng kompyuterga qarasam mikrofon yoqilmagan yoki ovoz noto‘g‘ri yozilayotgan holatlar bo‘lgan . Buni sezgandan so‘ng bir marta gapirgan narsani ikkinchi marta gapirish , ham ishtiyoqni ham kayfiyatni tushiradi. Buni orqasidan asablar buzilib , qizig‘i ko‘pincha qaytdan gapirmaslik holati bo‘ladi)).
Do'stlaringiz bilan baham: |