Akustika fanining nazariy asoslari fanidan Laboratoriya ish Mavzu: Ko‘chada shovqinli muhitda sifatli audio kontent tayyorlash


Download 22.03 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi22.03 Kb.
#1619571
1   2   3
Bog'liq
Norqulov Shohruh lab

2. Uni tayyor holatga keltirish .
Tayyor ovozni men kompyuterda montaj qilaman. Telefonda montaj qiladigan ko‘pchilikni ko‘rishimiz mumkin, lekin uni montaj demagan bo‘lardim. Shunchaki ovozga fon qo‘yish degan bo‘lardim .
Sifatli , quloqni bezdirmaydigan , mashinada yoki ixtiyoriy kolonkada qo‘yganingizda sizni uyaltirib qo‘ymaydigan audio tayyorlashni yoki yog‘yee shu telefonda yozilganmi deydigan holatlar bo‘lishini xohlasangiz maslahatim kompyuterda sozlang.
Ha aytgandek shunchaki kompyuterda qilindi degani bu sifatli chiqadi degani emas, buni ham o‘ziga yarasha usullari bor. Bunga qiziq misol qilib bir qiziq voqeani aytsam :
Birinchi marta radioga borganim esimda . O‘sha paytlarda ovoz yozib yurardim. Eng qizig‘i 84 $ ga olgan mikrofonimda. Uni olganimga 6 oycha bo‘lgandi. Radiodagilarga o‘zimni audoyimni qo‘yib berishimga to‘g‘ri kelgan. Radiodada eng sifatli qurilmalar ishlatiladi. Kalonkada o‘z ovozim jaranglashni boshladi . Birdaniga xijolat bo‘lishni boshladim . Ovozimdan emas , birinchi o‘rinda uni montaj qilganimdan.
Chunki oddiy telefon kolonkasida ko‘plab bilinmaydigan holatlar bo‘ladi. Mashinada , yoki sifatli eshitish qurilmalarida yoki har xil joylarda eshitayotganda sifat judayam bilinadi. Shunga ahamiyat berib qo‘ying. Menga o‘xshab uyalib qolmang demoqchiman.
3. Kontent tayyorlash uchun zarur bo‘lgan narsalar .

1. Dasturiy taʼminot . Dastur va qo‘shimcha paketlar.
Ovoz yozish uchun studiyalarda yoki havaskor operatorlarning deyarli 80 % qismi CUBASE dasturidan foydalanadi.

Men ham Cubase dasturidan foydalanaman. Cubase dasturi foydalanish jihatidan va sifat jihatidan 1-o‘rinda turadi. Shuning uchun man sizga ushbu dasturni tavsiya qilgan bo‘lardim o‘rganishni.
Bundan osonroq yengilroq FL Studio yoki Audiocity degan dasturlar ham bor. Lekin ishlashga, boshqarishga va chiroyli narsa tayyorlashda qiynalib ketasizlar. Asab kerak bo‘lsa boshidan Cubaseni o‘rganing ))
Cubase dasturini qayerdan olsa bo‘ladi ?
Cubase dasturi ikki turga bo‘linadi . Original va boshlang‘ich to‘liq bo‘lmagan . Ko‘rinishi ishlashi deyarli bir xil bo‘ladi , lekin tayyorlagandan so‘ng sifatda farq qiladi. Original versiyalari internetda uchratish juda ham qiyin. Men hozirda Amerika original versiyasini ishlataman. Radioda yurgan paytimda o‘tkazib olganman. Men ishlatadigan dasturni qanday olish mumkinligi haqida post oxirida aytaman )
Qo‘shimcha paketlar va tayyor projestlar - bu asosiy dasturning boshlang‘ich instrumentlariga qo‘shimcha qurollardir. Yaʼni mashinani yangi olasizda unga qo‘shimchalar o‘rnatgandek gap.
Cubaseni boshlang‘ich imkoniyatlari bilan vauv effektini qila olmaysiz . Bunga qo‘shimcha paketlar zarur bo‘ladi. Iloj boricha ilmiy emas oddiy odam tushunadigan tilda tushuntirmoqchiman.
Tayyor proyektlar – bu bir marta sozlanib olinib uni qayta qayta ishlatish degandek. Yani bir marta ovozga moslab sozlab olinadi va shu sozlash bilan ishlataverasiz degani. Sizdan qoladigan narsa unga mos fon va unga qo‘shimchalar qo‘shish qoladi xalos.
Telefondagi vauv effektini mana shu qo‘shimcha effektlar beradi. Radioda yurgan vaqtlarimda sifatli kolonkalarda man ham tayyor proyekt qilib olganman. Hozirgi sizlar eshitayotgan audiolarni shu proyektda tayyorlayman. Oddiy telefon ovozini qo‘shimcha paketlarda qilingan proyekt asosida qilinsa ancha muncha studiyadan yaxshi chiqadi. Va nihoyat shu joyiga olib keldim))

Download 22.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling