Abdulbannob G’ulomov


Download 353.14 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi353.14 Kb.
#1393759

Abdulbannob G’ulomov

Project analysis slide 2


Reja:
1

2
    • Oraliq miya tuzilishi va fiziologiyasi

3
    • Miyachaning tuzilishi va fiziologiyasi.

Oʻrta miya (tezepserpakt) — bosh miyaning oraliq miya bilan Varoliy koʻprigi oʻrtasida joylashgan boʻlagi. Miya oyoqchalari, toʻrt tepalik plastinkasi va oyoqchalar orasida joylashgan miya suv yoʻlidan iborat.

Oʻrta miyaning koʻndalang kesimida 3 qism tafovut qilinadi. 1) tom plastinkasi — toʻrt tepalikni oʻz ichiga olgan miya suv yoʻligacha boʻlgan qism; 2) tomcha — miya suv yoʻli bilan qoramtir moddagacha boʻlgan qism, bu yerda dumaloq shaklli qizil yadro joylashgan; 3) miya oyoqchalarining asosi, u asosan, oq moddadan iborat boʻlib, bosh miyaning poʻstlogʻidan boshlanuvchi efferent oʻtkazuvchi yoʻllardan tashkil topgan. Oyoqchalarining miya suv yoʻli atrofida III va IV juft bosh miya nervlarining somatik va parasimpatik yadrolari joylashgan. Oʻrta miya muskullar tonusini tartibga solib, odam muvozanatini saqlash va yurishda faol qatnashadi. Oʻrta miya jarohatlanganida yoki kasallanganda muskullar kuchli qisqarib, oyoqqoʻllar bukilmay qoladi.


Toʻrt tepalikning ustki doʻmboqcha yadrolari koʻzning toʻr pardasidan impulslar qabul qilib, kerakli javob yuboradi, yaʼni yorugʻlik tomonga boshni burishda qatnashadi. Koʻzga kelayotgan nur yoʻnalishiga qarab koʻz qorachigʻining kengayishi yoki torayishini, koʻz gavharining holatini atrofmuhitni aniq koʻrishga (akkomodatsiya) moslashtiradi. Toʻrt tepalikning pastki doʻmboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush tomonga burish kabi holatlarni idora etadi 

Oraliq miya — bosh miya sopining talamus (koʻrish doʻmbogʻi), metatalamus (koʻrish doʻmbogʻi orti sohasi), gipotalamus (doʻmboq osti sohasi), epitalamus (doʻmboq usti sohasi) va subtalamus (talamus osti sohasi) joylashgan qismi. Oraliq miyada vegetativ nerv sistemasining markazlari bor

Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta boʻlishi ham mumkin. Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol oʻynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qoʻrquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi

Anatomik jihatdan, odam miyachasi bosh miyaning pastki qismi tegib turuvchi alohida tuzilma boʻlib, miya katta yarimsharlari pastida yopishib turadi. Uning poʻstlogʻi tartibsiz burmalarga ega yarimsharlar poʻstlogʻidan farq qilib, parallel egatlardan iborat. Bu parallel egatlar miyacha poʻstlogʻi aslida akkordion holatiga keltirilgan davomli yupqa toʻqima ekanligini koʻrsatadi. Bu yupqa qatlamda bir qancha neyron turlari oʻzaro tartib bilan joylashgan. Eng muhimlari Purkinye hujayralari va donador hujayralarder. Bu kompleks tuzilma katta miqdordagi signallar bilan ishlash imkoniyatini beradi, lekin miyacha poʻstlogʻidan chiquvchi deyarli barcha ma’lumot miyacha ichidagi oq moddada joylashgan kichik chuqur yadrolar tizimi orqali oʻtadi.


Miyacha harkat boshqaruvidagi asosiy rolidan tashqari, harakatni oʻrganishning bir qancha turlarida muhim, sezgi-harakat (sensorimotor) munosabatlari oʻzgarishlarida yangi harakat oʻrganishdagi ishtiroki sezilarli. Sezgi-harakat kalibratsiyasini miyachadagi [sinaptik plastiklik]ka bogʻliqligini koʻrsatuvchi bir qancha nazariy modellar ishlab chiqilgan. David Marr va James Albus tomonidan ilgari surilgan modellar har bir miyacha Purkinye hujayralari umuman farqli 2 xil signalni qabul qilishini oʻrganish asosida yaratilgan: biri donador hujayralarning parallel tolalaridan keluvchi minglab kuchsiz signallar; boshqasi yagona koʻtariluvchi toladan keluvchi juda kuchli signallarni qabul qilish. Marr–Albus nazariyasining asosiy ma’nosi koʻtariluvchi tolalar “oʻrgatuvchi signal”larni tashiydi va parallel tolalardagi signal kuchini uzoq davom etuvchi oʻzgarishini chaqiradi. Parallel tolalardagi uzoq muddat depressiyalarini oʻrganish shu turdagi nazariyalarni rivojlantirdi, lekin ularning ishonchliligi baxsli masala

Thank you


Download 353.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling